O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 5111200 O‘zbek tili va adabiyoti


II-BOB O‘ZBEK FANTASTIKASI YANGI BOSQICHDA


Download 311.54 Kb.
bet7/8
Sana02.01.2022
Hajmi311.54 Kb.
#197251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yusuf karshibayev shamsiddin o`g`li

II-BOB
  • O‘ZBEK FANTASTIKASI YANGI BOSQICHDA
  • Ma’lumki, ilmiy fantastikaning shakillanishi XX asrning ikkinchi
  • yarmiga-ijtimoiy taraqqiyotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy
  • taraqqiyotning misisiz ravishda rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi. «O‘tgan
  • asr oxirida,-deb yozadi Gerbert Uells,-sehr-jodudan hech kim ajoblanmasdi,
  • hech kim unga va uning natijalariga ishonmasdi. SHunday bir vaqtda
  • hayolimga bir fikr keldi. Kitobxonni iblis yoki ko‘zboylag‘ich, sehrlar bilan
  • duch keltirish o‘rniga, agar sen ozgina hayol qila oladigan bo‘lsang, fan
  • ko‘rsatgan yo‘ldan borish mumkin. Bu katta kashfiyot emas edi. Men faqat
  • eski feteshni yangisi bilan almashtirdim, xolos. Imkoniyat darajasida uni
  • haqiqiy nazariyaga yaqinlashtirdim».
  • Jahon adabiyotida ilmiy fantastikaning yorqin namunalari Jyul Vern va
  • Gerbert Uellsgacha ham uchraydi. Xususan, Tamazzo Kampanellaning 1623
  • yilda yaratgan «Quyosh shahri», Frensis Bekonning 1627-yilda yaratgan
  • «YAngi Atlanta», Jonnaton Sviftning «Gulliverning sayohatlari» singari
  • asarlarini e’tirof etish mumkin. Bu asarlarda fan va texnika yutuqlari, ijtimoiy
  • taraqqiyot g‘oyalari tashviq etiladi. Biroq, baliiy adabiyotning bir tarmog‘i
  • sifatida, yangi mustaqil turi sifatida ilmiy fantastika J.Vern va G.Uells ijodida
  • har tomonlama taraqqiy etdi. Bu albatta, boshqa xalqlarning milliy
  • adabiyotlariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
  • Bugungi kunda o‘zbek fantastikasiga Mahkam Mahmudov, Tohir
  • Malik, Xojiakbor SHayxov, Murod Xidir, Anvar Qosimov singari yosh
  • ijodkorlar poydevor qo‘yib kelmoqdalar.
  • Ilmiy fantastik janrda yozilgan ilk asar G‘.Jahongirov qalomiga
  • mansub bo‘lib, u 1969 yil «Gulxan» jurnalining 3-sonida nashr etilgan edi.
  • 1974 yil yozuvchi Tohir Malik o‘zining fantastik hikoyalarini to‘plab
  • «Qora farishta» nomi bilan nashr ettirdi.
  • 1977 yil Toshkentda «Fan va turmush» jurnali qoshida yosh o‘zbek
  • fantas yozuvchilarining kengashi tuzilgan edi.
  • Bu davrda ham o‘zbek fantastik adabiyoti jahon adabiyotidan o‘rganish
  • bosqichida edi. SHu boisdan, u hali jahon fantastik adabiyotida asosiy
  • g‘oyalar va estetik yo‘nalishlarga tayangan holda uning yutuqlarini davom
  • ettirishi hamda rivojlantirishi zarur edi. CHunki o‘sha vaqtdagi adabiyo
  • tanqidchilar Tohir Malikning «Qora farishta» asari Aleksand Belyaevning
  • «Odam-amfibiya», «Professor Douelning boshi» asarlariga juda o‘xshab
  • ketishini ro‘kach qilib, tanqid qilgan edilar. Bu esa endigina yuzaga
  • kelayotgan o‘zbek fantastik adabiyotining tomiriga bolta urushga o‘xshar edi.
  • Har qanday san’atning umumbashariy adabiy mavzulari bo‘lganidek,
  • fantastik adabiyotning ham o‘ziga xos va o‘ziga yarasha umumboshariy
  • abadiy mavzulari bo‘lishi tabiiydir.
    • Mahkam Mahmudovning «Men-men emas» hikoyasi ham «fizik»lar va
    • «lirik»lar bahsi mavzuiga bag‘ishlangan. Asarda an’anaviy fantastik
    • kolloziya ustun. Nem o‘qiydigan San’at Akademiyasida yangi rasm
    • o‘qituvchisi Xamavining paydo bo‘lishi bilan behisob va rang-barang tabiat
    • boyliklari insoniyatni foydali mehnatdan uzoqlashtiradi, degan g‘oya
    • tarqaladi. Ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasi xam yangi inson ko‘zlarini
    • yaratadi. Bu ko‘zlar tabiatga bir xil «sovuq» qarosh standart nazar qiliga
    • qaratilgan. Nem har bir o‘quvchi ko‘zlarini ana shu «robot» ko‘zlar bilan
    • almashtirishi lozimligini eshitkan vaqtda o‘zini quyarga joy topalmay qoladi
    • va shahar chekkasidagi boqqa qanday kelib qolganinibilmaydi. Birdan dovul
    • ko‘tarilib, yomg‘ir yog‘ib momoqoldiroq gumbirlaydiva Nemni uning olov
    • nayzasi uradi... U xushiga kelganda yonidagi yosh yigitni ko‘radi. Bu uning
    • ikkinchi Meni edi.
    • Hikoyada hissiz inson qoralanadi. To‘g‘ri, Nemning eng yaxshi sifatlari
    • uning ikkinchi tomonida qolsa ham, asar yaxshilik bilan tugaydi. Nem
    • o‘zining asliga qaytadi. Asarda sevgi, yuksak his tuyg‘uli inson ulug‘lanadi.
    • O‘zbek adabiyotida yaratilgan yana qator yozuvchilarning asarlarini
    • tahlilga jalb etishimiz mumkin. Biroq, endi biz faqat Hojiakbor SHayxov
    • asarlaridan ayrimlarini tahlil etishni ma’qul ko‘rdik. CHunki Hojiokbar
    • SHayxov o‘zbek adabiyotida faqat fantast yozuvchi sifatida mashhurdir.
    • Hojiakbor SHayxov ilmiy fantastika rivojini o‘ylab,«Olmos jilosi» deb
    • nomlangan qissalar turkumini yaratdi. Bunday turkum yozishning o‘ziga
    • yarasha mashaqqatlari ma’lum. Binobarin, katta, to‘laqonli qahramon
    • obrazlari zarur. YAna boshqa ko‘p narsalarni bilish, his qilishning
    • muhimligini aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi.
    • YOzuvchi o‘z asarida kelajakka nazar tashlar ekan, fan va texnika
    • yutuqlari haqidagina to‘xtalmay, birinchi navbatda, sotsial va psixologik
    • problemalarni ilgari suradi. O‘z faoliyat maydonini koinot miqyosida
    • gengaytirgan kelajak kishisi o‘zgaradimi? Gipotetik real istiqbolda qanday
    • qiyinchaliklarga duch keladi? H.SHayxovning «Alanga» qissasi shu nuqtai
    • nazardan e’tiborga sazovor. Qissada voqealar olis Verga sayyorasida kechadi.
    • Bu erda odamlar foydali qazilmalar kovlab olish bilan mashg‘ul. Konlarning
    • birida qaltis vaziyat paydo bo‘ladi: odamlar insoniy muloqotdan qochishadi,
    • noma’lum tabiatli «mastlik» holatlariga tushishadi va hokazo. Vergaga
    • bularning sababini aniqlagani yosh fazogir Olmos Azizov yo‘l oladi. Qissa
    • o‘ziga xos detektiv janrda yozilgan, lekin bu an’anaviy detektiv emas. Olmos
    • Azizov uzoq va mashaqqatli izlanishlardan so‘ng inson ojizligini yuzaga
    • keltirgan sababning tagiga etadi.. Adib favqulodda holatlar tasviri zaminida
    • odamning yangi, g‘ayrioddiy sharoitdagi xulq-atvorimuommosini ko‘taradi.
    • Kelajakda ochiladigan ilmiy kashfiyotlar har bir odamga olis fazoga sayohat
    • qilish imkonini beradi. Fazogirlarni uzoq yillar tayyorlash, insonning
    • jismoniy va psixik salomatligiga talabchanlik va qat’iy tekshiruvlar bekor
    • qilinadi. Ammo, kosmos hamisha o‘z tilsimlariga egaki, ularning inson
    • organizmiga ta’sirini avvaldan aytib bo‘lmaydi. Insoniyat qanchalik
    • mukammallik va kamolot sari intilmasin, uning saflarida baribir irodasi
    • kuchli odamlar bilan birga ruhan ojizlar ham mavjud bo‘lib qolaveradi.
    • Boshqa sayyoralardagi sharoit esa, ayrim odamlarda allaqachon yo‘qolib
    • ketgan salbiy instinkt va odatlarni qayta uyg‘otishi mumkin. Bu xildagi
    • tasodifiy holatlarga qarshi inson qanday kurashishikerak? Qissa markaziga
    • qo‘yilgan konfliktning hozirgi real voqeligimizga ham, shubhasiz, aloqasi
    • bor: Erdagi odamzot hayoti avloddan-avlodga yaxshilanib borayotir, texnika
    • insonni og‘ir ishlardan ozod qilyapti, fan hayotimizga tobora chuqurroq
    • tarmoq yozib, meditsina umrimizni uzaytiryapti, dori-darmonlar esa mushkul
    • dardlardan xalos etyapti.. Lekin bu jarayonning akstamoni ham yo‘q emas.
    • Hayotda uchraydigan har qanday qiyinchiliklarga inson organizmi ilgari ko‘p
    • darajada moslashgan bo‘lsa, endi ana shu qiyinchiliklarga qarshilik qobiliyati
    • susayib boryapti. Mazkur problemaning shu kunlarimiz uchun ham xarakterli
    • ekani har holda isbottalab gap emas. H.SHayxovning «Alanga» qissasining
    • dolzarbligi ham, bizningcha, mana shunda.
    • Biz ishimizda «Olmos jilosi»ga kirgan barcha qissalarni batafsil tahlil
    • qilib bermoqchi emasman. Bunday qilish o‘quvchilarni asarning o‘tkir
    • syujeti, qiziq taqdirli qahramonlari bilan yakkama-yakka uchrashish baxtidan
    • mahrum etishday bir gap. «Olmos jilosi» kitobida ilmiy farazlar, notanish
    • sayyoralar, jumboqlar tasviri istagancha toriladi. Lekin adib ana shu tasvirlar
    • ichida qo‘milib qolmaydi. YOzuvchini birinchi navbatda qahramonlarning
    • ruhiy-axloqiy olami, ularning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy
    • muammolar qiziqtiradi. SHu ma’noda fazogir Olmos Azizovning insoniy
    • istiroblari, ezgulik yo‘lida olib borgan intilishlari va kurashlari o‘quvchini
    • loqayd qoldirmaydi.
    • Verga sayyorasida nur tarqatuvchi maxluqotlar yashashi, Reyadagi
    • «qora-qurtlar» - qora toshlarda ongli hayot izlarining bor yoki yo‘qligi
    • masalasi va nihoyat, «qora tuynuk» muammosi - bularning barchasi ishchini
    • ham, talabani ham, tadbirkorni ham, olimni ham bab-baravar qiziqtiradi.
    • Adib nima haqda hikoya qilmasin, Verga, Reya planetalarining paydo
    • bo‘lishi haqidami yoki ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, qora ilonlar, qora
    • toshlar haqidami, yangi-yangi ilmiy gipotezalar o‘rtaga tashlanadi. Lekin bu
    • tasvirlarning barchasi qahramonlar ongi, tushunchasi, ularning ruhiy-ma’naiy
    • olami orqali o‘tadi.
    • Umuman, ilmiy-fantastik adabiyotda eng qiyin nuqtalardan biri tahlil
    • bilan ruhiy tahlilning o‘zaro dialektik birlikda tasvir qilinishi masalasidir.
    • Hojiakbar SHayxovning «Olmos jilosi» deb nomlangan ilmiy-fantastik
    • qissalar turkumida ana shu uyg‘unlik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
    • Asarda munozarabop o‘rinlar ham yo‘q emas. Lekin asosiy gap
    • shundaki, adib bu kitobi bilan inson hamisha inson, u hech qachon davr,
    • jamiyat oldidagi yuksak grajdanlik burchini unutmasligi kerak, degan g‘oyani
    • badiiy ifoda qilib bera olgan.
    • Ma’lumki, Islom dini o‘zbek xalqi ma’naviy birligining asoslaridan.
    • Biroq islom dingina emas, madaniyat, ma’naviyat va hayot tarzining uzviy
    • qismi ham. Uning mag‘zida taraqqiyot imkonitlari, ijodiy quvvat va mutassil
    • harakatning katta kuchi yashirin. Islom qadriyatlari - o‘lmas qadriyatlar.
    • Islomda abadiy g‘oyalar barqarorligining bir siri shundaki, bu din asrlar
    • mobaynida umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiramujassamlashtira ravnaq topib kelyapti. Bundan tashqari Qur’oni Karimning
    • o‘zi olamiy fikr va umuminsoniylikni, individuallik va umumiylikni aks
    • ettiradi.
    • XX asr o‘rtalariga kelib butun dunyoda fantastik adabiyot gurillab avj ola
    • boshladi. SHunisi kishini mamnun qiladiki, o‘zbek adabiyoti ham va bu
    • jarayondan chetda qolgani yo‘q. Biroz kechikib bo‘lsa xam, ya’ni 60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlaridan ilmiy-fantastik janr o‘zbek
    • adabiyotida xam o‘z qonuniyatlariga, o‘z spetsifikasiga ega bo‘lgan mutlaqo
    • mustaqil janr sifatida shakllana boshladi.
    • Bugungi nasrimizdagi yangi jarayonlar, ma’naviy, shakliy-uslubiy
    • izlanishlar ko‘proq roman janrida namayon bo‘layotir. Ayniqsa, so‘z
    • san’atining o‘zak masalasi-insonni anglash, inson tabiatining, qalbining
    • tushunish-tushuntirish qiyin bo‘lgan sir-sinoatlarini taftish etish, eng muhim,
    • bu borada odatdagi andozalardan qochib, yangi yo‘llari axtarish etakchi
    • tamoyiliga aylanib borayotir.
    • 1996 yili jurnallarda yoki to‘la kitob holida chiqqan SHukur Xolmirzaning
    • “Dinozavr”, Abbos Saidning “Besh kunlik dunyo” SHoyim Bo‘taevning
    • “Qurg‘onlangan oy”, Oman muxtorning “Ffu”, “Ayollar mamlakati va
    • saltanati”, Erkin Samandarning “Tangri qudug‘i” asarlari har biri jiddiy bahs
    • munozaralar, ilmiy mushohoda, tahillar uchun materiallar bera oladi.
    • “Dinozavr” romani mavzu-materiali, mazmunin darijasi jihatidan
    • zamonaviy asar unda shu kunning nafasi ufurib turibdi, mamlakatdagi,
    • jarayonida odamlar hayoti, tabiati ruhiyati, taqdirida, o‘zaro munosabatlarida
    • yuz berayotgan o‘zgarish, evrimishlar qalamiga olinadi, odamlarning shu
    • kungi kayfiyati bamisoli ko‘zuga solib ko‘rsatiladi. Dadil aytish mumkinki,
    • hozirgi tub burilish asnosidagi odamlar ruhiyatidagi evrilishlar, ularning
    • kayfiyati o‘zbek adabiyotida ilk bor “Dinozavr” orqali roman ko‘zgusida o‘z
    • aksini topdi.
    • “Dinozavr” muallifi dolzarb mavzuni qalamga olgan ekan, bu bilan
    • o‘tmishda bo‘lganidek hozirgi ijtimoiy jarayonlarda shunchasi munosabat
    • bildirish, nimanidir tasdiqlash, ulug‘lash yoki nimanidir rad etish, qoralashni
    • o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan emas, balki so‘z san’atining asl tabiati,
    • maqsadi, vazifasidan kelib chiqqan holda, inson jumbog‘i, aniqrog‘i, inson
    • tabiati, ruhiyatining tufa jilvalari yangi qirralari, nag‘malari, sir-sinoati bilan
    • qiziqadi.
    • «Tutash olamlar» Xojiakbar SHayxovning katta epik ko‘lamli asari. Bu
    • asar bugungi adabiyotimiz uchun yangilik. Uning yangiligi shundaki, bu asar
    • o‘zbek nasridagi birinchi mistik-fantastik roman. To‘g‘rirog‘i, adibning o‘zi
    • bu asarini «mistik-fantastik roman» deb nomlagan. Roman eng munozarali va
    • eng qiziqarli muammolardan biriga bag‘ishlangan. Insonning tabiati hayoti
    • qanaqa - inson vafot etishi bilan uning hayoti tugaydimi yohud u boshqa
    • shakllarda, boshqa tarzda qayta tug‘ilib, yashashda davom etadimi? Inson
    • jismi bilan ruhiyati o‘rtasida qanday munosabatlar bor? Umuman, moddiy
    • dunyo bilan ruhiyat dunyosi o‘rtasidagi aloqalar qanaqa? Arvohlar, iblis va
    • uning malaylari, turli-tuman ajinalar bor narsami yo faqat mevasimi?
    • Ehtimol, moddiyunchilik suyak-suyaklariga singib ketgan ba’zi birovlarga
    • bunday savollar juda jo‘n va hatto noo‘rin ko‘rinishi mumkin. Lekin jahaon
    • adabiyotida bunday muammolar ko‘p asrlardan beri diqqatni jalb qilib
    • kelgan. Hatto, Dante yoki Gyotega o‘xshash daho san’atkorlar ham bu
    • masala atrofida umr buyi bosh qotirganlar. Sobiq sovet adabiyotida esa bu
    • masalalar haqida yozish qat’iyan ta’qiqlangan edi. Mana, mustaqillik
    • sharofati bilan bunday cheklashlar bekor bo‘ldi va birinchi shunday roman
    • qo‘limizga etib keldi.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling