Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet32/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Tamam (tamamim, tamamat) olmoshi arab tilidan o’zlashgan, barcha, hamma olmoshlari ma'nosida qo’llangan: Stunlari' tamamiy tashti'n (BN). Tamam mog’ul va tatar yelini lO’shkarini jam’ qi'li'b (SH. tar).
Jam’, Jam'i olmoshi arab tilidan o’zlashgan: Hindustanni'n jam'i rudlari'ni'n bu xasiyati' bar (Boburnoma). Jam' vilapatyaarni' musaxxar qi’li’b.(SH.turk).
Majmu' olmoshi ham arab tilidan o’zlashgan: Majmu'i'n ani'n qashi'g’a qoydi' (Nav.MQ).
Gumon olmoshlari. Eski o’zbek tiliga oid yozma manbalarda kimsa (>kim+yersa), nimarsa (>ne+ma+er+sa) neersa (>ne+ersa), birav (>birey), falan gumon olmoshlari qo’llangan, ba'zan ayrim o’rinlarda biraey (bir+aey), biravlan (bir+av+lan) formalari ham uchraydi. Ular kishi, narsa va hodisalarning taxminlash, tusmol qilish kabi ma'nolarini bildirgan.
Kimse, kimarsa, falan, birav, biragu gumon olmoshlari tusmol qilingan kishilarga nisbatan qo’llangan. Nimarsa va neersa olmoshlari predmet va hodisalarga nisbatan ishlatilgan.
Kimsa gumon olmoshi eski o’zbek tilining barcha davrlarida keng qo’llangan: Kimsa tazallum yetmagap (Lutf.). Kimsakim aylamas ashuqmag’ni' xayal (Nav-MQ).
Kimarsa gumon olmoshi eski o’zbek tilining ilk davrlarida qo’llangan, keyingi davrlarda kam qo’llangan: Kimarsa kim sana yegri ko’nul tutar bu qadar (Sakk.,).
Nemarsa gumon olmoshi nima so’roq olmoshiga yersa so’zining qo’shilishi bilan hosil bo’lgan: Uch-to’rt nemarsa asi'li'b yerdi (BN). Ko’p nemarsa bergan turur (SH.turk).
Birav gumon olmoshi kimsa olmoshi ma'nosida qo’llangan: Birav ko’z birla bolg’ay qatli'n (Nav LT).
Falan gumon olmoshi arab tilidan o’zlashgan: Falan kishiga, ya'ni' faqi'r qashi'g’a yeltib (Nav.MN). Falan vaqtda falan malikiniz mundag’ xiyanat qi’ldi' (SH.tar.).
Bo’lishsizlik olmoshlari. Eski o’zbek tilida bo’lishsizlik olmoshini fors tilidan o’zlashgan hech so’zi ifoda qilgan. Hech bo’lishsizlik olmoshi kishi, narsa, hodisalarga nisbatan qo’llangan.
Bo’lishsizlik olmoshining murakkab formasi esa hech olmoshining boshqa olmosh turlari bilan yonma-yon kelishi orqali hosil qilingan: hech kim, hech kimsa, hech kimarsa shaxsga nisbatan; hech ne, hech nema, hech nemarsa, hech qayda olmoshlari narsa va hodisalarga nisbatan qo’llangan. Hech qaysi', hech qayusi' kishi va narsalar uchun aralash istifoda qilingan.
Hech olmoshi mutlaq inkor ma'nosini ifodalagan: Qalmasa hech namu nishani'm (Lugf.). Ki biz ko’rduk, amma bilmaduk hech (Nav.FSH). Hech parvayi qi'lmadi'lar (BN).
Hech kim bo’lishsizlik olmoshi shaxsga nisbatan qo’llangan: Usruk ichra hech kim harif yoq (Lutf.). Hech kim O’z ko’nliga g’am tilamas (Nav.MQ).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling