Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Reja: 1. Fe`lning semantik va grammatik belgilari. 2. Fe`l nisbatlari 3. Fe`l formalari Tayanch tushunchalar


Download 1.09 Mb.
bet34/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Reja:
1. Fe`lning semantik va grammatik belgilari.
2. Fe`l nisbatlari
3. Fe`l formalari


Tayanch tushunchalar:
Fe`lning funksional formalari - fe`lning nutqda qo’llanish shakli.
Harakat nomi - ish-harakatning atamasi bo’lib, otga xos so’z o’zgarish xususiyatiga ega bo'lgan va gapda ot bajargan vazifalarni bajarishga mos bo’lgan fe`l shakli.
Sifatdosh -predmetning belgisi bo’lgan harakatni, ba`zan ish-harakatni to’g’ridan-to’g’ri anglatadigan fe`l shakli.
Ravishdosh - harakatni ikkinchi bir ish-harakat belgisi sifatida anglatadigan, gapda hol va ergash gap kesimi bo’lib kelishga moslashgan fe`l shakli.
Sof fe`l - buyruq-istak, shart va ba`zan aniqlik mayllari hamda ularning zamonlari ma`nolarini ifodalab, har doim tuslanish tizimi elementi (unsuri) sifatida qo’llanadigan, gapda faqat kesim vazifasida kelishiga mos fe`l shakli.
Fe`l barcha tillarda ham faol bo’lgan so’z turkumlaridan biridir.
Fe`l semantik doirasi keng, lekin, asosan, ish-harakat hamda ish-harakat tasavvurini beradigan holatni anglatadi, ya`ni barmoq, kelmak kabi fe`llar ish-harakatni, ko’rmoq, eshitmoq, oylamoq fe`llari esa holatni biddiradi. Eski o’zbek tilida fe`lning hozirgi o’zbek tilida qayd qilinadigan aksariyat semantik guruhlari: ish-harakat, faoliyat, nutq, tafakkur fe`llari qo’llanishda bo’lgan.
Fe`l turkumiga quyidagi morfologik kategoriyalar xosdir: mayl va zamon, funktcional formalar, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat, tuslanish.
Fe`l aspektlari. Ayrim adabiyotlarda fe`l aspektlariga mumkinlik va nomumkinlik shakllarini ham kiritadilar. Aslida mumkinlik-nomumkinlikni hosil qiladigan grammatik shakllar (formalar) yo‘q, balki bunday semantika qo’shma fe`llar orqali hosil qilinadi. Masalan, torta alar -tarta almas.
Fe`lning bo’lishli va bo’lishsiz shakllari fe`l aspektlari kategoriyasini hosil qiladi, chunki bo’lishsizlik -ma//-ma' affiksi orqali hosil qilinadi va bu affiksni olmagan so’z bilan oppozisiyaga kirishadi: barma, kelturma va boshqalar.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling