Referat Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari Bajardi: sbia-70K/22 N. Komulov Reja


Download 0.87 Mb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1011552
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun -qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.
Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o’rganishda qo’llaniladigan nazariy tuchunchalar bo’lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Kategoriyalar – ilmiy fikrlash mahsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tuchunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko’pchilik yigilib savdo qilinadigan joyni tushunadi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya‘ni kishilar o’rtasida oldi-sotdi munosabatlari anglanadi. Nazariyada kategoriyalar guruhlarga bo’linib o’rganiladi:

Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisalarning belgilari umumlashtirish asosida qonunlarda ta‘riflanadi. Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o’rtasidagi muhim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sababoqibat, aloqa bog’lanishlaridir.



Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik bilimdan abstraksiyaga o’tib, nazariy xulosalar chiqarish, so’ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o’tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo’llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga o’tiladi. Bunda olg’a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko’riladi. Har ikkala usul birbirini to’ldiradi.




Iqtisodiy tahlil - amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, insonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o'mini topganidan dalolat beradi. Shu sababli iqtisodiy tahlil o‘z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat: - doimo harakat; - o‘zaro aloqa va o‘zaro bog'liqlik; - sabab-oqibat; - koordinatsiya va subkoordinatsiya; - qarama-qarshilik; - miqdor o'zgarishidan sifat o'zgarishi; - inkomi-inkor va boshqalar. Ushbu tamoyillar asosida tahlil obyektni ham tizimli, ham kompleks tarzda o'rganib, u bo'yicha zarur qonunlar, qoidalar va o'ziga xos jihatlami aniqlaydi. Amaliyot uchun iqtisodiy tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqea-hodisalar dinamikasini o'rganadi. Bu jarayonda mazkur fan - tadqiq qilish mumkin boigan obyektiv reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomon hamda jihatlarga ko'ra boshqalar bilan bevosita va bilvosita bogiiq boigan holda, doimo harakatda, o'zgarishda deb qaraydi. Iqtisodiy hodisalaming bir-birlariga bogiiqligini, o'zaro harakatlarini, alohida shaklda yuzaga chiqishini va boshqa tomonlarini o'rganmasdan turib, ulaming tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o'rganib boimaydi. Bu esa muayyan iqtisodiy obyektni muhim belgilarga ko'ra boiaklarga boiib, so'ngra ulaming umumiyligini ta’minlovchi jihatlarini tahlil yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda foydalanishda juda muhimdir
Bir butun obyektni fikran bo‘laklarga boiib o‘rganish tahlilda o‘ta ahamiyatli tadqiqot usuli boiib hisoblanadi. Mazkur usul o'rganilayotgan hodisani ichki mohiyatini ochishda va uni turli omillarga bog'- liqligini aniqlashda juda muhim dir. Bunday fikrlashda falsafaning abstrakt usul-uslublaridan keng foydalaniladi. Tahlilda bir butun hodisa yoki predmet boiaklarga boiinib, uning har bir alohida tomonlari o'rganiladi. Lekin bu bilan o'rganilayotgan obyektni to'la m a’noda tavsiflab boimaydi. Buning uchun obyektni o'rganilayotgan tomonlarini umumlashtirib, umumiy jihatlami hosil qilish kerak. Mazkur masala esa sintez usuli bilan amalga oshiriladi
Faktlar tahlilidan nazariy sintezga o'tish induksiya va deduksiya metodlari yordamida amalga oshiriladi. Induksiya - alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya’ni qonunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalami aks ettiradigan) o'tish usulidir. Deduksiya - fikrlami umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usulidir. Bunda, umumiy tasnifdagi qonunlar, bog'liqliklar xususiy tasnifga o'tkaziladi.
Bilish - falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘Iib, u obyektiv borliqni inson ongida aks etishini o‘rgatadi. Avvalo, mazkur nazariyada bilishning obyekti va subyekti tushunchasi aniqlanadi. Birinchi tushuncha mazmuni bevosita obyektiv xatti-harakat, amaliyot, insonning moddiy faoliyati, ya’ni jamiyat rivojlanishining asosini tashkil etuvchi shaxslardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat, ya’ni bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslardan tashkil topadi. Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini va haqqoniyligini ta’minlaydi. Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari - moddiy buyumlashgan. ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning obyekti hisoblanadi. Zamonaviy fanlaming usul va uslublarini umiunlashtirib aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: analiz va sintez, eksprement, modellashtirish. Та’kidiash kerakki, bulaming barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradiganlar - shaxslardir, ya’ni mutaxassislardir Ular mohiyatiga ko‘ra barcha holatlami yuqori darajada analiz-sintez etadigan fikrlash qobiliyatiga egadirlar, Fikrlash ijodiy jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalami o‘z ichiga oladi. Obyektiv reallik: hodisalar, buyumlar, munosabatlar, ko‘rsatkichlar o‘z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi, guruhlarga ajratiladi hamda fikrlash vositasida muayyan tushunchani hosil qiladi. Hukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Tahlil etilgan jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi. Aytilganlardan m a’lum boimoqdaki, bilish nazariyasi orqali o‘rganilayotgan borliqning muayyan obyekti to‘g‘risida ishonchli va haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Barcha tarmoq fanlarining uslubiy asosi sifatida bilish nazariyasi iqtisodiy tahlilning ham mohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi.
Bilishning subyekti boigan inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib, ulaming natijalari to'g'risida m aium otlar olinadi, ya’ni faktlar to'planadi. M aiumki, fanda voqealar bevosita o'zi tahlil etilmaydi, balki ular qayd etilgan faktlar bo'yicha o'rganiladi. Emperik bilishlar bo'yicha qayd etilgan faktlar fanga kiradi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Lekin inson tomonidan qayd etilgan faktlar bir butun voqea yoki predmetni o'rganish uchun yetarli hisoblanmaydi. Buning uchun o'rganilayotgan obyekt muayyan belgilar bo'yicha guruhlar va yoki boiaklarga ajratilishi zarur. Bulardan ma’lum bo‘1moqdaki, aniq obyekt to'g'risida ilmiy faktlar to‘plash, ulami tahlil qilishdan boshlanar ekan. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, tahlil, jamiyat yoki tabiatdagi voqea va hodisalami o'rganish usuli bo‘lib yuzaga chiqadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy, ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rt asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling