Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


-§. Fuqarolar yig‘ini huzuridagi taftish komissiyasi faoliyatini tashkil etish


Download 145.65 Kb.
bet10/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

2-§. Fuqarolar yig‘ini huzuridagi taftish komissiyasi faoliyatini tashkil etish
55. Fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovidan so‘ng bir oy ichida Taftish komissiyasini tuzadi, Taftish komissiya a’zolari va raisini saylaydi.
Taftish komissiyasi a’zolari va raisini saylash uchun nomzodlar fuqarolar yig‘ini (raisi) tomonidan taqdim etiladi.
Taftish komissiyasi tarkibiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.
Ovoz berish Taftish komissiyasi a’zoligiga har bir nomzod bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini (raisi) tomonidan taqdim etilgan nomzod saylanmagan taqdirda, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan shu kunning o‘zida fuqarolar yig‘ini a’zolari orasidan uning o‘rniga boshqa nomzod taqdim etiladi va belgilangan tartibda saylanadi.
Taftish komissiyasi raisi va uning a’zolari besh yil muddatga saylanadi.
Taftish komissiyasi a’zolarining soni toq bo‘lishi kerak.
56. Taftish komissiyasi raisi yoki a’zosi quyidagi hollarda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ning qarori bilan Taftish komissiya tarkibidan chiqariladi:
o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
ushbu nizomda nazarda tutilgan o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;
Taftish komissiyasi faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yig‘ini majlislarida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) uzrli sabablarsiz muntazam ravishda uch yoki undan ortiq marta ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;
fuqarolar yig‘inining obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar, nojo‘ya ishlar sodir etganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
doimiy yoki asosan yashash joyi o‘zgarganda;
sog‘lig‘ining holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda;
vafot etgan taqdirda.
Taftish komissiyasi raisi yoki a’zosi Taftish komissiyasi tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) bir oy muddat ichida Taftish komissiyasining yangi raisi yoki a’zosini saylaydi.
57. Taftish komissiyasining majlisi unda Taftish komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Taftish komissiyasining har bir a’zosi bitta ovozga ega.
Taftish komissiyasining dalolatnomalari va xulosalari majlisda qatnashayotganlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi. Ovozlar teng bo‘lganda Taftish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Taftish komissiyasi a’zolari Taftish komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmaganda majlis bayonnomasida alohida fikrlarini qayd ettirishga va ularni fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillari yig‘ilishiga), fuqarolar yig‘ini kengashiga yetkazishga haqlidirlar.
58. Taftish komissiyasi raisi:
Taftish komissiyasi majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;
Taftish komissiyasining joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida Taftish komissiyasi nomidan vakil bo‘ladi;
Taftish komissiyasi nomidan chiqariladigan hujjatlarni imzolaydi;
Yilning har choragida bir marta amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobot beradi.
59. Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organlarining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling