Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Hozirgi - kelasi zamon sifatdosh formalari


Download 1.09 Mb.
bet38/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Hozirgi - kelasi zamon sifatdosh formalari.
-r affiksli forma. Bu affiks -r,-ar/a’r,-ur/,-u’r/i’r,-yur/yur variantlarda qo’llangan bo’lib, bulardan qaysi birining ishlatilishi shu affiksni qabul qiluvchi fe`l negizining xarakteriga, uning qanday tovush bilan tugagan bo’lishiga bog’liq..
Undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe`llarning bir guruhiga –ar\a'r boshqalariga -ur/u variantlari (qach+ar, ket+er, bar+ur, bil+ur), undosh bilan tugagan ikki va undan ortiq, bo’g’inli fe`llarga -ur/yr variantlari qo’shiladi (qaytar+ur, eshit+ur, yrush+ur, keltur+ur, qaytariul+ur, ko’rsatil+yr kabi).
Ba`zy manbalarda undosh bilan tugagan ayrim fe`llarga -iur/ir formasida qo’shilishi ham uchraydi.
Unli bilan tugagan fe`llarga -r yoki -yur/yyr variantlari qo’shiladi (bashla+r yoki bashla +yur, ishla+r yoki ishla+yur).
Yozma yodgorliklardan ma`lum bo'lishicha, turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlarida unli bilan tugagan fe`llarga -yur/yur variantlari qo’shilishi xarakterli bo’lgan.
Masalan, O’rxun-Enisey va qadimgi uyg’ur tili yodgorliklarida bunday fe`llarga asosan -yur/yur variantlari qo’shilgan, XI- XII asrlarga oid «Qutadg’u bilig», «Hibatul haqoyiq» va boshqa manbalarda ham ko'pincha shu variantlari qo’shilgan.Unli bilan tugagan fe`llarga -r yoki -yur/yur qo’shilishi haqida Mahmud Qoshg’ariy ham ma`lumot bergan.
Uning ko’rsatishicha, bunday fe`llarga -r yur\yur qo’shilishi XI asrda arg’ular tili uchun xos bo’lgan.
-r affiksli sifatdoshning bo’lishsiz formasi -maz/ma’z//mas/m'as affiksi yordamida hosil bo’ladi. Bu affiksning jarangli -maz/ma'z variantlari o'g’uz gruppasidagi turkiy tillar uchun xos bo’lib, qipchoq, va qarluq gruppasidagi turkiy tillarda asosan jarangsiz -mas/ma’s variantlari qo'llangan. O’rxun-Yenisey va qadimgi uyg’ur tili yodgorliklarida ham faqat jarangli maz/ma’z variantlari qo’llangan bo’lib, «Qutadg’u bilig»da -maz/ma'z va -mas/ma’s variantlari iste`molda bo’lgan.
-r affiksli sifatdosh aniqlanmish vazifasida keladi: Bu asar ariug’kim, sana berdim,. ..(Taf.).
-r affiksli sifatdosh ot o’rnida qo’llanganda otga xos grammatik belgilarga ega bo’ladi va shunga muvofiq har xil sintaktik vazifalarni bajaradi:
a) egalik affikslari bilan qo’llanadi: Lek mumkin durur dava qiulurum//Sa`y etib hajatiun rava qiulurum (Nav.SS).
b) kelishik affikslari bilan qo’llanadi: Senin ishqiunda sayrarg’a Xarazmiy... (MN).
-r affiksli sifatdosh ko’makchilar bilan qo’llanadi: Olturur uchun qabiul yer erdi (BЫ). O’lmesdin burun achiub ko’chumdin.(Nav .FSh).
g’u\gu’\qu\ku affiksli sifatdosh. Qo’llanishi, ma`no va vazifalari:
1. Atributiv poziciyada keladi va aniqlovchini ifodalaydi. Bunda -gu/gu affiksli sifatdosh o'ram (oborot)ni hosil qiladi:
Menim ilkimdin kelmagu ish bilgurdi (Taf.). Tuzub yettilar av avlag’u yerga (Xisr.Shir.);
2.-g’u/gu affiksli sifatdosh ot o’rnida qo’llanganda otga xos grammatik belgilarga ega bo’ladi va shunga muvofiq, har xil sintaktik vazifalarni bajaradi: Qayda barg’usiuniu bilmag’aylar (Taf.).Na qiulg’usiu bilmas boldiu.
G’uchiu/guchi(-quchiu/kuchi) affiksli forma -gu/gu affiksli sifatdoshga shaxs otini yasovchi –chi’/chi affiksi qo’shilishi bilan hosil bo’lgan. Shuning uchun ham bu formada fe`llik xususiyati kuchsizlanib, ot turkumiga yaqin turadi: Kuch qiulguchiu zolim erdi (Taf.).
-dachiu/dachi(-tachiu/tachi) affiksi bilan yasalgan sifatdosh ham qadimgi yodgorliklar tilida faol qo’llangan bo’lib, o’zbek tilida XV asrga qadar qo’llanib kelgan: Men senin to’ruttenchin yarattachiun-men (Taf.).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling