Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Ul olmoshi so’zlovchiga masofa jihatdan uzoqroq bo’lgan predmet va uning belgisini ko’rsatish uchun qo’llangan va mazkur ma'nosi orqali bu


Download 1.09 Mb.
bet28/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Ul olmoshi so’zlovchiga masofa jihatdan uzoqroq bo’lgan predmet va uning belgisini ko’rsatish uchun qo’llangan va mazkur ma'nosi orqali bu olmoshi bilan oppozisiyani hosil qila oladi: G’amza birle to’kti qani'm ul sanam (Lutf.).
Ul olmoshining u varianti ham qo’llanishda bo’lgan:
Mahsharda g’ali'bakim, u kun ko'rmagay azab (Lutf.).
Ilmiy adabiyotlarda ul (u) olmoshining an varianti haqida fikr yuritiladi, aslida an olmoshi fors tilidan o’zlashgan bo’lib, fonetik jihatdan ul olmoshiga aloqasi yo’q.
Ul olmoshining kelishiklar bilan turlanish xususiyatlari ul kishilik olmoshi bilan aynandir.
Ush so'zi haqida. Ilmiy adabiyotlarda bu so’z olmoshlar tarkibiga kiritiladi va o’zbek tilidagi «mana» so’ziga ekvivalentdir.
So'roq olmoshlari. Eski o’zbek tilida kim, ne, qay so’roq olmoshlari mustaqil qo’llangan, boshqa so’roq olmoshlari ne va kay olmoshlariga tarixan yuklama, so’z yasovchi va so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar qo'shilgan shakllarda qo’llangan, lekin bunday so’z va qo’shimchalar o’zining morfematik ma`nolarini yo’qotgan hamda so'roq olmoshlarining turli modal shakllarini hosil qilgan xolos, aslida olmosh yasash uchun xizmat qilgan emas.
Kim so’roq olmoshi kishilarga nisbatan qo’llangan: Ul ulushni tog’ragan kim (SH. tar.).
Kim so’roq olmoshi otlar kabi ko’plik affiksining –lar variantini qabul qilgan: Arz qi'lali' k i mlar voqe'dur (Nav. MQ,). Kimler bilan bazm aylab (Muq.).
Ne olmoshi eski o'zbek tilida keng qo’llangan va uning semantik qirralari ham ko’p bo’lgan belgining miqdorini aniqlash ma'nosida qo’llangan: Ne imkankim qarar olg’ay ko’sluma (Nav.SS). Ul shah bashi'da ne bala fitna bar yerdi (Lutf.).
•sof belgini bildiradi: Xan dedi: bu ne hikayat bolg’ay\\ Ne hikayat, ne rivayat bolg’ay? (SHN).
•ritorik so’roq gaplarda so'z ma'nosini kuchaytiradi: Bu ne ko'zdur, bu ne kirpuk, bu ne qash\\Ki chi'qti' din va imandi'n xalayi'q (Atoiy).

  • sabab-so’roq ma’nosini bildiradi: Ko’zun ne bala qara bolubtur (Nav.MQ,)- Bilman ne jarima bila Xariydin ixraj qi'ldi' (BN).

Ne olmoshi ko'plik affiksini, tushum, chiqish kelishigi affikslarini olgan va ularda kelishik affikslari funksional bo’lgan, jo’nalish kelishigi affiksi esa olmosh tarkibida qotib qolgan. Qaratqich va o’rin-payt kelishigida qo’llanish masalasi ochiq qoladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling