Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet49/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Savol va topshiriqlar:
1. Modal so’zlarning yuklamalardan farqi nimada?
2. Undovlarga manbalardan misollar keltiring.
3.Manbalardan taklidiy so'zlar va ular so’zlar topib, daftaringizga yozib oling.

12-MA’RUZA




SINTAKSIS




Reja:
1. Tarixiy sintaksis haqida ma`lumot.
2. So’z birikmasi.
3. Gap bo’laklari.
Tayanch tushunchalar:
Sintaksis -gap, gap bo’laklari, so'z bir-bilimlarni aks ettiruvchi grammatikaning bir bo’limi.
Gap - predikativlik va intonacion jihatdan shakllangan nutq va til birligi.
So'z birikmasi - kamida ikkita mustakil suzning grammatik aloqasi orqali murakkab mazmunni ifodalovchi sintaktik hodisa.
Bosh bo'laklar - ega va kesimdan tashkil topadi va fikr asosini anglatadi.
Ikkinchi darajali bo'laklar - aniqlovchi, to’ldiruvchi, xoldan iborat bo’lib, sodda gaplarni yopiq, gapga aylantiradi va uning tarkibini murakkablashtiradi. Fikrning nisbatan to’liqligini ta`minlaydi.

Qadimgi turkiy til va so’nggi davrlar tilining sintaktik tuzilishi bilan hozirgi zamon tili sintaktik tuzilishini qiyoslar ekanmiz, o’zbek tili sintaksisida ham jiddiy ko’rish mumkin. Morfologiya va leksikada bo'lgan o’zgarishlar tufayli ro’y bergan. Masalan, vosita kelishigining iste`moldan chiqishi so’zlarning boshqaruv munosabatini o’zgartiradi va hol doirasini kengaytiradi. Sintaksis taraqqiyotidagi ikkinchi omil - boshqa tillarning ta`siridir. Tarixda o’zbek tiliga, ayniqsa, fors-tojik tilining ta`siri sezilarli bo'lgan. Bu tilning ta`siri bilan yangi so’z birikmalari, ergash gaplar vujudga keldi.


So’z birikmasi. Ma`lumki, so’z birikmalari ikkiga bo’linadi: tobe birikmalar, teng birikmalar.
Teng birikmalarda so’zlar o’zaro teng munosabatga kirishsa, tobs birikmalarda so’zlar o’zaro tobe-hokim munosabati orqali guruhlanadi Tobe birikma tarkibidaga bosh va ergash so’z vositalar bilan boshanishiga qarab, uch turga boShqaruv, moslashuv, bitishuv.
Boshqaruv munosabatida ergash so’z bosh so’zning talabi bilan biror grammatik formada ikki turi mavjud; kelishikli boshqaruv va ko’makchili boshqaruv. Kelishikli boShqaruvda bosh so’z va ergash so'z o’zaro tushum, jo'nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi yordamida bog’lanadi. Ko’makchili boshqaruvda bosh so’z bilan ergash so'z ko’makchilar yordamida munosabatga kirishadi.
Moslashuvli birikmada bosh so’z bilan ergash so'z o'zaro qaratqich-qaralmishda moslashadi:...ul navahanin cheriki bile..(BN).
Bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlar faqat ohang yordami bilan bog’lanadi. Bunday munosabat sifat bilan ot, son bilan ot, olmosh bilan ot o'rtasida bo'ladi. Ottiuz - qiurq barg shaxiun uchida bir yerdin-oq irikrak panja uradur (BN).
Izofa. Izofa ikki otning aniqlovchilik munosabatiga kirishuvidir. Izofa arab va fors tillariga xos bo’lib, turkiy tillardagi moslashuvli birikmaga ekvivalent bo'la oladi. O'zbek tili leksikasining katta qismini arab va fors so'zlari tashkil etgani uchun bu tillardan izofiy birikmalar ham juda ko’plab o’zlashgan. Misollar: Haki pay, abi hayvan (Lutf.).
Arab va fors tillaridagi aniqlovchi-aniqlanmishning joylashuvi bilan o'zbek tilidagi aniqlovchi-aniqlanmishning o'rinlashuvi o'rtasida jiddiy farq mavjud. Arab va fors tillarida avval aniqlanmish keyin aniqlovchi kelsa, o’zbek tilida avval aniklovchi so’ng aniqlanmish keladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling