G. M. Tansikbayeva, V. A
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddadan
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni, 5-modda.
- Asosiy qonun belgilaydi Qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddadan.
Saylovchilar ularning familiyalari ro‘yxatlarga kiritilganiga hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotlar soxtalashtirilmaganiga ishonch hosil qilishlari uchun saylov uchastkalarida saylovchilarning ro‘yxatlari ular tanishib chi- qishlari uchun osib qo‘yiladi. Tenglik prinsipi har bir saylovchining ovozi teng kuchga ega ekanligini anglatadi. Yashirinlik prinsipi saylovchiga qandaydir chetdan nazoratsiz va begonalarning ishtirokisiz ovoz berishni kafolatlaydi. Ovoz berish sirini ta’minlash maqsadida saylovchi maxsus tayyorlangan kabinaga kiradi, saylov byulletenini to‘lg‘azadi, ya’ni o‘zi qarshi ovoz beradigan nom- zodlar familiyasi ustiga chizadi va uni o‘zi qo‘li bilan saylov qutisiga tushiradi. Oliy Majlis deputatlari saylovida ovoz berish erkin va yashirindir. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi bildirilishi ustidan nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni, 5-modda. Ochiqlik prinsipi saylov vaqtida qoidabuzarlik imkoniyatini cheklaydi, ovozlar sanalayotganda va rasmiy natijalarni e’lon qilayotganda halollik bo‘lishini ta’minlaydi. Asosiy qonun belgilaydi Qonun belgilaydi 160 4. SAYLOVLAR O‘TKAZILISHI USTIDAN NAZORAT Saylov kampaniyasida saylovlar ustidan nazorat qilish imkoniyati muhim masaladir. Bu narsa ular qanchalik demokratik tarzda, halol va to‘g‘ri o‘tkazilganini baholash imkonini beradi. Ham chet ellik, ham mahalliy kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov o‘tkazilayotgan davlatning nufuzini oshirishi mumkin, ayni mahalda bunda kuzatuvchilar saylov jarayoniga aralashmaydilar, balki faqat unga mustaqil baho beradilar, xolos. Saylovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishdagi barcha tadbirlarda, shu- ningdek, ovoz berish xonalarida saylov kunida va ovozlar sanalayotganda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi, mat- buot, televideniye va radiodan vakillar, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilot- lar va harakatlardan kuzatuvchilar ishtirok etishga haqlidirlar. Saylov faqat siyosiy partiyalar yoki guruhlar qarashlarini emas, butun xalq manfaatlarini ko‘zlab o‘tkazilishi lozim. Har bir fuqaro agar o‘zi ovoz bermagan nomzod hukumat tepasiga kelgan taqdirda ham, huquqlari va manfaatlari himoya qilinishiga ishonch hosil qilishi lozim. Siz qanday hisoblaysiz? 1. Nima deb o‘ylaysiz, garchi inson 16 yoshda pasport olsa ham, saylovlarda 18 yoshdan boshlab ishtirok etadi, jinoiy javobgarlik esa ba’zi hollarda 13 yosh- dan boshlanadi? 2. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarini istisno qilganda, hukumat a’zolari, Bosh prokuror va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari, vazir- liklar, idoralar rahbarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxs- lari nima uchun deputat etib saylangan taqdirda egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida ariza berish sharti bilan Oliy Majlis deputatligiga nomzod si- fatida ro‘yxatga olinadi? 3. Nega hokimiyatning davlat organlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonu- niga saylovlarga kelmaganlik uchun jinoiy javobgarlik haqidagi qoida kiritil- magan? Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling