Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Ne olmoshi negizda shakllangan so'roq olmoshi Neme


Download 1.09 Mb.
bet29/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Ne olmoshi negizda shakllangan so'roq olmoshi Neme. Bu so’z tarkibidagi me so’zi qadimgi turkiy tilga oid yuklamadir, lekin uni E.Fozilov bog’lovchi deb qaraydi. (Qarang: Fozilov E. O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi. - T.,1965,146-bet). Eski o’zbek tilida bu so’z narsa so’zi ma'nosida qo’llangan, ya'ni hali olmosh turkumiga to’la o'tmagan: Dag’dag’a boldo'kim, bir nime bag’lag’ay-men (BN). Bu so’z nima variantida XIX asrning 2-yarmidan so’roq olmoshi sifatida mustaqil qo’llangan.
Nechun\nevchun. Uchun ko’makchisi ishtirokida sabab ma'noli so’roq olmoshidir: Mirza sorubturki, nechun o’lturdun (Nav.FSH). Sen nevchun o’zunni bu riyazat va ranjga saldi'n (Nav.FSH).
Nechuk. Bu olmosh qadimgi turkiy tilda bir necha taraqqiyot davrlarini boshidan kechirgan: Ne\che—>ne +cha+ka--ne+cha+k---nechuk.Ikkinchi taxmin (versiya): ne+chag’\\ ne+chaq\\ne+chak—nechuk.
Nechuk olmoshi ham sabab ma'nosini ifodalaydi: Nechuk bolg’ay azmi'-miz (Nav.FSH). Bu olmoshning ba'zan nuchuk fonetik varianti ham qo’llangan: Men nechuk majnun kabi rasvai alom bolmayi'n (Uvaysiy).
Neluk. -lik affiksining -luk varianti orqali shakllangan va u ham sabab ma'nolidir: Neluk bashi'mg’a tupraq qoymag’ayi'm (Xisr. Shir.).
Netak.-dek affiksining -tak varianti orqali shakllangan va bu olmosh belgi ma'nolidir: Qanlari' yerga netak to’kulmush (SHN).
Neche. Bu olmosh ne+chag’ so’zlaridan soddalashgan. Miqdorni so’rash uchun qo’llanadi: Neche yi'l ranju mehnat sendin artuq (Nav.FSH). Bu olmosh III shaxs egalik affiksini va barcha kelishik affikslarini qabul qilgan.
Nega. Jo’nalish kelishigi affiksi orqali shakllangan va sabab ma'nosiga ega: Bir kishi jani' uchun yuz mi's jan nega azurda qi’lur (SHN).
Bu olmoshning neya, negu, nag’u variantlari ham qo’llangan: yemdi biz kenash q qi'lali'm, nagu savab kelur, ko’relim (Taf.). Nag’u barur-sen (Lutf.).
Necha olmoshining neta varianti ham qo’llangan: Neta mahram ayladi'n (Muq.).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling