Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


O’timli va o’timsiz fe`llar haqida


Download 1.09 Mb.
bet35/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

O’timli va o’timsiz fe`llar haqida. O'zbek tilida uning tarixiy taraqiyotidan qat`iy nazar, bunday morfologik kategoriya mavjud bo’lmagan, balki fe`lning tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lana olishi qobiliyati uning semantik xususiyatidir. Demak, o’timlilik va o’timsizlik fe`l shakliga emas, balki fe`lning semantik xususiyatiga daxldordir.
Fe`l nisbatlari. Eski o’zbek tilida ham fe`l nisbatlarining quyidagi turlari mavjud: aniqlik, o’zlik, majhul, birgalik, orttirma nisbatlar.
Aniqlik nisbati uchun eski o’zbek tilida ham maxsus affikslar qo’shilmaydi.
O’zlik nisbat -n (undoshdan keyin:- i’n/in//un/u’n) affiksi bilan hosil qilingan: Kuydi, ortandi g’am o’tunda ichim tashi’m menin’ (Atoiy). Og’uz xang’a baqi’nmadi’ (Sh.tar.).
O’zlik nisbat ma`nosi ba`zan majhul nisbat affiksi -l (-i’l/il//ul/u’l) bilan ham ifodalanadi: Bu vasila bila xayal qi’li’ldi’ kim..(Nav.MN).
Majhul nisbat –l (-i’l/il//ul/u’l) affiksi bilan hosil qilingan: Qulluq arzadasht yekshanba kuni bitildi (Nav.MN).
Birgalik nisbat –sh (undoshdan keyin: -i’sh/ish//ush/ush affiksi bilan hosil qilingan: Ikki qashi’ bash bir qi’li’b, bilman, ne so’z so’zlashtilar (Lutf.)
Orttirma nisbat quyidagi affikslar bilan hosil qilingan:
-t(-i’t/it//ut/u’t): Oxshatti’ qamati’na sanavbarni’ bag’ban (Nav.MN).
-r(-ur\u’r\ar\a’r): Kechurgay ushbu daryadiun meni (Atoiy).
-tur\tur\\dur\dyr: Hajr otiu bu kun ichimniu kuydurur (Sakk.).
-g’ur\gur\qur\kur\qar\kar: Ne muncha yazguradur shayxi parsa
bizni (Atoiy). Insafsiuz aduvniu pamanliuqdiun o’tkarur (Nav.MQ).
-g’uz/guz//qaz/kaz: Alliuda bir nechani turg’uzdiu (ShN). Meni otkezinizlar, teb,..(Sh.tar.).
-iuz/iz: tamiuzdiu, aqiuzdiu (Sang.).
-sat:-Kemani nechuk yasariun ko’rsatti (Sh.tar.).
Fe`llarning yasalishi. Fe`ldan boshqa turkumlardan so’z yasovchi affikslar orqali fe`l yasalishi mumkin:
-la/la’ affiksi.Bu affiks barcha davrlarda ham faol qo’llangan. Ot, sifat, son, ravish, ba`zan olmosh turkumlaridan fe`l yasagan. Turkiy va turkiy bo'lmagan so’zlarga qo’shilgan: Tash-tashtin piuchaqlab, chapqulab paraladiular (BN).Bir kun namazi peshinni guzarladiu...(Nav.MN).
-da/da’ affiksi. Bu affiks -la/la’ affiksining fonetik variantidir. eski o’zbek tilida sonor undoshlardan so’ng qo’llangan: Padshah bu g’ulamniu indadi (Taf.)-Yoldasa bu yolda Nizamiy yolum//Qoldasa Xusrav bila Jamiy qolum (Nav.FSh).
-a/a’ affiksi. Ot turkumidagi so’zlardan fe`l yasagan:
Tunadi lashkar anda (ShN). Ashlariuni ashab va yashlariuniu yashab, atalariu keynidin ketdi (Sh.tar.).
-y/ay affiksi. Sifatdan fe`l yasagan: Ul faqiur qashiuda ulg’ayiubdur (Nav.MN). Barcha sag’aytlaniub atlandiular (ShN).
-r\ar\a’r affiksi. Sifatdan fe`l yasagan: Bu nav` qara kun ichra qariub//Ya’niuki qara kunum aqariub (Nav.FSh). Ko’kargan yiug’achlarniun barchasiu (Sh.tar.).

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling