Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
izotoplar, dioksinlar, pestitsidlar, benzapiren va shunga oxshash
moddalar mansubdir. Radioaktiv chiqindilar radioaktiv izotoplar miqdori tasdiqlangan meyorlardan oshib ketgan qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar. Radioaktiv elementlar, masalan, stronsiy-90 organizmlarning oziqlanish (trofik) zanjirida biridan ikkinchisiga otib, organizm va toqimalarda nobud bolish darajasiga qadar buzilishlar keltirib chiqaradi. Radionuklidlardan ayrimlari 10100 mln yil davomida zahri qotillik xossasini saqlashi mumkin. Ular solishtirma faolligi boyicha past (0,1 Ku/m 3 .dan past), ortacha (0,1100 Ku/m 3 ) va yuqori (0,1100 Ku/m 3 .dan baland) radionuklidlarga ajratiladi. Atom elektr stansiyalariga ega bolgan kop mamlakatlarda ra- dioaktiv chiqindilarning katta miqdori toplangan. Masalan, Ros- siya Federatsiyasida komib tashlanmagan radioaktiv chiqindilarning umumiy faolligi 1,5 mlrd Ku.ni tashkil qiladi. Bu 30 ta Chernobil atom elektr stansiyasi deganidir. Buyuk Britaniyada 2000-yilda atom sanoati chiqindilari quyidagicha bolgan: faolligi past chiqin- dilar 500 ming m 3 , ortacha 80 ming m 3 va yuqori 5 ming m 3 . Rossiya Federatsiyasidagi qator korxonalarning maxsus idish- larga joylashtirilgan suyuq radioaktiv chiqindilari ochiq suv hav- 145 zalariga joylashtirilgan bolib, ular tosatdan sodir bolishi mum- kin bolgan tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin) paytida shikastlanishi, shuningdek, radioaktiv moddalarning yerosti suvlariga kirishi na- tijasida katta hududlarda radioaktiv zaharlanish roy berishi mum- kin. Bunday xavf hisobdan chiqarilgan yadroviy qurilmali harbiy kemalarda ham mavjud. Dunyoning qator mamlakatlarida chiqindilarni joylashtirish obyektlari mavjud. Radioaktiv chiqindilar muammosi vaqt otishi bilan yanada dolzarb va otkir bolishi shubhasiz. MAGAÒE ba- shoratlariga kora, 2005-yilda foydalanish muddati tugaganligi sa- babli atom elektr stansiyalarining 65 ta reaktori va boshqa 260 ta yadro qurilmalari faoliyati toxtatilgan. Òarkibida dioksin moddasi bolgan chiqindilar asosan sanoat va shahar chiqindilari, kimyo, selluloza-qogoz va elektr texnikasi sanoatlari qoshimcha mahsulotlarini yoqish jarayonida paydo boladi. Dioksinlar suvni xlorlab zararsizlantirishda va xlor, pes- titsidlar ishlab chiqarish jarayonida ham hosil bolishi aniqlangan. Dioksinlar va dioksinli birikmalar xlorli uglevodorodlar sinfiga mansub bolgan sintetik organik modda hisoblanadi. Ular odam uchun eng zaharli moddalar bolib, mutagen, kanserogen va homilani zaharlash tasirlariga ega va organizmning immunitet tizimini susaytiradi. Agar ular oziq-ovqatlar va aerozollar orqali eng kichik miqdorda bolsa ham odam organizmiga tushsa, ozib- tozish va aniq belgilarga ega bolmagan olim roy beradi. Atrof- muhitning dioksinlar bilan katta miqyosda ifloslanishi 1991-yilda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahri yaqinidagi Ufa daryosida roy berib, uning suvdagi miqdori ruxsat etilgan eng yuqori miqdordan 50 ming marta ortib ketgan. Bunga 40 kg.dan ortiq komib tash- langan dioksinning shahar sanoat-rozgor chiqindilari axlatxo- nasidan suv tozalash inshootiga tushishi sabab bolgan. Natijada Ufa va Sterlitamak shaharlari va uning atrofida istiqomat qiluvchi aholi qonida, yog toqimalarida va kokrak sutida dioksinlar miq- dori ruxsat etilgan eng yuqori miqdordan 410 marta kopaygan. Umuman, chiqindilar, ayniqsa, tarkibida pestitsidlar va benza- piren moddalari bolgan chiqindilar odam va biota uchun jiddiy ekologik xavf tugdiradi. Chiqindilarning fuqarolar hayoti va 146 sogligiga, atrof-muhitga zararli tasirining oldini olish, chiqindilar hosil bolishini kamaytirish va ulardan xojalik faoliyatida oqilona foydalanilishini taminlash asosiy vazifalar bolishi lozim. Shovqin atrofdagi tabiiy muhitga zararli fizikaviy tasir korsatish shakllaridan biri. Atrof-muhitning shovqindan ifloslanishi ta- biiy tovush tebranishlarining yol qoyib bol- maydigan darajada oshib ketishi natijasida paydo boladi. Shovqin ekologik nuqtayi nazardan nafaqat quloq eshitish uchun noqulay, shuningdek, u odamda jiddiy fiziologik oqibatlarni ham vujudga keltiradi. Rivojlangan mamlakatlarning shaharlashgan hududlarida on millionlab odamlar shovqin tasiridan aziyat chekishadi. Odamning eshitish uquviga bogliq holda 1620 000 Hz tezlik darajalari chegarasidagi egiluvchan tebranishlar tovush deb, 16 Hz.dan pasti infratovush, 20 000 dan 1·09 gacha ultra- tovush va 1·09 dan yuqori tebranishlar haddan ortiq yuqori tovush deb ataladi. Inson faqat 1620 000 Hz tebranish tezligi darajalari che- garasidagi tovushlarni qabul qilishga qobiliyatli. Òovush balandligini olchash birligi detsibel (dB) deb ataladi. Odam 0 dan 170 dB chegarasidagi tovushlarni eshita oladi (17.1-jadval). Noqulay tovushlar shovqinning antropogen manbayi bolib, odamda tez charchashlik, mehnat unumdorligining pasayishi, asabiylik va qattiq hayajon holatlarini keltirib chiqaradi. 60 dB.dan yuqori da- rajali shovqinlar shikoyatlarni, 60 dB darajali shovqin eshitish orga- nida inqirozlarni, 110120 dB darajali shovqinlar ogriq bosh- lanishini, 120 dB.dan yuqori darajali shovqinlar esa yemirilishni keltirib chiqaradi. 180 dB shovqinda metallar darz ketishi aniqlangan. Antropogen shovqinlarning asosiy manbalari transport (av- tomobil, temiryol va havo transporti) va sanoat korxonalari hi- soblanadi. Atrof-muhitga korsatilayotgan jami shovqinlar tasi- rining 80 % avtotransportga togri keladi. Dunyoning aksariyat yirik shaharlarida transport shovqini darajasi 90100 dB.dan yuqori hisoblanadi. Bu korsatkich Òoshkent shahrida ayrim paytlarda kunduzlari 7585 dB.gacha yetadi. Atrof-muhitning shovqindan ifloslanishi 147 Antropogen tovushlar hayvonlarga ham salbiy tasir korsatadi. Masalan, tovush tasirlari jadalligida sutemizuvchilarda sut miqdori, tovuqlarda tuxum soni kamayib, asalarilar yolidan adashgan, qush- lar erta tullagan va h.k. 100 dB.dan yuqori shovqin tasirida osimlik urugining unib chiqishi sekinlashgan. Infratovushlar odamning ichki organlari va asab tizimiga salbiy tasir korsatishi aniqlangan. 17.1-jadval Òovush kuchi va darajalari korsatkichi (dB) Biologik ifloslanish deyilganda xilma- xil antropogen tasirlar natijasida ekologik tizimga xos bolmagan, tabiiy biotik uyush- malarning yashash sharoitini ogirlashti- ruxsat etilgan imkon boricha ruxsat etilgan ruxsat etilmagan Zambarakdan oq uzish Kosmik kemaning parvoz qilishi Yashin Ogir yuk avtomobili Avtomobil saloni Qishloq joylari Miltiqdan oq uzish Samolyotning parvoz qilishi Pop-musiqa Tog jinsini kochirish bolgasi Kutubxonaning oquv zali Shivirlash (1 m) 0 7 1 0 6 1 0 5 1 0 4 1 0 3 1 0 2 1 0 1 1 0 0 1 0 9 0 8 0 7 0 6 0 5 0 4 0 3 0 2 0 1 0 Shamolsiz or- mon (qishda) Atrof-muhitning biologik ifloslanishi 148 radigan yoki odam sogligiga salbiy tasir korsatadigan boshqa tirik organizmlarning kiritilishi tushuniladi. Biologik tasir korsatishning asosiy manbalari oziq-ovqat va teri sanoati korxonalari, maishiy va sanoat chiqindilarini joylashtirish obyektlari, qabristonlar, kanalizatsiya axlat, chiqindi va yogin suvlari oqiziladigan quvurlar tarmogi va sugoriladigan maydonlarning oqova suvlari hisoblanadi. Ushbu manbalardan xilma- xil organik birikmalar va kasallik qozgatuvchi mikroorganizmlar tuproqqa, tog jinslari va yerosti suvlariga tushadi. Malumotlarga kora, yer yuzasidan 300 m chuqurlikkacha bolgan yerosti suvlari tarkibida kasallik qozgatuvchi ichak tayoqchalari topilgan. Atrof-muhitning yuqumli va parazitar kasallik qozgatuvchi- lari bilan ifloslanishi alohida xavf tugdiradi. Shuningdek, biologik texnologiyalar va gen muhandisligi rivojlanishi bilan bogliq holda yangi ekologik xavf-xatarlar paydo bolishi mumkinligi bashorat etilmoqda. Elektromagnit maydonlari va nurlanishlar ham atrof tabiiy muhitning ortiqcha darajada ifloslanishi, tabiat tizimlarining shi- kast topishi, inson salomatligi va hayotiga ziyon yetishi mumkin. Ayniqsa, Quyosh faolligi davrida yer atmosferasida paydo bola- digan magnit boronlari ekotizimlar, jumladan, odam organizmiga salbiy tasir korsatib, yurak-qon tomir tizimlari, asab va koz kasalliklari bilan ogrigan bemorlarning ahvolini yomonlashtiradi. 1. Biosferaga tasir korsatilishining alohida turlari qanday tasniflangan? 2. Chiqindilar deganda nimalar tushuniladi? 3. Chiqindilarning qanday turlari farqlanadi? 4. Odam va atrof-muhitning xavfsizligi tamin etilishiga eng kop tahdid soladigan chiqindilar nima deb ataladi? 5. Atrof-muhitning shovqindan ifloslanishi qanday paydo boladi? 6. Antropogen shovqinlarning asosiy manbalari nimalar? 7. Òovush kuchi va darajalarida nimalar ifodalanadi? Odam qanday che- garalardagi tovushlarni eshita oladi? 8. Biologik ifloslanish nima? 9. Elektromagnit maydonlari odam organizmiga qanday tasir korsatadi? ? NAZORAT SAVOLLARI 149 18-bob. BIOSFERAGA FAVQULODDA TASIRLAR Atrofdagi tabiiy muhitga favqulodda tasirlar oz xususiyatiga kora, antropogen (harbiy harakatlar, falokatlar va h.k.) va tabiiy (tabiiy ofatlar) tusda bolishi mumkin. Atrof-muhitda falokatlar, halokatlar, harbiy harakatlar yoki tabiiy ofatlar natijasida odamlar sogligiga, tabiiy ekologik ti- zimlar holatiga, osimliklar va hayvonlarning genetik fondiga xavf soluvchi salbiy ozgarishlar roy bergan yoki mumkin bolgan hududlar favqulodda ekologik vaziyatli zonalar deyiladi. Otgan asr davomida tabiat va jamiyat tarixida roy bergan turli xil va darajadagi falokatlar, halokatlar, harbiy harakatlar va tabiiy ofatlar tufayli biosferada keskin, bazan qaytmas ozga- rishlar sodir boldiki, aksariyat tabiiy va madaniy ekotizimlar aziyatlar girdobiga tortildi. Atrof-muhitga odamlarning barcha xildagi tasir korsatish turlari ichida harbiy hara- katlar eng qudratli vayrona keltiruvchi omil hisoblanadi. Urush odam populatsiyasi va ekotizimlarga misli korilmagan talafot keltiradi. Masalan, faqat Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy harakatlar doirasiga 3,3 mln km 2 yer yuzasi (Ozbekiston Respublikasi maydonidan taxminan 7 marta katta hudud) qamrab olingan, 55 mln kishi halok bolgan va Yevropa qitasidagi aksariyat hudud- larda tabiiy va antropogen ekotizimlar u yoki bu darajada vayron qilingan. Shuningdek, 1991-yilda Fors korfazida bolib otgan urush harakatlari davrida 1250 ta neft quduqlari portlatilib, 1 mln t.ga yaqin neft yonib ketgan va atrof-muhitga misli korilmagan da- rajada zarar yetkazilgan. 1999-yilda sobiq Yugoslaviya hududida bolib otgan urush harakatlarida esa tuproq, havo va Dunay daryo- sining suvlari zaharli kimyoviy birikmalar va neft mahsulotlari bilan meyorlardan bir necha marta ortiq darajada ifloslangan. Hozirgi kunda ommaviy qirgin qurollari deb ataladigan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik qurollar atrof-muhitga say- Ommaviy qirgin qurollarining atrof-muhitga tasiri 150 yoraviy va mintaqaviy miqyoslarda vayronalik keltiruvchi ajal qu- rollari deb baholanmoqda. Yadro quroli yadroviy oq-dorilar, ularni nishonga yetkazish va boshqarish vositalari majmuyi bolib, u atrof-muhitni portlashning zarbali tolqini, yoruglik energiyasi, nurlanish va radioaktiv zaharlash bilan vayron qiladi. Zarbali tolqin odamlar va hayvonlarni nobud bolish darajasiga qadar ogir jarohatlaydi, ormonlar va daraxtlarni ildizi bilan yakson qiladi, yoruglik energiyasi va nurlanish esa kuchli kuyish holati va nur kasalliklarini vujudga keltiradi. Masalan, AQSH tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarida amalga oshirilgan yadro portlashida kuchli kuyish holati va nurlanish hodisasi qayd etilgan. Kimyoviy qurol zaharlovchi moddalar gazlar, suyuqliklar yoki qattiq moddalar yordamida odamlar va biotani zaharlashga moljallangan bolib, oq-dorilar yoki samolyotlar vositasida ni- shonga yetkaziladi. Kimyoviy zaharlovchi moddalar orga- nizmlarning oziqlanish (trofik) zanjirida harakat qilib, ularning hayot faoliyatiga katta xavf tugdiradi. Masalan, Birinchi jahon urushida iprit deb nomlangan zaharlovchi modda ishlatilib, undan 10 ming odam nobud bolgan, 1,2 mln kishi nogironga aylangan. Hozirgi zamonaviy kimyoviy qurollar negizini organizmlarning asab tizimiga tasir korsatib, ularni falaj qiluvchi va boguvchi kimyoviy moddalar zarin, tabun, zoman va h.k. tashkil qiladi. Bularning barchasi tabiiy ekotizimlarga onglab bolmas darajada juda katta tasir korsatadi. Masalan, Vyetnam urushida defoliant (gerbitsid) korinishida katta miqdorda (100 ming t.dan ortiq) kimyoviy qurol ishlatilishi natijasida osimliklarning barglari tush- gan, ular osishdan toxtagan va katta maydonlardagi osimliklar (12 % ormon, 5 % ekin dalalari) nobud bolgan. Bu, tabiiyki, barcha ekotizimlarga salbiy tasir korsatgan. Jumladan, qushlarning 158 turidan 18 turi qolgan, hasharotlar butunlay yoqolgan, kop- lab osimliklar biologik tur sifatida qirilib ketgan, 1,8 mln nafar vyetnamlikning sogligiga togridan togri ziyon yetkazilgan, 7 mln.dan ortiq kishi kimyoviy qurol ishlatilgan hududlarni tark etishgan. 151 Bakteriologik (biologik) qurol deyilganda odamlarni ommaviy shikastlantirishga moljallangan bakteriyali vositalar (bakteriyalar, viruslar va h.k.) va zaharlar (zaharli moddalar) tushuniladi. Kasallik tarqatuvchisi sifatida tirik organizmlar (kemiruvchilar, hasharotlar va h.k.) yoki oq-dorilardan foydalaniladi. Bakteriologik qurol odam- lar va hayvonlarda olat, vabo, Sibir yarasi kabi ommaviy yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishga qodir. Hatto ayrim bakteriyalar sporalar hosil qilib, on yillar davomida tuproqda saqlanishi mumkin. Biosferadagi ekologik halokatlarning oldini olishda ommaviy qirgin qurollarini tag-tomiri bilan yoqotish eng ishonchli yol hisoblanadi. Jahonda deyarli har yili kuzatiladigan yirik texnogen halokat va falokatlar atrof-mu- hit sifatiga, odam va biota hayot faoliyatiga salbiy tasir korsatmoqda. Masalan, Cher- nobil atom elektr stansiyasida sodir bolgan ekologik halokat bunga yorqin misoldir. Òexnogen ekologik halokat texnik qurilmalarning (atom elektr stansiyalari, tankerlar va h.k.) falokatga uchrashi (ishdan chiqishi) tufayli atrof-muhitda noqulay salbiy ozgarishlar sodir bolib, tirik organizmlarning ommaviy nobud bolishi va katta iqtisodiy yoqotishlar kuzatiladi. Falokat va halokatlar birdan sodir bolib, mahalliy xususiyatga ega boladi, ayni paytda ularning ekologik oqibatlari katta may- donlarda oz aksini topishi mumkin. Òexnogen ekologik halokat- lar hatto yuqori texnologiyalarga ega bolgan mamlakatlarda ham sodir boladiki, ularning kelib chiqish sabablari quyidagilar bo- lishi mumkin: texnika xavfsizligiga rioya etmaslik, odamlarning xatolarga yol qoyishi yoki loqaydligi, turli xil buzilish yoki si- nishlar, tabiiy ofatlarning tasiri va h.k. Nurlanishga aloqador obyektlar (atom elektr stansiyalari, yadro yoqilgisini qayta ish- lash korxonalari, uran konlari va h.k.), kimyo korxonalari, neft va gaz quvurlari, transport tizimlari (dengiz, temiryol, aviatsiya transporti va h.k.), suv ombori togonlarida roy beradigan ha- lokatlar katta ekologik xavf tugdiradi. Texnogen ekologik halokatlarning atrof-muhitga tasiri 152 Yadro energetikasidagi yirik halokatlardan biri 1979-yilda Amerika Qoshma Shtatlarining (Pensilvaniya shtati)Xarrisberg shahri yaqinidagi Òrimayl-Aylend atom elektr stansiyasida sodir bolgan. Eng katta texnogen halokatlardan biri 1986-yilda Ukrainadagi Chernobil atom elektr stansiyasining tortinchi energiya blokida sodir bolgan. Otkir nur kasalligidan 29 kishi halok bolgan, 120 ming aholi kochirilgan, umumiy aziyat chekkanlar soni 9 mln.ni tashkil etgan. Genetiklarning takidlashicha, insoniyat genotipida bu «hodisa»ning izlari 40 avloddan keyin yoqolishi mumkin. Bu halokat atom elektr stansiyasining masul xodimlari va rahbariyati tomonidan yol qoyilgan xatolar oqibati deb baholangan. Radioaktiv ifloslanish Rossiya, Belorus, Bolgariya, Polsha, Ruminiya, Germaniya kabi mamlakatlarga tarqalib, 200 ming km 2 .dan ortiq maydonni qamrab olgan. Nurlanish oqibatlari ekotizimning tarkibiy qismlarida qayd etilgan. Ekologik oqibatiga kora, kimyoviy obyektlarda sodir bola- digan falokat va halokatlar ham dahshatli hisoblanadi. Masalan, 1976-yilda Italiyaning Sevezo shahridagi kimyoviy korxonada xa- toga yol qoyilishi oqibatida 2,5 kg zaharli dioksin moddasi atrof- muhitga oqib chiqqan. 1984-yilda Hindistonning pestitsid ishlab chiqaruvchi korxo- nasidan 30 t fosgen va metilizotsianat aralashmasining oqib chi- qishi natijasida 3 ming odam halok bolgan, 20 ming kishi kor bolib qolgan, 200 mingdan ortiq kishi bosh miya, shol kabi kasalliklar bilan jiddiy shikastlangan. Halokatdan keyingi avlodda kop sonli mayib-majruhlik kuzatilgan. Falokat texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik natijasida sodir bolgan. Dengiz transport tizimlari bilan boglangan ekologik halokat- lar dengiz (okean) ekotizimlariga katta salbiy tasir korsatadi. Masalan, 1971-yilda Boltiq dengizida «Globe Asimi» tankerining halokati tufayli 16 ming t mazut okean yuzasini qamrab olgan. Shuningdek, 1989-yilda «Ekson Valdes» tankerining halokati tufayli 50 ming t, 1983-yilda «Kastilo de Belver» tankerining yonib ketishi tufayli 250 ming t, 1978-yilda «Amoki Nadis» 153 tankerining chokib ketishi tufayli 230 ming t neft okeanga «to- kilgan». Dengiz transport tizimida sodir etilgan shu kabi falo- katlar suv ekotizimlariga jiddiy ziyon yetkazgan. Òabiiy ofatlar juda katta insoniy va mod- diy yoqotishlar bilan kechadigan halokatli ekologik vaziyatlarni vujudga keltiradigan ta- biiy hodisalardir. Òabiiy ofatlar qadimdan olimlarning diqqat markazida turadi. UNESCO huzurida bu masalalar bilan shugullanadigan maxsus komissiya tuzilgan. Eng xavfli va keng tarqalgan tabiiy ofatlarga zilzila, sunami, vulqonlar otilishi, opirilish, toshqin, portana (dovul-boron, girdob, to- fon), qurgoqchilik va shu kabilar kiradi. Òabiiy ofatlar Yer evolutsiyasining tabiiy kechish jarayonini aks ettiradi. Ularning u yoki bu hududlarda paydo bolishi geo- logik, geomorfologik va iqlim ozgarishlari kabi sabablar maj- muyi bilan shartlangan boladi. Biosfera barqarorligining pasa- yishi va iqlim ozgarishlari katta miqyosli tabiiy ofatlarni kopay- tirishi mumkin. Òabiiy ofatlar kelib chiqishiga kora, ikki turga bolinadi: Yer- ning ichki energiyasi bilan boglangan endogen va Quyosh ener- giyasi va ogirlik kuchi bilan boglangan ekzogen tabiiy ofatlar. Birinchi turga zilzila, sunami va vulqonlar otilishi, ikkinchi turga opirilish, toshqin, portana (dovul-boron, girdob, tofon), qur- goqchilik va shu kabilar mansub boladi. Zilzila Yer ichki energiyasining dah- shatli korinishlaridan biri. Yer yuzasida to- satdan vujudga keladigan seysmik tolqinlar va tebranishlar halokatli ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yerda ikki eng xavfli seysmik mintaqa mavjud: birinchisi, Òinch okean qirgoqlari boylab davom etadigan «olovli halqa», ikkinchisi, Pireney yarimorolidan Malay arxipelagigacha da- vom etadi. Karpat, Qrim, Kavkaz, Oltoy, Uzoq Sharq, Saxalin, Kuril orollari, Kamchatka va Orta Osiyo, xususan, Ozbekiston birmuncha xavfli seysmik hududlarda joylashgan. Tabiiy ofatlar va ularning turlari Endogen tabiiy ofatlar 154 Zilzilalar atrof-muhitga sezilarli tasir korsatib, minglab odam- lar hayotini qurbon qilishi mumkin. Bunga juda koplab misollar mavjud. Masalan, 1976-yilda Xitoyning Òayshan shahrida sodir bolgan zilzila oqibatida 250 ming kishi, 1999-yilda Òurkiyaning shimoli- garbida, Marmar dengizi sohillari atrofida sodir bolgan zilzila oqibatida 16 ming kishi hayotdan koz yumgan, bir necha ming odam turli darajada tan jarohati olib, koplab imoratlar vayron bolgan. 1948-yilda Ashxobod (Òurkmaniston), 1966-yilda Òoshkent (Ozbekiston), 1988-yilda Spitak (Armaniston) shaharlarida ham kuchli zilzilalar roy bergan. Jumladan, Spitak zilzilasida 25 ming odam halok bolib, atrof-muhit kuchli darajada yemirilgan. Agar seysmik hodisa okean tubida roy bersa, uning yuzasida bir-biri bilan tortishadigan katta uzunlikdagi tolqinlar paydo boladi. Bu hodisa yaponcha soz bilan sunami deb ataladi. Bunda tolqinlar balandligi 1 m.dan 1520 m.gacha kotarilishi mumkin. Sunami juda katta tezlik (soatiga 8001000 km) bilan harakatlanishi mumkin. Zilzila va sunamining ekologik oqibatlari turlicha bolishi mumkin: • odamlar va hayvonlarning ommaviy nobud bolishi va shi- kastlanishi, tabiiy ekotizimlar barqarorligining buzilishi; • elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvlar tufayli yonginlar paydo Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling