Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 376.17 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun | 7
- Tafakkur tug‘yonlari Sog‘lom avlod uchun | 7
- Rejissorning fuqarolik pozitsiyasi
- Fan va zakovat Sog‘lom avlod uchun | 7
Ilm-fan ufqlari Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 26 “Hunar – hunardan rizqing unar”, deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, o‘z hunari orqali mahoratini namoyon etib, oilasiga foyda kelti- rayotgan insonlar, ayniqsa, yoshlar talaygina. Olis Kitob tumanining so‘lim Sevaz qish- log‘ida kamolga yetayotgan ziyodaxon Abdu- rasulova asli hunarmandlar avlodining kenja vakilasi. Uning yaqinda bo‘lib o‘tgan “Mening biznes g‘oyam” tanlovidagi muvaffaqqiyati nafaqat yaqinlarini, balki butun qishloq ahlini quvontirdi. Ushbu muvaffaqiyat tufayli ziyo- daxonning tayyorlagan bejirim milliy sumka- lari qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, yanada e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. Kitob tumanidagi Qishloq xo‘jalik kasb- hunar kolleji o‘quvchisi ziyoda Abdurasulova yoshligidan milliy hunarmandchilik sirlarini puxta egallashga harakat qildi. – Yaxshi eslayman, 10 yoshligimdayoq bu vijonim bo‘sh vaqtlarida maydamayda mato larga gulli naqshlarni solishni o‘rgatardilar. Hunarmand qo‘niqo‘shnilarimiznikiga sho girdlikka yetaklab borardilar... Ularning sa boqlari va hunarga uyg‘otgan mehrlari tufayli bugun men ham o‘z hunarmandchiligimga ega bo‘ldim, uning ortidan tanlovlarda ishla rim yuqori baholanmoqda, – deydi yosh hu narmand. Dastlab qo‘l sehrining nodir durdonalariga aylangan bejirim hunarmandchilik namunala- ri ko‘rgazmalarda kishilar diqqatini jalb qila bordi. Tadbirlar, tanlovlar, taklif va taassurot- lar chevar qizning maqsadlarini ham anchayin ulg‘aytirdi. Endi ziyodaxonning tayyorlagan ishlari sotuvlarda ham xaridorgir. Uning o‘zi bu haqda shunday deydi: – Men milliy sumka
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomo- nidan an’anaviy tarzda kasb-hunar kolleji va akademik litsey bitiruvchilari uchun o‘tkazilib kelinayotgan “Mening biznes g‘oyam” tanlo- vining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandan so‘ng ziyoda Abdurasulova ish faoliyatini yanada kengaytirdi. Besh dona yangi rusumdagi tikuv mashinasini xarid qi- lib, tengdosh dugonalarini safiga chorladi. Hozirda qishloqdagi eng ko‘rkam va gavjum hunarmandchilik markazini ishga tushirish uchun tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish harakatida. Quvonarlisi, tanlovlarda qatnashib, g‘olib bo‘lishga ham ulgurmoqda. U yaqindagina “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining Qashqadaryo viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari nu- fuzli ko‘rgazmalarda ham o‘z ishlari bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Rossiya va Hindiston kabi xorij davlatlarida esa kitoblik qizning mehnat mahsuli yuqori e’tirof etildi. – Ammam ham popurchilik bilan shug‘ul lanadilar. Ularning tayyorlagan mahsulotlari dunyo bozoriga chiqib ulgurgan. Astasekinlik bilan men ham ular singari jahon bozoriga milliy mahsulotlarimizni olib chiqish niyatida man. Ochiqko‘ngil va xushchaqchaq bu qizning orzu va istaklarini tinglab turib, manzili nu- rafshon, maqsadlari dadil ekanligiga yana bir bora shohid bo‘lasiz. Mohir hunarmandlar yurti – Kitob tumanida yana bir iqtidor egasi kamol topayotgani quvontiradi kishini. Shohida ESHMAMATOVA, Qashqadaryo viloyati. KITOBLIK HUNARMAND QIZ Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 27 Jurnalimizning bugungi sonida o‘zbek te- atrining zabardast rejissori Olimjon Salimov- ning teatr, ijod borasidagi o‘ylarini e’tiborin- gizga havola qilmoqdamiz.
Mukammal inson bo‘lmaydi. Mukammal- likka erishgan bu ollohning o‘zidir. Insonning o‘zida ba’zi bir xislatlar bo‘ladi. Menimcha, dunyoga, unda bo‘layotgan hodisalarga o‘zini mutanosib tuta olgan odam idealdir. O‘zining ichki qonunlariga va tashqi qonunlarga, ilohiy qonunlarga, ya’niki bizga ma’lum bo‘lmagan qonunlarga rioya qilib yashay olgan inson, mening nazarimda, o‘zining egoizmini yenga olgan inson komil inson bo‘la oladi. Chunki insonda eng kuchli narsa, bu – o‘z “men”i, egosidir. Bilgan narsasidan qoniqish his qil- may, yana o‘rganishga intiladigan inson, al- batta, komillikka erishadi.
Iste’dod o‘z “men”ligini yenga olsa, sahna- da balandlikka ko‘tariladi, sahnada buyuk asarlar yaratiladi. Teatr – o‘ta sodda va o‘ta murakkab olam. O‘zini shu sohaga baxshida qilganlar uni katta oilaga o‘xshati shadi. Ijodiy jamoa umrining yarmini yoki undan ham ko‘prog‘ini teatrda o‘tkazadi. Ular bir-birini hurmat qiladi va bu oilada har birining o‘z o‘rni bor. Ammo gap aktyorning bu oiladagi o‘rni, uning professio- nal mahorati, iqtidori to‘g‘risida boradigan bo‘lsa, bilingki, hech kim o‘z o‘rnini birovga bo‘shatib bermaydi. Negaki, har kimning o‘zi to‘g‘risida o‘zi belgilagan joyi, maqomi bor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, taniqli rejissor Olimjon Salimov 1947- yilning 30-avgust sanasida Namangan vilo- yati, Kosonsoy shahrida tavallud topgan. Olimjon Salimov rejissor sifatida “Bir xo- nada qo‘sh hangoma” (A. Vampilov), “Sohil yoqalab chopayotgan olapar” (Chingiz Ayt- matov), “Jafoga vafo” (Alp Jamol), “Temir xotin” (Sharof Boshbekov), “Toshkentga sa- yohat” (Hamza Hakimzoda Niyoziy), “Ot kish- nagan oqshom” (Tog‘ay Murod), “Ufq” (Said Ahmad), “Boz masxaraboz” (Olimjon Sali- mov), “Sohibqiron” (Abdulla Oripov), “Turna patlari” (Dzuindzi Kinosito), “Ikki mo‘jiza” (Karlo Gotssi), “Dala sayli” (F. Arabbal), “U char tabib” (Molyer),“Bundan buyog‘i – sukunat” (Vinni Delmar) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Uning spektakllari xalq- chilligi, milliyligi, an’analarni yangicha, za- monaviy qarashlarga mos ifoda vositalarida uyg‘unlashtirganligi bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofo- ti laureati (1990). Insoniyat uch asosiy haqiqat birligida rivojlanmog‘i kerak: birinchisi – aqlidrok, ikkin chisi – hamdardlik, uchinchisi – yaratuv chilik, ijod. OSHO (Hind faylasufi). TEATR, SAHNA, ISTE’DOD... Tafakkur tug‘yonlari Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 28 Spektakl deb ataluvchi jarayon individual ijodkorlarning ijod mahsuli. Agar ular bir ja- moaga aylanib, erishishlari kerak bo‘lgan maqsadlarni aniq bilganlari taqdirda va bu maqsadga erishish uchun o‘z ijodlarini bir simfoniyaga aylantira olgan taqdirda, biz ularning individual ishlariga ahamiyat ber- maymiz, biz individuallikni sezmay, yaxlitlik, mukammalikni his qilamiz. Bu yaxlitlik ta’si- rida biz hayotiy hodisalarga berilib, sahnadagi voqealarga sho‘ng‘iymiz, biz ham ijodkorga aylanamiz va bizning ijodiy fantaziyamiz sahnada ro‘y berayotgan voqealarni boyitadi va rivojlantiradi. Shu tariqa, teatrda ro‘y berishi zarur bo‘lgan eng qimmatli hodisa – tomoshabin bilan sahnadagi aktyorlar birlashuvi, tomo- shabinning aktyor bilan barobar ijod qilishi sodir bo‘ladi. Bu hodisa faqat spektakldagi hamma jihatlar birlashgan, yagona maqsadga yo‘naltirilgan taqdirdagina yuz beradi. Shunday spektaklni qachon, qayerda ko‘r- gansiz, eslab ko‘ring. Imonim komilki, har birimizning xotiramizda ardoqlab olib yuradi- gan spektakllar bor. Bitta bo‘lsa-da, bor! Dramatik asar g‘oyasining dolzarbligi va ko‘lami, teatr kishilarining bu g‘oyani chuqur anglaganligi, asarga rejissorning original ye- chim topganligi, shu yechimga mos bir yoki bir qancha aktyorlarning mukammal ijrosi, rassomning qoyilmaqom dekoratsiyasi va ki- yimlari, musiqaning noziklik bilan asar yechi- miga hamroh bo‘lganligi va spektaklning yana bir qancha boshqa jihatlarining mukammalligi va bir-biriga mutanosibligi badiiy yaxlit spek- taklni bunyodga keltiradi.
Bu rejissorning yashayotgan jamiyatiga – oilasiga, mahallasiga, yurtiga, xalqiga, davla- tiga bo‘lgan munosabati. Rejissor u tug‘ilgan yurtning, uni tarbiyalagan xalqning farzandi. U o‘z yurtining, xalqining quvonchlari-yu, tashvishlariga befarq bo‘lolmaydi. U atrofida, jamiyatda bo‘layotgan voqealarga juda aniq, o‘ta keskinlik, hozirjavoblik bilan munosabat- da bo‘ladi. U yurtida yashayotgan har bir odamning tashvishlari, nimalar to‘g‘risida o‘ylayotganligi, nima qiziqtirayotganligi, qa- naqa savollarga javob axtarayotganligini, to- moshabin nima uchun bugun teatrga kelayot- ganligini (yoki kelmayotganligini) chuqur his qilishi zarur. Spektaklning g‘oyasi rejissor uchun “shun- chaki bir masala” yoki “muammolardan biri” bo‘lishi mumkin emas. Bu spektaklning o‘za- gi, poydevori. Rejissor o‘z kasbi texnikasini nihoyatda yaxshi bilgani bilan, haqiqiy ijodkor bo‘lmasligi mumkin. Chunki rejissor o‘z davri nafasini, hayot nafasini bamisoli barometrday his qilmas ekan, uning yaratgan spektakli bor- yo‘g‘i aqlining, fantaziyasining “chiroyli” mahsuli bo‘lishi mumkin, xolos. Undan ba- land emas. Rejissor o‘z xalqining bir fuqarosi sifatida yashamog‘i kerak. Agar u davr talabini, odamlarni nima qiziqtirayotganligini, nimani qabul qilib, nimani inkor qilayotganliklarini bilmasa, unga hech qanday mahorat, hech qanday iqtidor yordam berolmaydi. Chunki iqtidorning, mahoratning ajralmas qismi, bu – davrning eng nozik urayotgan tomirini his qi- lish hisoblanadi. Agar rejissor u yoki bu asarni nima u chun, nima maqsadda sahnalashtirayotganligini, spektaklni qaysi tomonga yo‘naltirmoqchi ekanligini, o‘z yurtining fuqarosi sifatida ho- zir, bugun jamiyatni nima qiziqtirayotganligi- ni aniq bilsa, u spektaklning barcha obrazli yechimi tizimini ana shu badiiy-g‘oyaviy maqsadga yo‘naltira oladi. Natijada spetakl aniq nishonga tegadi. Rejissorning mo‘ljallagan nishoni aniq bo‘lganligi barobar, uning maqsadi, g‘oyasi ham aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. Rejis- sorning bor mahorati, bilimi, tajribasi faqat bir maqsadga – hayot quvonchlarini, yangilik- larini, bor go‘zalliklarini tarannum etish, in- son tabiatiga zid bo‘lgan har qanday pastlik- larni, axloqsizlikni inkor etishga, davrining, yurtining, xalqining intilishlariga, maqsadlari- ga zid bo‘lgan har bir narsaga, to‘siqqa qarshi kurashga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i zarur. Tafakkur tug‘yonlari Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 29 Rejissorning ijodiy muhit yaratishi Rejissor dunyoqarashining kengligi, egalla- gan bilimlari, zehnining o‘tkirligi, bu – badiiy yaxlit spektakl yaratishdagi zaruriyatning faqat bir tomoni, xolos. Modomiki, spektakl ko‘plab ijodkorlarning ijod mahsuli ekan, endi gap bu- tun teatr jamoasining dunyoqara shi K.S.
Sta- nislavskiy aytmoqchi, “...teatr jamoasining ijodiy intizomi va etikasi, ya’ni aktyorning er- kin ijod qilishiga kerakli muhit yaratilishi, haqiqiy jamoani tarbiyalash zaruriyati” rejissor faoliyatining muhim jihati hisoblanadi. K.S. Stanislavskiy har doim teatrda aktyor- ga imkoniyat yaratadigan juda ko‘plab omil- larga katta ahamiyat bergan va hamfikr, ahil ijodiy jamoani tarbiyalashga, teatrda yagona ijodiy muhit yaratishga o‘z rejissorlik faoliya- tida juda katta o‘rin bergan. Bu omillar, avvalo, teatr jamoasi – aktyor- larga o‘z individual imkoniyatlarini ochish uchun maydon, sharoit yaratadigan yagona hamfikr ijodkorlarning jamoasi hisoblanadi. Aktyor ijodining qiyinchiliklari, iztiroblaridan o‘tib o‘zining haqiqiy ijodiy yutuqlariga, faqat ishlayotgan jamoasida unga imkoniyat yara- tilgan paytda, repititsiyalarda xatolar qilish va uni yengishga imkon berilgandagina erisha oladi. Boshqacharoq qilib aytganda, aktyor- ning ham xuddi individual ijod qiluvchi yo- zuvchi va rassom kabi erkin ijod qilishiga imkoniyat yaratilishi zarur. Bundayin imkoniyat fa- qatgina yillar davomida ijo- diy jarayonda jipslashgan, ijod jarayonining zarbalari- yu, yutuqlarini birga baham ko‘ra olgan hamfikr kishilar- ning haqiqiy oilasida yarati- lishi mumkin, xolos. Aktyor teatrdagi asosiy ijodiy vosita ekanligi aniq. Lekin shunisi ham borki, hatto eng iqtidorli aktyorlar- dan iborat jamoa ham o‘zi yakka spektakl yarata olmay- di. Teatr bu juda katta va murakkab organizmki, u yerda aktyorlardan tashqari turli kasb egalari – ishlab chiqarish ustaxonalarida ish- laydigan, xizmat qiladigan xodimlar, boshqa- ruv, xo‘jalik ishlarini bajaruvchi xodimlar bor. Ularning soni teatrda aktyorlardan ko‘ra ko‘proq. Teatrning badiiy mukammal spek- takllar yaratishi uchun imkon, bu – xodimlari- ning o‘z ishlariga munosabatlari, o‘z vazifala- rini sidqidildan bajarishlari, undan-da muhi- mi, o‘z ishlarini sevishlari, qalb qo‘rini aya- masliklari natijasidagina vujudga keladi. Ana shunday ijodiy jamoani, tarbiyalash, mujassamlashtirish ham rejissorning vazifasi. Eng zarur, eng murakkab vazifasi. Ijodiy ja- moa yaratish, bir so‘z bilan aytganda hamfikr- lar, maslakdoshlar ittifoqini yaratish degani. Amalda esa bu juda murakkab muammo, chunki har bir rejissor oldida, o‘z individualli- giga ega bo‘lgan, turli maktablarda tarbiyalan- gan, turli uslublarga ega bo‘lgan aktyorlar “armiyasi” turadi. Ularning har birining o‘ziga yarasha fe’l-atvori, har birining ijodiy g‘ururi bor, ular bir-birlaridan qolishni istamaydilar. Rejissorning ijodiy jamoa yaratishi, tarbiya- lashi, aktyorlar bilan munosabatlari juda mu- him va murakkab jarayon. Aktyor o‘z kasbiy vazifasiga ko‘ra indivi- dual kuch. Rejissor esa o‘sha kuchlarni bir- lashtirib, ijodiy hamfikr jamoa yaratadigan birlashtiruvchi kuchdir. Husnora RO‘zMATOVA oqqa ko‘chirdi.
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 30 Sharq xalqlari yil hisobi juda qadim za- monlarda shakllanib, ijtimoiy va madaniy-iq- tisodiy hayot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Jumladan, Xitoyda ham boshqa qadi- miy sivilizatsiyalar singari yil hisobining yu- zaga kelishi aholining dehqonchilikka bo‘lgan zarurati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu hol “vaqt” va “yil” iyerogliflarida, ayniqsa, yaqqol aks etadi. Hozirgi xitoy tilida qo‘llanib kelina- yotgan qadimiy iyeroglif – “vaqt”ning grafik tasvirida saxiy oftob nurlari ta’sirida unib chiqayotgan don aks etgan. Keyingi iyeroglif – “yil”da bug‘doy boshoqlarini orqalab ketayot- gan odam tasvirlangan. Ko‘rinib turibdiki, qadimiy xitoyliklar uchun yil sikli va dehqon- chilik sikli bir xil tushuncha kasb etgan. Xitoy taqvimining o‘ziga xos xususiyati Oy bilan Quyosh harakati qonuniyatlariga asos- langanlikda yaqqol ko‘rinadi. Bu mamlakat- ning qadimgi astronomlari Oyning Quyosh va yulduzlar holatiga qarab qanday harakat qili- shini juda aniq belgilay olishgan. Xitoyliklar hayoti va madaniyatining turli jihatlari ham ushbu taqvimning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Xitoyda Oy fazalarining almashinuvi vaqt- ning asosiy o‘lchov birligi sifatida qabul qili- nadi. Yil o‘n ikki oydan tashkil topadi, biroq bu bizning hozirgi Grigoriy taqvimidan farqla- nadi. Chunki har bir oy o‘rta hisobda 29,53 sutkaga teng bo‘lib, bunday Oy yilida 29 kunlik “kichik” hamda 30 kunlik “katta” oylar ketma-ket kelgan. Shuningdek, bu mamlakat- da Quyosh taqvimidan ham foydalanilgan. Qishki va yozgi Quyosh tikka keladigan kunlar xitoyliklarga juda qadimdan ma’lum bo‘lgan. Ular ushbu sanaga asoslanib, ekin- tikin ishlarini qay paytda amalga oshirish za- rurligini belgilashgan. Quyoshning yillik harakati, shuningdek, o‘n ikki burj turkumi ham ularga qadimda ma’lum edi. O‘n ikki burj turkumiga asos- lanib, Osiyoda 12 yillik sikl hayvonlar nomi bilan ataluvchi xitoycha muchal tuziladi. Mu- chaldagi qadimiy sharq xalqlari madaniyati, urf-odatlari, fikrlash tarziga xos xususiyatlar etnografik material sifatida kishi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Miloddan avvalgi I ming yillikda Xitoyda 13 oydan iborat bo‘lgan 354,36 sutkali Oy yili ham amalda bo‘lgan. Keyinroq Meton sikli deb nomlanuvchi va 235 oy yili hisobidagi oylar (125 “katta” va 110 “kichik” oy), ya’ni 19 Quyosh yiliga teng bo‘lgan sikldan ham foydalanilgan. Bu mamlakatda sutka tushunchasi “qu- yosh” iyeroglifi bilan ifodalanadi. Aftidan, qadimgi xitoyliklarning taqvim kuni ertalabki vaqtdan boshlangan. Keyinchalik sutkalar o‘rtasidagi chegara yarim kecha deb belgilan- gan.
1911-yilda Xitoyda monarxiya ag‘darilgan- dan so‘ng Grigoriy taqvimi bo‘yicha yevropa- cha yil hisobi qabul qilingan. Shunga qaramay, xitoyliklar Oy yilining asosiy bayramlarini o‘z ichiga olgan eski taqvimdagi an’analarini saqlab qolishdi. Qadimgi Xitoy taqvimi qo‘shni mamlakat- larga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan. Shu bois, yapon, mongol va tibet an’anaviy taqvimi bilan xitoy taqvimi o‘rtasida anchagi- na umumiy jihatlar mavjud. Biroq bu xalqlar taqvimida milliy va madaniy o‘ziga xoslik yaqqol seziladi. Jumladan, an’anaviy yapon taqvimida ham xitoyliklardan o‘zlashtirilgan Oy va Quyosh yili hisobi mavjud bo‘lsa-da, ular mazmun jihatdan farqlanadi. Yapon ma- daniyatiga xos bo‘lgan atrof-borliq go‘zalligini nozik his qilish xususiyati bu xalqning ilk o‘rta asr folklori va she’riyatida mujassamlash- gan bo‘lib, mazkur xususiyat o‘ziga xos poetik taqvimni yuzaga keltirdi. Bu hol har bir yil fasliga mos sifatlar majmuasida yaqqol ko‘ri- nadi. Masalan, xalq mulkiga aylangan she’r- SHARQ XALQLARI TAQVIMI Fan va zakovat Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 31 larda zarang daraxtining alvon yaproqlari, ohu, oydin kecha, kechki sholipoya haqida gap borsa – kuz fasli, kakku, maysalar tilga olinsa – yoz ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Shunisi qiziqki, yaponlarda o‘n ikki oyning har biri asosiy nomidan tashqari boshqa qo‘shimcha nomlarga ham ega. Ma salan, 1-oy – “do‘stlik oyi”; 2-oy – “kiyimlarni yangilash oyi”, yana bir nomi: “bahorning o‘rtalari”; 3-oy – “unib chiqish oyi” va hokazo. Bunday qo‘shimcha oy nomlarida asosan kishilarning dehqonchilikdagi tashvishlari, tabiat hodisa- laridan olgan taassurotlari va an’anaviy bay- ramlar o‘z aksini topgan. Mo‘g‘illarning an’anaviy taqvimi ham xi- toyliklarnikiga juda o‘xshash. Faqat ularda birgina yillar emas, oylar, hatto 24 soatli sut- kaning har ikki soati ham muchaldagi 12 hayvon nomi bilan ataladi: 0–4 – ho‘kiz, 4–6 – yo‘lbars, 6–8 – quyon, 8–10 – ajdarho, 10–12 – ilon, 12–14 – ot, 14–16 – qo‘y, 16–18 – may- mun, 18–20 – tovuq, 20–22 – it, 22–24 – to‘n- g‘iz soati hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tibetlik- lar taqvimi kam o‘rganilgan. Mamlakatdagi mavjud yil hisobi xitoy taqvimi ta’siridan xoli bo‘lmasa-da, uni o‘rganishda ba’zi qiyinchi- liklar tug‘iladi. Buning sababi yangi yil taqvi- mining eski yilning oxirida munajjim – astro- loglar tomonidan tuzib chiqilishidadir. Tibet- liklar kelgusi yil uchun yangi taqvim e’lon qi- linmaguncha qanday taqvim asosida yashash- larini bilishmaydi. Chunki astrologlar yangi taqvimning xurofiy qarashlar bilan bog‘liq bo‘lgan “nomuvofiq” joylarini bemalol o‘zgar- tirishlari mumkin. Masalan, kecha oyning bi- rinchi kuni bo‘lgan, bugun esa uchinchi kun deb yuritiladi, chunki ikkinchi kun – “nomu- vofiq” kun hisoblanadi. Oy kunlari hisobida xatolik sodir bo‘lib, “ortiqcha” kunlar yig‘ilib qolsa, oyning oxirida kunlardan birortasi ikki marta keladi. Masalan, bugun oyning yigirma to‘qqizinchi kuni, ertaga ham yigirma to‘qqi- zinchi kun deb belgilanadi. Bir qaraganda kulgili tuyuluvchi bunday o‘ziga xoslik maz- kur mamlakatning qadimiy madaniyati, ijti- moiy-ma’naviy hayoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Qodir TO‘RAYEV, Jizzax pedagogika instituti o‘qituvchisi.
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2015 32 Qadimgi hadis sharhi kitoblarida va tibbi- yotga oid qo‘llanma kitoblarida qora sedana- ning qaysi dardga davo bo‘lishi haqida sahifa- sahifa ma’lumotlar yozilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qora dona o‘limdan boshqa har bir dardga davo- dir”, dedilar”. Ushbu “qora dona” nima ekani haqida ulamolarimiz ko‘p tortishganlar. Ko‘pchilik uni “shunbiz” nomli qora rangli dona ekanini ta’kidlagan. Aslida, u qoramtir yashil bo‘lar ekan-u, lekin ko‘pchilik qora sifatini aytishga odatlangan ekan. U “qora zira”, “hind zirasi” deb ham atalar ekan. Bizda “sedana” deyiladi. Hozirgi zamonda esa “Qur’on va Sunnatdagi ilmiy mo‘jizalar hay’ati” harakati bilan o‘tka- zilgan ilmiy bahslar ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “qora dona” haqida aytgan hadisi shariflari tibbiy mo‘jiza ekanini tasdiqladi. Bu haqida alohida kitob ham chop etildi. Uning tibbiyotdagi ahamiyatiga to‘xtaladi- gan bo‘lsak, qora sedana donalarida maxsus yog‘ bo‘lib, uning tarkibida A, B, C, D vitamin- lari bor. U siydik haydash xususiyatiga ega, sutni ko‘paytiradi, terlatadi, ko‘krakda o‘rnash- gan yomon xiltlarni quvadi, zaharni kesadi. Tutunidan esa hasharotlar qochadi. Sedana- dan yo‘talni qoldirishda, sariq kasalida, qayt qilish ni davolashda foydalanadilar. Uni erta- lab yeyilsa, yuzni qizil qiladi va rangni ochadi. Sirkaga qo‘shib iste’mol qilinganda esa me’- dadagi qurtlarni yo‘qotadi. Teriga oq tushishi- ning oldini oladi. Agar asalga qo‘shib yeyilsa, bo‘g‘im og‘rig‘ini va shamollashni qoldiradi. Qadimda sedana xanzal (achchiq tarvuz) su- viga aralashtirilib, kindik atrofiga surilgan va bu bilan qorinda bo‘ladigan osh qovoq urug‘iga o‘xshash qurtlarni tushirganlar. Tuyib asalga aralashtirilgan donlari ba chadon og‘rig‘ini qoldirish va tug‘ishni yengillashtirish uchun beriladi. Shuningdek, donlarini tuyib gul yog‘i bilan aralashtirib surkalsa, ekzemaning tuza- lishini tezlashtiradi. Uni kuydirib yog‘ga yoki xinoga qo‘shib boshga surilsa, sochning to‘kilishini to‘x- tatadi. Agar hidlansa, bosh og‘rig‘ini qol- diradi, tumov va yuz falajini da- volashda foyda- li. Tumov bo‘l- gan kishining bo- shiga sedanadan bog‘lama qilsalar tu- zatadi, shamollagan va sovuq urgan joylarga foy- da qiladi, uni qovurib, so‘ngra zaytun yog‘iga solinsa va kishi tumov bo‘lganda tomizilsa, naf qiladi. Sirkaga solib qaynatib, o‘sha sirka bilan og‘ zingizni chay- sangiz, tish og‘rig‘ini qoldiradi va uni mustah- kamlaydi. Maxsus asbob bilan donalaridan olingan yog‘ kishini yoshartiradi. Internet ma’lumotlari asosida TILLANISO tayyorladi. QORA SEDANA – MING DARDGA DAVO Foydali maslahatlar Download 376.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling