Hujjatlarning ekspertizasi


Me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimga nisbatan qo‘yiladigan malakaviy talablar


Download 1.11 Mb.
bet18/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

1.5.3. Me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimga nisbatan qo‘yiladigan malakaviy talablar
Me’yoriy nazoratni o‘tkazish yuqori malakali xodimlarga topshirilishi lozim. Zamonaviy mashinasozlik sohasi katta sifat o‘zgarishlari bilan, xususan, mashinalar tiplari sonining o‘sishi, murakkablikning, ishonchlilik va uzoq muddat xizmat qilish talablarining ortishi, avtomatlashtirishning rivojlanishi, mashinalarning ishchi va tashish tezliklarining oshishi, yangi turdagi materiallarning qo‘llanilishi va texnik estetika (texnik madaniyat) talablarining ortishi bilan xarakterlanadi.
Bunday sharoitlarda me’yoriy nazorat bilan shug‘ullanuvchi standartlashtiruvchi-muhandis o‘z malakasini uzluksiz ravishda oshirib borishi juda muhimdir. U faqatgina chizmalar va boshqa texnik hujjatlarda standartlar va texnik shartlarda belgilab qo‘yilgan talablar va parametrlarga rioya qilinishini tekshirish bilan cheklanib qolmasdan, balki konstruktiv va texnologik echimlar bo‘yicha mashinalarning sifatini va mashinasozlik ishlab chiqarishining texnik-iqtisodiy darajasini oshirish imkonini beradigan tanqidiy fikrlarni ham bildirishi lozim.

2-BOB. KORXONA VA TASHKILOTLARDA TEXNIKAVIY HUJJATLARNING METROLOGIK EKSPERTIZASI BO‘YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH

2.1. Texnikaviy hujjatlarning metrologik ekspertizasini mohiyati
Texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish – bu buyumlarni tayyorlash, sinovlardan o‘tkazish, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash jarayonida o‘lchanishi lozim bo‘lgan parametrlarni tanlash, aniqlik me’yorlarini o‘rnatish, o‘lchash vositalarini tanlash bo‘yicha texnik echimlarni tahlil qilish va baholashdir.
Metrologik ekspertizaning asosiy vazifalari texnikaviy hujjatlardagi ma’lumotlarni baholash, tahlil qilish va nazorat qilishdan iboratdir.
Texnikaviy hujjatlarda quyidagilar baholanadi:
1) o‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasining ratsionalligi;
2) o‘lchashlarning aniqligiga qo‘yiladigan talablarning optimalligi;
3) o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarning to‘liqligi va aniqligi;
4) berilgan parametrlarni o‘lchashlarning aniqlik talablariga muvofiqligi;
5) buyumning (o‘lchash tizimlarining) nazorat qilishga yaroqliligi;
6) tanlangan o‘lchashlarni bajarish vositalari va uslublarining ratsionalligi.
Quyidagilar tahlil qilinadi:

  • o‘lchash operatsiyalarida hisoblash texnikasidan foydalanilishi (o‘lchashlar xatoligining hisoblash algoritmining mukammal emasligi tufayli yuzaga keladigan uslubiy tarkib toptiruvchisi).

Quyidagilar esa nazorat qilinadi:

  • atamalar, kattaliklarning nomlari va belgilanishlarining ishlatilishi va ularning birliklarining qo‘llanilishining to‘g‘riligini tekshirish;

  • atamalar, kattaliklarning nomlari va belgilanishi, ularning birliklarining me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelmaydigani ishlatilishi va qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Hujjatlari metrologik ekspertizaga tortiladigan mahsulotlarning nomenklaturasini aniqlashda barcha ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish talabi metrologik ta’minot masalalari bo‘yicha qo‘llaniladigan echimlarning bir tipli bo‘lishi evaziga ko‘pincha ratsional bo‘lmasligidan kelib chiqish lozim bo‘ladi.
Quyidagi rasmlarda metrologik ekspertizaning asosiy maqsadlari va vazifalari ko‘rsatilgan.



2.1 – rasm. Metrologik ekspertizaning asosiy vazifalari

2.2 – rasm. Metrologik ekspertizasining asosiy maqsadlari
Bundan tashqari bunday hollarda metrologik ekspertizaning yuzaki, tekshirilayotgan hujjatlarni etarlicha tahlil qilmasdan o‘tkazilish xavfi paydo bo‘ladi. Metrologik ekspertizaani tashkil qilishda ekspertizani yangi mahsulotlardan, buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinadigan mahsulotlardan, sertifikatlashtirishga taqdim qilingan mahsulotlardan, shuningdek eksportga yuboriladigan mahsulotlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Mahsulotlar nomenklaturasini belgilashda o‘lchashlarning holatini tahlil qilish ma’lumotlaridan, o‘lchashlar holatini tahlil qilish natijalaridan, shuningdek ishlab chiqarishda yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishining sabablarini tahlil qilish natijalaridan va iste’molchilardan kelgan reklamatsiyalardan (reklamatsiya – mahsulot sifati iste’molchini qanoatlantirmagan taqdirda mahsulotni ishlab chiqaruvchiga qaytarish) foydalanish lozim.
Texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqishning metrologik ekspertiza o‘tkaziladigan bosqichlarini va metrologik ekspertizaga tortiladigan hujjatlarning turlarini aniqlash – muhim tashkiliy jihatlardan biridir.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling