Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet50/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Gap bo’laklari. Ma`lumki, gap bo’laklari gapni tashkil qiluvchi so'z shakllari, birikmalari va boshqa sintaktik birliklarning tarkibiy va ma`no xususiyatlariga ko'ra farqlanadi. Bunda tarkibiy xususiyat tushunchasi gap bo’laklarining ifodalanishi, ularning gapdaga boshqa sintaktak hodisalar bilan bog’lanishi va sintaktik mavqe tushunchalarini o’zida birlashtiradi, ular ma`lum bir ma`noni tashishga xizmat qiladi.
Bosh bo’laklar. Ma`lumki, ega fikr ob`ektini, nutq, predmetini ko’rsatuvchi bosh bo'lakdir. An`anaviy tilshunoslikda gapning harkim bolaga ega deb e`tirof etiladi. «ega ikki sostavli gapning bosh bo’laklaridan biridir: u hokim sostavning grammatik markazi, shu sostavdagi bo’laklarga, shuningdek, tobe sostavdagi bosh bo’lakka - kesimga ham hokimdir. ega absolyut hokim holatdagi bo’lakdir. U gapdagi fikr, hukm o'ziga qaratilgan predmetning - nutq, predmetining nomidir. ega harakatni bajaruvchi yo qabul qiluvchi shaxsdir yoki kesim ifodalagan holat, yo belgi qarashli predmet» (G’ulomova A., Asqarova M. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili. Sintaksis. T., 1987, 77).
Keyingi yillarda gapning shakliy tomoni bilan bir qatorda, uning mazmuniy tomonini o’rganishga ham jiddiy e`tibor berilmoqda, ya`ni tilshunoslikda mazmuniy sintaksis degan yangi yo'naiish yuzaga keldi. Bu borada A.Berdialiev, R.Sayfullaeva,A.Nurmonov,N.Mahmudov,A.Ahmedov,S.Solixujaeva,M.Abuzalov va boshqalarning tadqiqotlarini ko’rsatib o'tish joiz. Bu tadqiqotlarda gapning bosh bo’laklari xususida ham yangicha qarashlar paydo bo’ldi. Bu, ayniqsa, N.Mahmudov, A.Nurmonov, M.Abuzalovalarning ishlarida o'z ifodasini topdi. Bu qarash bo’yicha o’zida predikativlikni aks ettiradigan, "gapni uyushtiruvchi va shakllantiruvchi bo'lak kesimdir. Kesim gapning markaziy bo'lagi bo'lganligidan butun tavsifi-grammatik kategoriyalari: tasdiq-inkorlik, shaxs, zamon, kommunikativ maqsad va hokazolar kesimga qarab belgilanadi. Kesim gap qurilishida uyushtiruvchilik rolini o'ynaydi. To'g’ri, kesim haqidagi bunday fikr-mulohazalar an`anaviy tilshunoslikda ham bor. Jumladan, A.G’ulomov shunday yozadi: «Kesim ega bilan o’zaro bog’langan bo’lib, gapning uyushtiruvchi markazlaridan biridir: u hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini (modallik, zamon va shaxsni) - predikativlikni ko'rsatuvchi eng muhim bo’lak bo’lganligidan gapning mazmunini, strukturasini, xarakterini belgilashda katta rol` o'ynaydi, ega nutq, predmetini-temani (gapning nima to’grisida borishinigana) bildiradi, shu haqda nima deyilishini, xabarni, xarakteristikani kesim bildiradi» (G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi zamon gili. Sintaksis.T.,1987, 84). Shuningdek, bu asarda kesimning gapdagi eng zaruriy bo'lak ekanligini e`tirof etiladi, gapning shakllanishida kesim muhim rol` o’ynashi ta`kiddanadi: «Gapni maydonga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda kattadir: u kommunikaciyada (aloqa - aralashuv, xabar berishga) asosiy vazifani bajaradi. Gapda kesimning ayrim bo'lak sifatida ifodalanmay qolishi kuchli sezilib turadi. Demak, gap tushunchasi kesim tushunchasi bilan juda zich bog’langandir. Predikativ aloqaning ko'rsatkichlari, odatda, kesimda bo'ladi» (G’ulomov A., Asqarova M., yuqoridagi asar, 1987, 84).
Ma`lumki, gapning xarakterli belgilaridan biri predikativlikdir. Demak, kesim predikativ aloqaning muhim ko'rsatkichi, gap tushunchasi bilan juda zich bog’langan ekan, u gapda hokim bo'lak hisoblanishi kerak.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling