Фонетика ва графика асосларини ўрганишда педагогик технологияларни қЎллаш


-chi, -vchi, -uvchi, -dosh, -kor, -zor, -shunos


Download 314 Kb.
bet19/31
Sana17.02.2023
Hajmi314 Kb.
#1206636
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
она тили китобча

-chi, -vchi, -uvchi, -dosh, -kor, -zor, -shunos qo’shimchalarning ma`no va vazifalarini izohlash hamda bu qo’shimchalar yordamida yangi so’zlar hosil qilish;

keng iste`moldagi juft shaxs otlari (fazogir-uchuvchi, muhandis-pedagog va h. k.) ro’yxatini tuzish;

shaxs otlari ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish kabi amaliy ishlardan foydalanish ko’zda tutiladi

“Qavm- qarindoshlikn1i ifodalovchi otlar” mavzuini o’rganishda esa:

- so’zlarni qon-qarindoshlik yoki nikoh qarindoshligi munosabatlarini ifodalashga ko’ra ikki guruhga ajratish, hosil bo’lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish;

- qarindoshlik nomlari lug’ati ustida ishlash va ularning ma`nolarini sharhlash;

- qarindoshlik nomlarini ko’chma ma`noda qo’llash;

- qavm-qarindoshlikni ifodalovchi so’zlar yordamida gaplar tuzish va matnlar yaratish kabi amaliy ishlardan foydalanishni maqsadga muvoifiq deb bilamiz.

“Fe`llarning ma`no guruhlari” mavzuini o’rganishda:

- berilgan fe`llarni ma`nolariga ko’ra: 1) murur (yurish, bir joydan ikkinchi joyga o’tish) fe`llari, 2) natijali faoliyat fe`llari, 3) nutq fe`llari, 4) holat fe`llari kabi ma`no guruhlariga ajratish va ularning har biriga alohida –alohida to’xtalib, bir qator amaliy ishlarni bajarish ko’zda tutiladi. Jumladan, “Murur fe`llari”ni o’rganishda:

- berilgan murur fe`llari guruhini to’ldirish, murur fe`llari ishtirokida matn yaratish, murur fe`llariningma`no nozikliklari (intilmoq-imillamoq –qimirlamoq- siljimoq –sudralmoq –yurmoq –chopmoq –yelmoq va h. k.) ustida ishlash;

- markazida (kesimda) murur fe`llari kelgan gaplarda eganing go’nalish, chiqish va o’rin- payt kelishiklarida kelgan hollarning ma`nolarini aniqlash;

- lug’atlardan foydalanib, murur fe`llari ro’yxatini tuzish.

“Natijali faoliyat fe`llari”ni o’rganishda:

- berilgan natijali faoliyat fe`llarini uyadosh va ma`nodoshlar bilan to’ldirish; bu fe`llarning ma`no nozikliklari (masalan, tuzmoq- yasamoq –qurmoq –bunyod etmoq –paydo qilmoq –tartib bermoq –yuzaga keltirmoq –hosil qilmoq va h. k.; buzmoq –sindirmoq –yiqitmoq –vayron qilmoq –xarob qilmoq –yo’q qilmoq –nes –nobud qilmoq –yelga sovurmoq va h.k.) ustida ishlash;

- markazida natijali faoliyat fe`llari kelgan gaplarda eganing, tushum, jo’nalish, chiqish, o’rin-payt kelishiklarida kelgan to’ldiruvchi va hollarning ma`nolari ustida ishlash;

- lug’atdan foydalanib, natijali faoliyat fe`llarining ro’yxatini tuzish.

“Holat fe`llari”ni o’rganishda:

- berilgan fe`llarga (masalan, turmoq, qizarmoq, uxlamoq, tug’ilmoq va h.k.) uyadoshlar va ma`nodoshlar topish; ularning ma`no noziklari (masalan, tug’ilmoq- olamga kelmoq –dunyoga kelmoq- paydo bo’lmoq –vujudga kelmoq va h.k.) ustida ishlash;

- lug’atdan foydalanib, holat fe`llari ro’yxatini tuzish;

- fe`llarining ma`no guruhlaridan foydalanib, “Quyosh va tabiat”, “Suv va hayot” kabi mavzularda matn yaratish; xabarnoma yozish kabi amaliy ishlarni bajarish ko’zda tutiladi.

So’z turkumlarining bu kabi ma`no guruhlarini o’rganish o’quvchilar nutqining o’sishiga samarali ta`sir ko’rsatadi.

4. Morfologik–uslubiy malakalar ustida ishlash. Morfologiyadan o’rganilgan bilimlarning foydalilik darajasi so’z turkumlarining mavjud imkoniyatlaridan nutqda foydalanish bilan belgilanadi. Bu ishni, o’z-o’zidan ravshanki, morfologik-uslubiy malakalarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. 

Morfologik-uslubiy malakalarni shakllantirishda har bir so’z turkumi muhim o’rin egallaydi. Jumladan, “Ot” so’z turkumining uslubiy xususiyatlari avvalo ulardagi ko’plik, egalik, kelishik qo’shimchalari va so’zlovchining o’z nutqiga munosabatini bildiruvchi shakllarda namoyon bo’ladi. 



O’quvchilarni otlardagi ko’plik qo’shimchasining uslubiy xususiyatlari bilan tanishtirish nutqning o’sishida muhim rol o’ynaydi.


Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling