Glossari y aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi


Download 245.5 Kb.
bet7/29
Sana23.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1112542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Г Л О С С А Р И Й

Davlat byudjeti – davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo’ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui.
Davlat zayomlari – byudjetga pul to’plash maqsadida davlat tomonidan sotish uchun chiqariladigan, davlatning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz.
Davlat monopoliyasi – jamiyatda muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish ayrim tovarlarga ishlab chiqarish yoki boshqa tovarlar savdosi bo’yicha davlatning yagona egalik qilish huquqi.
Davlat mulkini boshqarish – shaxslar va davlat idoralari tomonidan qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlar doirasida davlat mulki egasi (egalik, foydalanish, tasarruf etish) vazifalarini bajarish.
Davlat suv kadastri – mamlakatning suv resurslari to’g’risida tartiblashtirilgan ma’lumotlar majmui.
Davlat chegarasi – davlatning quruqlik va suvdagi doirasini belgilaydigan chiziq.
Daryo transporti – transportning asosiy turlaridan biri; tabiiy (daryo, ko’l) va sun’iy (kanal suv ombori va boshq.) suv havzalari orqali yuk va yo’lovchi tashiydi.
Dars – ta’limni tashkil etish shakli bo’lib, belgilangan vaqt (45 daqiqa) davomida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsad asosida, hamkorlikdagi faoliyati ko’rinishi.
Dars tiplari – aralash yoki kombinatsion dars; yangi bilimlarni bayon qilish darsi; bilim, ko’nikma, malakalarni takrorlash va umumlashtirish darsi; o’tilganlarni mustahkamlash darsi; tekshirish va baholash darsi.
Dezurbanizatsiya (Deurbanisation)- yirik shaharlardan aholining atrofga ko’chib ketish (qochish) hollari.
Dehqon xo’jaligi- O’z qaramog’ida bo’lgan mulk, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish asosida qishloq xO’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi mustaqil xO’jalik yurituvchi sub’ekt
Divesifikatsiya – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish faoliyatining bir vaqtning o’zida bir necha yo’nalishlarda olib borilishi. Bu bozorga tezroq moslashishga imkon beradi.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling