G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddadan


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddadan.
Saylovchilar ularning familiyalari ro‘yxatlarga kiritilganiga hamda 
o‘zlari haqidagi ma’lumotlar soxtalashtirilmaganiga ishonch hosil qilishlari 
uchun saylov uchastkalarida saylovchilarning ro‘yxatlari ular tanishib chi-
qishlari uchun osib qo‘yiladi.
Tenglik prinsipi har bir saylovchining ovozi teng kuchga ega ekanligini 
anglatadi.
Yashirinlik prinsipi saylovchiga qandaydir chetdan nazoratsiz va 
begonalarning ishtirokisiz ovoz berishni kafolatlaydi. Ovoz berish sirini 
ta’minlash maqsadida saylovchi maxsus tayyorlangan kabinaga kiradi, 
saylov byulletenini to‘lg‘azadi, ya’ni o‘zi qarshi ovoz beradigan nom-
zodlar familiyasi ustiga chizadi va uni o‘zi qo‘li bilan saylov qutisiga 
tushiradi.
Oliy Majlis deputatlari saylovida ovoz berish erkin va yashirindir. Ovoz 
beruvchilarning xohish-irodasi bildirilishi ustidan nazorat qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
saylov to‘g‘risida”gi Qonuni, 5-modda.
Ochiqlik prinsipi saylov vaqtida qoidabuzarlik imkoniyatini cheklaydi, 
ovozlar sanalayotganda va rasmiy natijalarni e’lon qilayotganda halollik 
bo‘lishini ta’minlaydi.
Asosiy qonun belgilaydi
Qonun belgilaydi


160
4. SAYLOVLAR O‘TKAZILISHI USTIDAN NAZORAT
Saylov kampaniyasida saylovlar ustidan nazorat qilish imkoniyati 
muhim masaladir. Bu narsa ular qanchalik demokratik tarzda, halol va 
to‘g‘ri o‘tkazilganini baholash imkonini beradi.
Ham chet ellik, ham mahalliy kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov 
o‘tkazilayotgan davlatning nufuzini oshirishi mumkin, ayni mahalda bunda 
kuzatuvchilar saylov jarayoniga aralashmaydilar, balki faqat unga mustaqil 
baho beradilar, xolos.
Saylovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishdagi barcha tadbirlarda, shu-
ningdek, ovoz berish xonalarida saylov kunida va ovozlar sanalayotganda 
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik 
organlari, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi, mat-
buot, televideniye va radiodan vakillar, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilot-
lar va harakatlardan kuzatuvchilar ishtirok etishga haqlidirlar.
Saylov faqat siyosiy partiyalar yoki guruhlar qarashlarini emas, butun 
xalq manfaatlarini ko‘zlab o‘tkazilishi lozim. Har bir fuqaro agar o‘zi ovoz 
bermagan nomzod hukumat tepasiga kelgan taqdirda ham, huquqlari va 
manfaatlari himoya qilinishiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Siz qanday hisoblaysiz?
1. Nima deb o‘ylaysiz, garchi inson 16 yoshda pasport olsa ham, saylovlarda 
18 yoshdan boshlab ishtirok etadi, jinoiy javobgarlik esa ba’zi hollarda 13 yosh-
dan boshlanadi?
2. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarini istisno qilganda, hukumat 
a’zolari, Bosh prokuror va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari, vazir-
liklar, idoralar rahbarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxs-
lari nima uchun deputat etib saylangan taqdirda egallab turgan lavozimidan ozod 
etish to‘g‘risida ariza berish sharti bilan Oliy Majlis deputatligiga nomzod si-
fatida ro‘yxatga olinadi?
3. Nega hokimiyatning davlat organlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonu-
niga saylovlarga kelmaganlik uchun jinoiy javobgarlik haqidagi qoida kiritil-
magan?

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling