Geologiya-geografiya fakulteti geografiya kafedrasi jahon geografiyasi


Download 249.13 Kb.
bet6/9
Sana06.11.2021
Hajmi249.13 Kb.
#171130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
braziliya kurs ishi

Ijtimoiy sohalar. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Axoliga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar koʻrsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy oʻquv yurtlaridagi tibbiyot fakultetlari tayyorlaydi.

Braziliyada rasman 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul boshlangich taʼlim joriy qilingan. Bolalar shaharlardagi 4—5 y.lik va qishloqlardagi 3 y.lik boshlangʻich maktablarda taʼlim oladilar. Bulardan tashqari toʻliqsiz maktab — gimnaziyalar, toʻliq oʻrta maktab — kollegiyalar, hunar va pedagogik maktablari ham bor. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqish mumkin. Braziliyada 70 ga yaqin unt, 740 dan ortiq boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. Rio-de-Janeyrodagi Braziliya va San-Paulu untlari ularning eng yiriklaridir. Ilmiy muassasalari: Braziliya fanlar akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va b. Kutubxonalari: Milliy kutubxona, Portugaliya qirollik qiroatxonasi (RiodeJaneyro), Munitsipal kutubxona. Muzeylari: Milliy muzey, Milliy tarixiy muzey, Rio-de-Janeyrodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi.Matbuoti, radioeshnttnrishi va telekoʻrsatuvi. Braziliyada 300 ga yaqin gazeta va jurnallar nashr etiladi



Sanoati. Kon sanoatida temir va marganes rudalar qazib olish muhim oʻrin oladi. Boksit, qoʻrgʻoshin, volfram, oltin, olmos, neft va tosh kumir, bir oz mikdorda qalay, pyx, mis, nikel ham qazib chiqariladi. B. tashqi bozorga, asosan AQShga strategik ahamiyatga molik maʼdanlar — niobiy, berilliy, sirkoniy kabilarni, shuningdek uran rudasini sotadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 90 % GESlarga toʻgʻri keladi. Tiyete va RiuGrandi daryolarida yirik elektr st-yalar mavjud. Mahsulot ishlab chiqarish tarmoqdari orasida eng yiriklari: metallurgiya (VoltaRedonda va BeluOrizonti sh.laridagi z-dlar Lotin Amerikasidagi eng katta poʻlat i.ch. korxonalari hisoblanadi) va mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik, kemasozlik, aviasozlik, qishloq xo’jaligi, radioelektronika mashinasozligi). Keyingi yillarda elektr texnika, harbiy sanoat, atom sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, kimyo va neft kimyosi tarmoklari (kislotalar, maʼdanli oʻgʻitlar, sintetik tolalar, boʻyoqlar, plastmassalar) rivojlandi. Toʻqimachilik (asosan ip gazlama) va oziq-ovqat sanoati (qandshakar, goʻsht, yogʻ, tamaki va b.) Braziliya uchun anʼanaviy sohalardir. Sement, sellyulozaqogʻoz va oyna sanoati mavjud.

Qora metallurgiya sanoati. To’la maxalliy yuqori sifatli temir ruda xomashyosiga tayanib ishlaydi. Biroq Braziliya kokslanuvchi ko’mirni chetdan tashib keltiradi. Mamlakat po’lat ishlab chiqarishda birinchi o’nlik mamlakatlari guruxiga kirib, ko’pgina G’arbiy Yevropa davlatlaridan o’zib ketdi.

Rangli metallurgiya sanoatida maxalliy boksit asosida alyuminiy ishlab chiqariladi. Mamlakat alyuminiy eksport qiluvchi davlatlar qatoriga kiradi. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida transport mashinasozligi rivojlangan. Mamlakatda yiliga 1,6 mln donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarilmoqda. Tarmoq chet el kapitali ta’sirida nazorat qilinadi. Braziliya dengiz kemalari ishlab chiqarish bo’yicha 4-o’ringa chiqib oldi. Ko’pgina yirik kemasozlik korxonalari Yaponiya firmalariga qarashli.

So’nggi yillarda mamlakatda samalyotsozlik, stanoksozlik, harbiy sanoat, elektron hisoblash texnikalari ishlab chiqarish sohalari keng rivojlanmoqda.




Download 249.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling