3-§. Taftish komissiyasining xulosasi
60. Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘ini moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari asosida quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosa tayyorlaydi:
hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchli va to‘g‘ri ekanligiga berilgan baho;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi holatlari, shuningdek, qonunbuzilishi faktlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar.
61. Taftish komissiyasi xulosasi Taftish komissiyasining raisi va a’zolari, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va fuqarolar yig‘ini buxgalteriya hisobini yuritish uchun fuqarolar yig‘ini raisi tavsiyasi asosida fuqarolar yig‘ini kengashining qarori bilan belgilangan mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi.
62. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki buxgalteriya hisobini yuritish uchun mas’ul shaxs Taftish komissiyasi xulosasi bo‘yicha e’tiroz bildirgan taqdirda, xulosaga imzo qo‘yish bilan bir vaqtda o‘z e’tirozini ilova qilishi mumkin.
63. Tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan xulosaga nisbatan bildirilgan e’tirozlar bo‘yicha Taftish komissiyasi o‘z fikrini bildiradi.
64. Taftish komissiyasi hisoboti fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) ko‘rib chiqilmagungacha uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
65. Taftish komissiyasini tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish, tegishli fuqarolar yig‘ini birlashtirilganda, bo‘linganda, tugatilganda va chegaralari o‘zgartirilganda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
66. Komissiyalarni tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yig‘ini birlashtirilganda, bo‘linganda, tugatilganda va chegaralari o‘zgartirilganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
67. Ushbu Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Shoyimbek maxalla fuqarolar yig‘ini
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil vakillar yig‘ilishining 2022 yil “21”
18 iyundagi 380-son qarori bilan yanvardagi 01/01-03/4-sonli qaroriga
tasdiqlangan. 2-ilova.
Do'stlaringiz bilan baham: |