Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


Fuqarolar yig‘ini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari to‘g‘risida


Download 145.65 Kb.
bet12/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

Fuqarolar yig‘ini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Namunaviy nizom fuqarolar yig‘ini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalarining (keyingi o‘rinlarda — jamoatchilik tuzilmalari) maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamoatchilik tuzilmalari o‘z faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar yig‘ini xodimlari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashuvchi boshqa jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi.
3. Fuqarolar yig‘inlarida quyidagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:
«Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi;
«Ayollar maslahat kengashi»;
«Keksalar maslahati» guruhi.
4. Jamoatchilik tuzilmalari qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega. Jamoatchilik tuzilmalarining nizomi fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori bilan tasdiqlanadi.
5. Jamoatchilik tuzilmalari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida oshkoralik, kollegiallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoat fikrini hisobga olish tamoyillariga rioya etgan holda amalga oshiradi.
2-bob. «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasining faoliyatini tashkil etish
1-§. «Ota-onalar universiteti»ning maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
6. «Ota-onalar universiteti» (keyingi o‘rinlarda — Universitet) ushbu Namunaviy nizomga muvofiq oilaviy munosabatlarda har xil muammolarga duch kelayotgan mahalla hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda yuzaga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshiradi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Universitetning maqsadi mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasiga oid masalalarda ota-onalarning malakasini oshirishda yordam berish, bu borada oilalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish ishlarini yanada takomillashtirishdan iborat.
7. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
farzand tarbiyasiga yetarli e’tibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mahalladagi oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olishga ko‘maklashish;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
farzand tarbiyasi jarayonida ota-onalarga yordam ko‘rsatish;
oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashga ko‘maklashish.
8. Universitet quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;
oilalar va muayyan shaxslarga yordam berish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va ish jarayonida unga o‘zgartirish kiritish;
Universitet tomonidan tashkil etiladigan mashg‘ulotlar rejasini tuzish, zaruratga ko‘ra uni takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyat yo‘nalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, fuqarolar yig‘ini kengashiga taqdim etish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tadbir va mashg‘ulotlarga davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, malakali mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Universitet mashg‘ulotlarini mahalla hududida olib borilgan jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma materiallaridan, «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijalaridan, statistik ma’lumotlardan, ommaviy axborot vositalarida yoritilgan maqolalardan, namunali oilalarning tajribalaridan va shu kabi yo‘nalishlarda hayotiy misollardan foydalangan holda tashkil etish.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
9. Universitet quyidagilarga majbur:
o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizom talablariga qat’iy rioya qilish;
oilalar va mahallalardagi ma’naviy-axloqiy muhit barqarorligining buzilishi, shu jumladan, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
ota-onalar bilan ishlash va farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha fuqarolar yig‘ini hayotida, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashining qarorlarini, shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni amaliyotga tatbiq etishda faol ishtirok etish;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Universitet mashg‘ulotlari va targ‘ibot tadbirlarini samarali hamda maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalardan kelib chiqib turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan, huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarning ota-onalari bilan tizimli ishlarni tashkil etish;
fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklari poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to‘g‘risida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi va fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Universitet a’zolariga ayon bo‘lgan shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik.

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling