Glossari y aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi


Download 245.5 Kb.
bet4/29
Sana23.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1112542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Г Л О С С А Р И Й

Biologik mahsuldorlik – ekosistemalarning hayot faoliyati natijasi hisoblanib, ma’lum vaqt oralig’ida ekosistemadagi organizmlar tomonidan to’plangan organik moddalar
Biologik resurslar-o’simlik va xayvonot dunyosi resurslari.
Biologik xilma-xillik turlarning xilma-xilligi, genetik xilma-xillik, ekosistemalar xilma-xilligi.
Biomassa – tirik organizmlarning ma’lum maydon birligiga to’g’ri keluvchi og’irlik yoki energiya birliklarida ifodalangan umumiy vazni
Biosfera – hozirgi davrda yashab, faollik ko’rsatib turgan organizmlar tarqalgan qobiq
Biota flora(o’simlik turlari) va fauna(hayvon turlari)ning yig’indisi
Biotik aloqalar – biotsenozdagi organizmlarning turli shakllardagi o’zaro munosabatlari.
Biotop nisbatan bir xil abiotik muhit bilan tavsiflanuvchi biotsenoz egallagan maydon
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot, 1945 yilda tuzilgan.
Bozor iqtisodiyoti – tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida tartib solib turiluvchi demokratik iqtisodiyot.
Bozor iqtisodiyoti omilini - ishlab chiqarish tarmoqlarining hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu borada an’anaviy fikr yuritish tarzimiz tamomila o’zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda nimaga ixtisoslashuvni va qaerda joylashtirishni provard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlat esa regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
Bozor infratuzilmasi – bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor islohotlari – davlatning bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, chora–tadbirlari tizimi, iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling