Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot materiallari va usullari.
- Tadqiqot natijalari.
___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
142 element bu fosfordir [4, 6]. Asosiy ratsionda uning yetishmasligi bilan organizmda umumiy holsizlanish kuzatiladi, o‘sishi va kasalliklarga chidamliligi pasayadi va suyak patologiyalari paydo bo‘ladi. Tadqiqot materiallari va usullari. Ilmiy-tadqiqot ishlari Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi” fakultetiga qarashli “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasida olib borildi. Amaliy tajribalar xo‘jalik sharoitida kichik tovuqxonaga 100 bosh 1 kunlik “Ross-308” – zotiga mansub jo‘jalar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumaniga qarashli “Darg‘om parranda fayz ” tovuqchilik xo‘jaligidan olib kelinib umumiy gala qilib boqildi va xo‘jalik ratsioni asosida oziqalantirildi. Jo‘jalar 15 kunlik bo‘lganida oddiy tarozida o‘lchanib analoglar bo‘yicha 4 ta guruh tuzildi. Har guruhda 25 boshdan bo‘lib tirik vaznidagi farq ± 15 gr. Jumladan: 1- guruh jo‘jalari qiyosiy nazorat guruhi bo‘lib 45 kunlik tajriba oxirigacha xo‘jalik ratsioni bilan oziqlantirildi. 2, 3, 4 - guruhlar tajriba jo‘jalari hisoblanib xitozan gidroksiapatit immunomadulyatorining 70/30 fraksiyasini 15-25 kun oralig‘ida 10 kun davomida Rost (RO-6-5) ratsioniga, keyinchalik 35-45 kun oralig‘ida yana 10 kun davomida Finish (RO-6) ratsioniga qo‘shib berildi (1-jadval). 2- tajriba guruhiga 0,4 g/kg, 3- tajriba guruhiga 0,7 g/kg, 4-tajriba guruhiga 1,0 g/kg oziqasiga qo‘shib berildi. Preparatlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari tajriba davomida jo‘jalarning saqlanuvchanlik va o‘rtacha tirik vaznining o‘sish miqdori bilan aniqlandi. Tadqiqot natijalari. Xitozan Bombyx mori gidroksiapatitining broyler jo‘jalariga ta’sirini o‘rganish uchun olib borilgan 45 kunlik tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, qiyosiy nazorat guruhi jo‘jalarning saqlanuvchanlik darajasi 88% ni, tajriba oxirida tovuqlarning o‘rtacha tirik vazni 2629,31 g ni tashkil etdi (1-chi guruh). 2, 3, 4 - tajriba guruhlaridagi jo‘jalar Xitozan gidroksiapatit 70/30 immunomadulyator preparatlarini 1kg oziqaga nisbatan turli xil miqdorlarda olganlarida jo‘jalarning saqlanuvchanligi mos ravishda 92, 96, 92 % larni, tajriba oxirida har bir guruh tovuqlarining o‘rtacha tirik vaznlari mos ravishda 2841,47; 3059,65; 2730,22 g larni tashkil etdi. Olingan natijalar 2- jadvalda keltirilgan. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling