G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasi 
V
azirlar
 Mahkamasi


134
1. O‘zbekiston Respublikasida qanday ijro organlari mavjud?
2. Vazirlar Mahkamasi tarkibi qanday tuziladi?
3. Respublika hukumatining asosiy vakolatlarini sanab bering. 
4. Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis bilan o‘zaro aloqasi qanday amalga oshi-
riladi?
5. Ijro hokimiyati organlarining asosiy vazifasini aytib bering.
21-§. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI
 
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
haqida;
– hokimlar vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlari haqida;

Xalq deputatlari Kengashi faoliyati to‘g‘risida bilib olasiz.
1. Xalq deputatlari Kengashi.
2. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari faoliyati.
1. XALQ DEPUTATLARI KENGASHI
Markaziy hokimiyat organlaridan farqli ravishda, mahalliy hokimiyat 
organlari ijtimoiy muammolarni mintaqaviy darajada hal etadi. Ular jamiyat 
hayotining turli sohalaridagi muammolarni bevosita hal etgan holda ijro 
hokimiyatining qonunlari va normativ aktlarini amalga oshiradi. Hokimiyat 
organlari joylarda xalq farovonligini ta’minlash va davlat oldida turgan 
muhim vazifalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hokimiyat vakillik organlari 
Xalq deputatlari Kengashi sanaladi. Ularning faoliyati mintaqadagi aholi 
ha yotining turli tomonlariga tegishli vazifalar va muammolarni hal etishga 
yo‘naltirilgan. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hududlaridagi vakillik va ijro 
hokimiyatini hokim boshqaradi. Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar 
hokimi Prezident va tegishli Xalq deputatlari Kengashiga hisobot berishga 
burchli.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling