Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Qa(y) olmoshi (qadimgi turkiy tilda san


Download 1.09 Mb.
bet30/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Qa(y) olmoshi (qadimgi turkiy tilda san) mustaqil qo’llangan va belgi ma'nosiga ega bo'lgan: Qay birikim bar yerdi (Nav.FSH).
Qa(y) olmoshi negizida quyidagi so’roq olmoshlarining modal ma'nolari hosil qilinadi.
Qayu. Bu olmosh tarkibidagi -u formanti –i\-i' egalik affiksining variantidir: Qayu xushdil, qayu mahzun boldi \\Qayu Layla, qayu Majnun boldi' (SHN).
Qaysi'. -si' formanti III shaxs egalik affiksidir:
Qaysi' namurad yelkin sabr yetagiga urdikim murad tapmay (Nav.MQ). Bu olmosh ko’plik, egalik affikslarini qabul qilgan.
Qayu,qaysi' olmoshlari belgini ajratib, ta’kidlab so’rash ma'nosini anglatadi.
Qayda (qanda), qaydi'n, qayan, qani’. Bu olmoshlar o’rin bilan bog’liq bo’lgan so’roqni bildirgan. Qayda, qaydi'n tarkibidagi kelilshk affikslari negizda kristallashgan . Qayan so’zidagi yan o'rin oti, qani' so’zidagi -i' esa egalik affiksidir; Desankim, qayda-sen, aya Ataiy (Atoiy). Men dedimkim, sizlar qaydi'n kela-siz (BN)> Yana darug’adi'n qayan qachi'b barg’ani'm kishi bilmas (BN).
Qancha. Bu olmosh qay(n)cha(chag’,cha) qismlardan iborat bo’lib, dastlab payt ma'nosini ifodalab, keyinchalik miqdor ma'nosiga ko’chgan: Qancha saksan shuncha yi'lqi'm...(Muq,). Bu so'roq olmoshi o’rnida chand, chandan so'zlari ham qo’llangan.
Qachan. Bu so’roq olmoshi qay+chag’+i'n (qay vaqt bilan) so’zidan soddalashgan va payt ma'nosiga ega: Qachan bolg’ayki tapqay-men xabar yar-u diyari'mdi'n (Furq.). Qancha, qachan olmoshlari ba'zan kelishiklar bilan turlangan.
Belgilash olmoshlari. Aksariyat adabiyotlarda bunday olmoshlar birgalik, birgalik-belgilash olmoshlari deb yuritilgan.
Eski o’zbek tilida ikki gurux, belgilash olmoshlari qo’llangan:
1. Yakkalikni ko’rsatuvchi belgilash olmoshlari.
2. To’dani, guruhni ko’rsatuvchi belgilash olmoshlari.
Yakkalikni ajratib ko’rsatuvchi belgilash olmoshlariga har va uning ishtirokida hosil qilingan olmoshlar taalluqlidir, shuningdek, eski o'zbek tilining dastlabki davrida faol qo’llanib, XV asrdan keyin passiv qatlamga o'tib ketgan tekma olmoshi ham yakkalikni ajratish uchun qo’llangan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling