G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘TKAZISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
saylovlar to‘g‘risida”gi va “Viloyat, tuman va shahar kengashiga saylov 
to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofi q saylov jarayonlari quyidagi bosqichlar-
dan iborat bo‘ladi: 
1. Saylov sanasini belgilash.
2. Markaziy saylov komissiyasini tashkil etish.
3. Saylov okruglari, uchastkalarini tuzish. 
4. Saylov komissiyasini tuzush.
5. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish.
6. Deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatish va ro‘yxatga olish.
7. Saylovoldi targ‘iboti.
8. Saylovchilar ro‘yxatini tuzish.
9. Saylovchilar byulletenini tayyorlash.
10. Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash. 
11. Deputatlarni ro‘yxatga olish va saylov natijalarini e’lon qilish.
12. Nomzodlar yetarli miqdorda ovoz ololmagan saylov uchastkalarida 
qayta saylov o‘tkazish.
Prezidentlikka hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi va Oliy Majlis 
Senati a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Davlat boshlig‘i va mamlakat oliy organ-
lari deputatlari va senatorlari saylandi, ya’ni saylov uchastkalariga kelganlarning 
ko‘pchiligi ular uchun ovoz berdi.
Sizningcha, ana shu ko‘pchilik jumlasiga kiruvchi saylovchi siyosiy jihatdan qan-
day o‘ringa ega?
Albatta, aksariyat hollarda bu odam mamlakat siyosiy hayotini diqqat 
bilan kuzatib boradi. Hokimiyat tepasida kim turganligi va o‘zi yashab 
Topshiriq


163
turgan mamlakat kelajagi qanday bo‘lishi unga baribir bo‘lmaganligi uchun 
ham shunday qiladi.
Negaki, huquqiy davlat barpo etish tajribasi mamlakat qonun chiqa-
ruvchi organiga va joylardagi hokimiyat vakillik organlariga ko‘p narsa 
bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Deputatlar va senatorlar qonunlarni 
tayyorlaydilar va tasdiqlaydilar, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amal-
ga oshi 
radilar, mamlakat budjetini muhokama qiladilar va tasdiqlaydilar
ijro etuvchi hokimiyatning eng mas’ul vakillarini lavozimiga tasdiqlaydilar, 
Konstitutsiya, qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari ro‘yobga chiqarilishida ko‘mak beradilar.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling