guruh talabasi Yo`ldoshev Shxoruzning


Download 1.44 Mb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1566452
1   2   3   4
Bog'liq
Shoxruz ppt mustaqil ish

Typeface

Typeface

Shriftlarni ishlatayotganda ularni yaxshilab tanlang. Bunaqa kichik detallar sizga unchalik muhimdek ko’rinmasada ammo bularning barchasini barchasini birlashtirganingizda katta o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Foydalanayotgan typeface’laringiz sodda bo’lishi kerak, ierarxiya yaratishda uning shrift uslublari va o’lchamlardan foydalanishingiz mumkin.

Ranglar palitrasi

Ranglar palitrasi

Ranglarga o’tar ekanmiz, sizga dizayningizda ishlatadigan rang sonini maximal darajada kamaytirishni tavsiya qilamiz. Minimal dizayn oq va qora ranglar yoki neytral ranglarga asoslangan boshqa palitralar bilan yaxshi do’st hisoblanadi. Eng yaxshisi bu soddalik, ikki rangdan foydalanib birini aksent qilib ishlatish bu eng yaxshi rang tanlovidir.

Har xil minimalizm uslubidagi misollarni ko’rar ekansiz, ular siz uchun yagona qat’iy qoidaga aylanib qolmasligi kerak. Shunchaki bularning barchasi ko’zingizga og’ir tuyulmasa bas.

Effektlarga yo’q deng

Effektlarga yo’q deng

Effektlar deganda biz web sayt ko’rinishini oshirish uchun ishlatiganingiz drop shadow (soyalar), teksturalar, ramkali rasmlar, ahmoqona shriftlarni nazarda tutdik. Minimalizmda bularning barchasidan voz kechgan holda asosiy fokusni ranglar, font va albatta kontentga qaratishingiz kerak.

Tartibsizlikga olib keladigan detallardan qoching

Detallar

Detallar

Va nihoyat siz minimalistik grafik dizaynda katta e’tiborni detallarga qaratishingiz kerak. Elementlaringiz mukammal joylashuvga ega bo’lishi bilan bir qatorda, dizayningizning o’zi ham kompozitsiyani uyg’unlikka olib keladigan darajada tartiblangan va balanslashtirilgan bo’lishi lozim.

Oppoq artboard ichiga elementlarni hech qanday qoidalarga amal qilmasdan to’kib tashlab minimal dizayn bo’ldi deb ayta olmaysiz.

Ko’pgina minimalistik grafik dizaynlarda white space (bo’sh joy)ni ko’rasiz. Yoki tiqilinch bo’lib turgan elementlarnimi? Yo’q. Hamma narsa layout ichida aniq joylashtirilgan bo’ladi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling