Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdurahmonov Gʻ. (2011). T oʻxliyev B., Rustamov A., Dadaboyev H. Qutadgʻu bilig. I,II jildlar. –Toshkent: Jahon print. 2. Xolmurodova M.(2019) “Qutadgʻu bilig” leksikasi. Filol. fan. fal. dok.-ri (PhD). – Toshkent. 3. Zulxumor Xolmanova “Qutadgʻu bilig” va “Boburnoma” asaridagi mushtarak leksemalar ” Dil ve edebiyat arastirmalari” jurnali, 2020. 4. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 2 jildlik. Moskva, 1981. 5. Oʻzbek tilininig izohli lugʻati. 5 jildlik.Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi ” davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 6. www.wikipedia.org 7. www.kitobdunyosi.uz 452 “BOBURNOMA” NING XORIJ OLIMLARI TOMONIDAN O‘RGANILISHI STUDY OF “BOBURNOMA” BY FOREIGN SCIENTISTS Jurabek Qanoatov Annotation. The work "Baburnoma" by the great figure of Uzbek literature, the king and poet Zahiriddin Muhammad Babur, is considered a rare masterpiece of world literature. He contributed immensely to the literature of all nations with his translations. By examining the historical and historical processes of studying the work by foreign scholars and translating it into world languages, it is possible to see how hard and honorable the translators have traveled in the process of restoring the original. Key words. "Boburnoma", cultural relations, memoir. O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari jahon adabiyotining nodir durdonasi hisoblanadi. U o'zining tarjimalari bilan barcha xalqlar adabiyotiga bemisl hissa qo‘shgan. Asarning xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi va dunyo tillariga tarjima qilinishining tarixiy va tadrijiy jarayonlarini ko‘rib chiqish asnosida tarjimonlarning asliyatni qayta tiklash jarayonida naqadar mashaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rish mumkin. Xususan, “Boburnoma” asari olimlar tomonidan dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Hozirda “Boburnoma” va uning tarjimasiga tegishli bo'lgan tarixiy hujjatlar dunyoning 23 kutubxonasining noyob mulki hisoblanadi va saqlanib kelinmoqda. Dunyoga mashhur “Boburnoma”ni o'rganish adabiy- madaniy aloqalar ta’siri va o‘zaro bahramandlik – jahon xalqlari orasida, Sharqu G‘arb o'rtasida uzluksiz davom etib kelayotgan global xarakterdagi ilmiy-ijodiy jarayondir. Xorijiy olimlarning fikriga ko‘ra, avtobiografik uslubda bitilgan «Boburnoma» Markaziy Osiyo xalqlarining urf-odatlari, etnogenezi, tarixiy shaxslarning xarakter-xususiyatlari, boshqaruv salohiyati, oilaviy ahvoli Movaraunnahr, Afg‘oniston, Hindistonning joylashuv o‘rni, tabiati, hayvonot va nabotot dunyosi, moddiy va ma’naviy boyliklari haqida qimmatli ma'lumotlar beradigan yagona manba sifatida qaralgan. Shuning uchun ham asar dunyo tillariga bir necha bor tarjima qilingan. 1810-yilda «Boburnoma» dunyo tillaridan biri nemis tiliga ham tarjima qilingan. Sharqshunos sayyoh va olim Yulius fon Klaprot “Boburnoma”ni “Osiyo adabiyoti, tarixi va tilshunosligi arxivi” kitobida Peterburgda chop ettirgan, lekin uning tarjimasi to‘liq emas. 1828- yil Leyptsigda A.Kayzer Jon Leyden–Vilyam Erskinlarning inglizcha tarjimasini qisqartirib, nemis tilida nashr ettirgan. “Boburnoma” asarini G'arb olimlaridan ingliz tarjimonlari V.Erskin-J.Leyden (1826), R.Kaldikot (Leyden-Erskin tarjimasi asosida 1844), F.Talbot (1909), L.King (1921), S.Beverij (1922) V.Tekston (1996, 2002) o'rgangan[Sobirov M.,2002]. O.I.Senkovskiyning shogirdi V.V.Grigorev «Baber», «Baber-name», «Baberidi» maqolalarini yozadi. Shu joyda bir muhim dalilni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir: rus adabiyotida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va uning harbiy yurishlarini “Boburnoma”dagi ma’lumotlar asosida birinchi bo‘lib yoritgan mutaxassis V.V.Grigorev bo‘lgan. 1857-yil “Boburnoma”ning tarjima qilish va o‘rganilish tarixida muhim sana hisoblanadi. Taniqli sharqshunos olim Pave De Kurteyl 1871-yilda «Boburnoma»ni fransuz tiliga birinchilardan bo'lib tarjima qilgan. Fransuz sharqshunoslarining «Boburnoma»ga boʻlgan qiziqishlari uch asrlik tarixga ega. A.De Lonperie, A.J.Klaprot, J.Dranjete, Pave de. Kurteyl` fransuz boburshunoslik maktabining atoqli vakillaridan bo‘lib, hozirgi zamon boburshunosligida Jan-Pol Ru va Jan-Lui Bake-Grammon (1969) salmoqli o‘rin tutadi. 1980 yili Parijda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining besh yuz yilligi munosabati bilan «Boburnoma»ning yangi fransuzcha tarjimasi nashr etildi. 1985 yili esa uning ikkinchi nashri Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti magistranti 453 bosilib chiqdi. Ushbu tarjima taniqli fransuz olimi, professor Bake-Grammon qalamiga mansubdir. «Boburnoma»ni birinchi marta urdu tiliga Mirzo Nasiruddin Haydar Ko‘ragoniy tarjima qilgan. Ushbu tarjima 1962-yil Karachi shahridagi «Buk Lend» nashriyotida chop etilgan. Zarvaraqda kitobning nomi «Boburnoma», uning tagida esa, «Tuzuki Boburiy» deb keltirilgan. Kitobning boshida, alohida-alohida sahifalarda Bobur Mirzo va uning rafiqasi Mohim Begimning rangli tasvirlari berilgan. Mundarija, «Bobur va Boburnoma» sarlavhali so‘zboshi bo‘lib, kitob jami 426 sahifadan iborat. Ubaydulla Quddusiy izohlarni tahrir qilgan, to‘ldirgan va unga so‘zboshi yozgan. «So‘zboshi»da mamlakatdagi tashkiliy masalalar, Bobur Mirzoning qobiliyati, uning vafoti, Tuzuki Boburiy, «Boburnoma»ning tarjimalari va mazkur tarjima haqida to'liq ma’lumotlar keltiriladi. «So‘zboshi»da «Akbarnoma»ning muallifi Abulfazlning «Boburnoma» haqidagi fikrlari qayd etilgan. «Boburnoma»ning rus tiliga o‘girilgan birinchi to‘liq tarjimasi 1958-yil Bobur tavalludining 475 yilligiga atab O‘zFA nashriyotida nashr etilgan (tarjimon: M.A.Sale; S.Azimjonova tahriri ostida. Izohlarni D.Voronovskiy va M.Sale tuzgan. V.Y.Kaydalov rasmlarni ishlagan). 1982-yil u qisqartirilgan ixcham va qulay ko‘rinishda qayta chop etilgan. Qayd etish lozimki, ushbu tarjima Bobur ijodiyoti va shaxsiga o‘sha davr mafkurasi tomonidan salbiy baho berilayotgan, bobushunoslar esa o‘tmishni ideallashtirish hamda Bobur siymosini ulug‘lashda ayblanayotgan bir paytda nashr etilgan edi. Shuning uchun bu nashr ayrim qisqartirishlar bilan bosilgan.G‘.Salomov va N.Otajonovning «Jahongashta Boburnoma» asarida ham ma‘lumot keltirilishicha, M.Sale «Boburnoma» tarjimasi ustida o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida mehnat qilgan, asar tilini chuqur o‘rgangan, ko‘plab atama, ibora va nomlar transkripsiyasini to‘g‘ri berish ustida jiddiy ish olib borilgan. 1996-yilda Harvard universiteti professori V.Tekston «Boburnoma»ning mukammal inglizcha tarjimasini chop ettirgan. Mazkur tarjimaning nashr etilishi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi va davri haqidagi ma’lumotlarni boyitish bilan birga boburshunoslikni yanada yuqori darajaga ko‘tardiki, ushbu sohada olib boriladigan ishlarning ko‘lamini kengaytirishga yangi imkoniyatlar ochib berdi. Biroq uning asar tarjimasida adekvatlikka erishish va urinishlari ancha muvaffaqiyatli chiqqan bo‘lsa-da, ba’zi maqol va iboralar tarjimasining asliyatga mazmuni zid kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Tarjimon tarjimada diqqat-e’tiborini asliyat uslubi va maqol ohangdoshligiga qaratib, bazi maqollar tarjimasini to‘liq aks ettirmagan. Shuningdek, «Boburnoma» fors tiliga bir necha bor o‘girilgan. Ilk tarjima Boburning zamondoshi va safdoshi, Hindistondagi Bobur davlatining sadri etib tayinlagan Shayx Zayniddin tomonidan amalga oshirilishidir. Bunda «Boburnoma»ning faqat hijriy 932-933- yillar voqealari bayon qilingan qismigagina fors tiliga o‘girilgan. Bu tarjimaning bir necha qo‘lyozmasi Britaniya muzeyida saqlanayotganligi ma’lum. Asarning fors tiliga ikkinchi tarjimasi Boburning chevarasi Jahongirning bek atkasi buyurtmasi bilan amalga oshirilgan. Xulosa tariqasida aytish mumkinki, “Boburnoma” xorij olimlari e’tiboriga tushgan sara asarlar sirasiga kiradi. Bu asar ingliz, fransuz, nemis, rus, yapon, turk va boshqa tillarga qayta-qayta tarjima qilinishi va oʻrganilishining boisi shundaki, ma’lumotlarning faktik hodisasalarga asoslanganligi, tarixiy shaxslarning voqea-hodisalar asosida yoritilishi, o‘zida yigirmadan ortiq fan konsepsiyasini qamrab olganligi ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarning tajribaga asoslanganligi va Bobur leksikasining o‘ziga xosligida. U qanchalik ko'p o‘rganilmasin, shuncha so‘z va so‘z birikmalarning, terminlarning sohalararo o'rganishda mazmun-mohiyatlarini ochib boraveradi. Kalit so‘zlar; Avtobiografik uslub, tarixiy shaxslarning xarakterlari, ideallashtirish,qo‘lyozmasi, Bobur leksikasi, qiyosiy adabiyot, tarjima aspect Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling