I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Keys stadi. nega benzin bunchalik og`ir soliqqa tortiladi?
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar
- Ifloslanish miqdori Rasm
- Ifloslanish miqdori
- Ifloslanish iqtisodiy tahliliga etirozlar
- Tashqi ta’sirlarga xususiy yechimlar
- Xususiy yechim turlari
- Kouz teoremasi
- Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi
Keys stadi. nega benzin bunchalik og`ir soliqqa tortiladi? Ko`p mamlakatlarda, benzin eng og`ir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir. Gaz solig`i avtomobil bilan bog`liq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi soliq sifatida ko`rilishi mumkin:
ehtimol yo`lda kam mashina bo`lishini istagansiz. Benzin solig`i odamlarni jamoat transportidan foydalanish va ishga yaqin joyda yashashga undab tirbandlikni kamaytiradi.
Baxtsiz hodisalar: odamlar katta avtomobil yoki sport-kommunal xizmat transport vositalarini sotib olganda, o`zlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular qo`shnilarini xavf ostiga qo`yadi. Milliy Avtomobil Yo`l Xavfsizligi Boshqarmasi (National Highway Traffic Safety Administration) ma’lumotiga ko`ra, boshqa mashinaga urilgandan ko`ra, sport-kommunal xizmat avtomobiliga urilganda, odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta ko`p bo`ladi. Gaz solig`i odamlarni katta, gaz-yoqilg`isidan foydalanqan transport vositalari boshqalarga xavf solganda to`lashga majbur qilishning bilvosita yo`lidir, bu esa o`z navbatida ularni qanday avtomobil sotib olishni tanlashda ushbu xavfni ham hisobga olishga undaydi.
ko`pchilik ishonadi. Mutaxassislar bu tahdid unchalik xavfli emasligini ta’kidlashsa-da, lekin gaz solig`i benzindan foydalanishni kamaytirib xavfni shubhasiz kamaytiradi. Shunday qilib, gaz solig`i ko`pchilik soliqlar kabi ijtimoiy zarar o`rniga, yaxshi iqtisodiyotni tashkil qiladi. Bu kam tirbandlik, xavfsiz yo`llar va toza muhitni anglatadi. Benzinga soliq qanchalik yuqori bo`lishi kerak? Ko`pchilik Yevropa
389
davlatlari, Qo`shma Shtatlarga qaraganda benzinga ancha yuqori soliqlarni kiritadi. Ko`pchilik kuzatuvchilar Amerika Qo`shma Shtatlari ham og`irroq benzin solig`ini joriy qilishni taklif qilgan. Iqtisodiy adabiyot jurnalida chop etilgan, 2007-yilgi izlanish avtomobil bilan bog`liq turli tashqi ta’sir miqdori bo`yicha tadqiqotlarni xulosa qiladi. Xulosaga ko`ra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir gallonga 2.10 dollar edi, Qo`shma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent bo`lgan. Benzin solig`idan keladigan soliq daromadi rag`batlantirishlarni buzadigan va ijtimoiy yo`qotishlarga olib keladigan soliqlarni pasaytirish uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, yanada tejamkor avtomobil ishlab chiqarishni talab qiladigan og`ir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan hech qachon mashhur bo`lmadi.
Qog`oz zavodi va po`lat zavodi misoliga qaytadigan bo`lsak, keling tasavvur qilaylik, iqtisodchilar maslahatiga qaramay, EPA tartibga solishni joriy qiladi va har bir zavoddan yiliga 300 tonna chiqindi miqdorida ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Keyin bir kuni, tartibga solish amalda va har ikki zavod unga rioya qilgan paytda, ikkala firma EPAga taklif bilan murojaat qiladi. Po`lat zavod 100 tonna chiqindi miqdorida chiqindi chiqarishni oshirishni istaydi. Qog`oz zavodi po`lat zavodi unga 5 million dollar to`lasa, o`sha miqdorda o`z chiqindi chiqarishini kamaytirishga rozi bo`ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi? Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi bo`layotgani bois, shartnoma ikkala zavod egalariga foydali bo`lishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma hech qanday tashqi ta'sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil bo`lib qolmoqda. Shunday qilib, qog`oz zavodining po`lat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi. Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har qanday ixtiyoriy o`tkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday shartnomalar qilish imkonini beradigan bo`lsa, u, o`z mohiyatiga ko`ra, yangi
390
noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo`ldi. Bu ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan bo`ladi. Ko`rinmas qo`l bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi. Ya'ni, to`lashga o`z tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak baholaydigan firma qo`lga kiritadi. Firmaning to`lash uchun xohishi, o`z navbatida, ifloslanishni kamaytirish harajatiga bog`liq bo`ladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik ko`p harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi. Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yo`l qo`yish afzalligi shundaki, firmalar o`rtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlang`ich taqsimoti iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim emas deb hisoblanadi. Faqat ifloslanishni arzon harajatlar bilan kamaytirishi mumkin firmalar ruxsatnomalarni sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor bo`lgani tufayli, boshlang`ich taqsimotdan qat'iy nazar so`nggi taqsimot samarali bo`ladi. Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi soliqlardan farqli ko`rinsa-da, ikki siyosat ko`p umumiy jihatlarga ega. Har ikki holatda ham, firmalar ifloslanish uchun to`laydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof- muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq to`lashi kerak. Ifloslantirish ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi kerak. (Hatto allaqachon o`z ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun to`lashi shart: ular ochiq bozorda o`z ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor ifloslantirish imkoniyati harajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni harajatli qilish orqali tashqi ta'sirni o`zlashtiradi. Ikki siyosat o`xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig`ini ko`rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo`lsa, firmalar 391
ifloslantirishni shunchalik ko`proq tanlashini ko`rsatadi. (a) chizmada EPA ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki firma soliq to`lash orqali ular istaganicha ko`p ifloslantirishi mumkin) va talab chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal noelastik (chunki ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig`i vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni o`rnatish orqali berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin. Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan ko`ra yaxshiroq bo`lishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizig`ini bilmasligi tufayli, bu maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi.
Rasm (a) tuzatuvchi soliq Ifloslanish narxi Ifloslanish narxi (b) ifloslantirishga ruxsat tuzatuvchi soliq
Ifloslantirish ruxsatiga talab Ifloslantirish ruxsatiga talab Ifloslantirish ruxsat taklifi
tuzatuvchi soliq ifloslantirish narxini belgilaydi Ifloslanish miqdori …talab egri chizig’i bilan ifloslantirish miqdorini birgalikda belgilaydi …talab egri chizig’i bilan ifloslantirish narxini birgalikda belgilaydi Ifloslantirishga ruxsat ifloslantirish miqdorini belgilaydi Tuzatuvchi soliq va ifloslantirish ruxsatlarining ekvivalentligi. Chizmada EPA tuzatuvchi soliq joriy qilib ifloslanish narxini belgilaydi va talab chizig’i ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada EPA ifloslantirish ruxsatlari sonini cheklash orqali ifloslanish miqdorini cheklaydi, va talab chizig’i ifloslanish narxini belgilaydi. Ikkala holatda ifloslanish narxi va miqdori bir xil.
392
Hukumatning ifloslantirish huquqini kim oshdi savdosiga qo`yish g`oyasi avvaliga biror iqtisodchi tasavvurining mahsulidek tuyulishi mumkin. Aslida ham g`oya shunday boshlangan. Lekin borgan sari, EPA ifloslanishni nazorat qilish yo`li sifatida bu tizimdan foydalanib kelgan. Taniqli muvaffaqiyat yakunlangan hikoya kislota yomg`iriga sabab bo`luvchi oltingugurt dioksidi (SO 2 ) masalasi edi. 1990-yilda, Toza havo akti (Clean Air Act) o`zgartirishlar kiritilishi elektr zavodlaridan katta miqdorda SO 2 chiqindilarini kamaytirishni talab qildi. Shu bilan birga, o`zgartirishlar zavodlarning SO 2 ruxsatnomalarini savdo qilishiga ruxsat berish tizimini o`rnatdi. Dastlab sanoat vakillari va ekologlar taklifni salbiy qabul qilgan bo`lsa-da, vaqt o`tishi bilan bu tizim eng kam uzilish bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkinligi isbotlandi. Ifloslantirishga ruxsatnomalar, tuzatuvchi soliqlar kabi, hozir muhitni toza saqlab qolish uchun iqtisodiy samarali yo`l sifatida qaraladi.
"Biz hech kimga haq evaziga ifloslantirish imkonini berolmaymiz." Sobiq senator Edmund Maskining ushbu gapi ayrim ekologlar fikrini aks ettiradi. Ular aytishicha, toza havo va toza suv iqtisodiy jihatdan hisobga olinmasligi kerak, chunki ular amaliy inson huquqlari hisoblanadi. Siz qanday qilib toza havo va toza suv ustida narx qo`yishingiz mumkin? Ular da'vosiga ko`ra, narxidan qat'iy nazar, atrof-muhit muhim ahamiyatga ega, shuning uchun uni iloji boricha ko`proq himoya qilish kerak. Iqtisodchilar ushbu dalilga kam qiziqish bildirishadi. Iqtisodchilar uchun, yaxshi ekologik siyosat iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining birinchisini tushunishdan boshlanadi: Odamlar sotib yuborishga duch keladi. Albatta, toza havo va toza suv qiymatga ega. Lekin ularning qiymati ularning imkoniyati harajatiga nisbatan olinishi kerak, ya’ni kimdir ularni olish uchun nimadandir voz kechishi kerak. Barcha ifloslanishlarni bartaraf qilishning iloji yo`q. Barcha ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish bizga yuqori yashash andozalaridan bahramand bo`lishimizga sabab bo`luvchi ko`plab texnologik yutuqlarga teskari 393
bo`lib qoladi. Imkon qadar atrof-muhitni toza qilish uchun kam kishi kam ovqatlanish, yetarli bo`lmagan tibbiy yordam yoki sifatsiz uy-joylarni qabul qilishga tayyor bo`ladi. Iqtisodchilar ba'zi ekologik faollar iqtisodiy jihatdan o`ylamasdan o`z da’volariga zarar yetkizadi deb aytadi. Toza muhit boshqa tovarlar kabi tovardir. Barcha normal tovarlar kabi u ijobiy daromad egiluvchanligiga ega: Boy davlatlar rivojlanmagan davlatlarga qaraganda tozaroq muhitga ega va shuning uchun, odatda, qat'iy muhitni muhofaza qiladi. Bundan tashqari, boshqa ko`plab tovarlar kabi, toza havo va toza suv talab qonuniniga bo`ysunadi: atrof-muhit muhofazasi narxi qanchalik past bo`lsa, jamoat istagi shunchalik ko`p bo`ladi. Ifloslantirishga ruxsat va tuzatuvchi soliqlar yordamida iqtisodiy yondashuv atrof-muhitni muhofaza qilish harajatlarini kamaytiradi va, shuning uchun, toza atrof-muhit uchun ijtimoiy talabni oshiradi.
Tashqi ta’sirlar bozorlarning samarasiz bo`lishiga sabab bo`lsa-da, hukumat harakati har doim ham muammoni hal qilish uchun zarur emas. Ba’zi hollarda, odamlar xususiy yechimlar ishlab chiqishi mumkin. Xususiy yechim turlari Ba'zan tashqi ta’sir muammolari ma'naviy kodekslar va ijtimoiy sanksiyalar bilan hal etiladi. Ko`p odamlar nima uchun, masalan, hamma joyni iflos qilmasligini ko`rib chiqaylik. Iflos qilishga qarshi qonunlar mavjud bo`lsa-da, bu qonunlar kuchli amal qilmaydi. Ko`pchilik odamlar iflos qilmaydi, chunki bunday qilish, albatta, noto`g`ri narsa. Ko`pchilik bolalarga o`rgatiladigan “Oltin qoida”ga ko`ra, "hammani o`zingdek bil". Bu ma'naviy to`siq bizning xatti-harakatlarimiz boshqa odamlarga qanday ta'sir etishini hisobga olish kerakligini aytadi. Iqtisodiy jihatidan, u tashqi ta’sirni o`zlashtirish ma’nosini bildiradi. Tashqi ta’sirlar uchun yana bir xususiy yechim tashqi ta’sirlarni hal qilish uchun tashkil etilgan xayriyalardir. Misol uchun, maqsadi atrof-muhitni himoya qilish bo`lgan Sierra Club xususiy xayriya bilan moliyalashtiriladigan notijorat tashkilot hisoblanadi. Boshqa bir misol sifatida, kollej va oliy o`quv yurtlari
394
bitiruvchilari, korporatsiyalar va fondlardan sovg`alar oladi, chunki ta'lim jamiyat uchun ijobiy tashqi ta’sir olib keladi. Hukumat xayriya uchun daromad solig`iga imtiyozlar beruvchi soliq tizimi orqali tashqi ta’sirning bu xususiy yechimini rag`batlantiradi. Xususiy bozor ko`pincha tegishli partiyalarning manfaatlariga tayanib tashqi ta’sirlar muammosini hal qilishi mumkin. Ba'zan hal qilish turli xil biznes integratsiyasi shaklini oladi. Misol uchun, bir-biriga yaqin joylashgan olma yetishtiruvchi v aasalarichini olaylik. Har bir biznes boshqasiga ijobiy ta'sir etmoqda: daraxtlar gulini changlash orqali asalarilar bog`bonga olma yetishtirishda yordam beradi. Shu bilan birga, asalarilar olma daraxtlaridan nektar olib asal ishlab chiqarish uchun foydalanadi. Shunday bo`lsa-da, olma yetishtiruvchi qancha daraxt ekishga qaror qilishi va asalarichi qancha asalari saqlashga qaror qabul qilishida, ular ijobiy tashqi ta'sirni hisobga olmaydilar. Natijada, olma yetishtiruvchilar juda kam daraxt ekadi va asalarichi juda oz asalari saqlaydi. Asalarichi olma bog`larini sotib olsa yoki olma yetishtiruvchi asalari qutilarini sotib olsa, bunda tashqi ta’sirlar o`zlashtirilishi mumkin: Har ikki faoliyat keyin bir xil firma ichida bo`ladi va bu firma daraxtlar va asalarilar maqbul sonini tanlashi mumkin bo`ladi. Tashqi ta’sirni o`zlashtirish ayrim firmalarning turli turdagi bizneslarga jalb qilinishining bir sababidir. Xususiy bozor uchun tashqi ta'sirni hal qilishning yana bir usuli manfaatdor tomonlar bilan aloqaga kirishishdir. Yuqoridagi misolda, olma yetishtiruvchilar va asalarichi o`rtasidagi shartnoma juda kam daraxt va juda oz ari muammosini hal qilishi mumkin. Shartnoma daraxtlar sonini, asalarilar sonini va ehtimol, bir tomonning boshqa biriga to`lovlarini belgilashi mumkin. Daraxtlar va asalarilar to`g`ri sonini aniqlash orqali shartnoma odatda bu tashqi ta’sirdan kelib chiqadigan samarasizlik hal qilinishi va ikki tomon uhcun yaxshi bo`lishi mumkin.
Tashqi ta’sirlarni hal qilishda xususiy bozor qanchalik samarali? Mashhur natija, iqtisodchi Ronald Kouz nomi bilan ataluvchi Kouz teoremasi, uning ba'zi hollarda juda samarali bo`lishi mumkinligini aytadi. Kouz teoremasiga ko`ra, agar 395
xususiy partiyalar hech qanday harajatsiz resurslarni taqsimlash ustida savdolashishi mumkin bo`lsa, unda xususiy bozor har doim tashqi ta’sir muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi. Kouz teoremasi qanday ishlashini ko`rish uchun, bir misolni ko`rib chiqaylik. Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo`shnisi Jeynni bezovta qiladi. Dik itga egalik qilishdan manfaatdor, lekin it Jeynga salbiy tashqi ta'sir ko`rsatadi. Dik Spotni umumiy itlar joyiga yuborishga majbur qilinishi kerakmi, yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi? Avvaliga qaysi natija ijtimoiy samarali ekanligini ko`rib chiqaylik. Ikki muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini Jeynga it hurishidan ketadigan harajatni solishtiradi. Foyda harajatlardan ko`proq bo`lsa, Dik itni olib qolishi va Jeynning it hurishiga chidab yashashi samarali bo`ladi. Lekin agar harajat foydadan yuqori bo`lsa, unda Dik itdan xalos bo`lishi kerak.
Kouz teoremasiga ko`ra, xususiy bozor samarali natijani o`zi topadi. Qanday? Lola shunchaki itdan qutilish uchun Dilshodga to`lash taklifini qilishi mumkin. Lola taklifidagi pul miqdori itni tutib turish manfaatidan yuqori bo`lsa, Dilshod shartnomani qabul qiladi. Narx ustida savdolashish orqali, Dilshod va Lola har doim samarali natijaga erishishi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 500 so`mlik foyda oladi va Lola it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola itdan qutilish uchun Dilshodga 600 so`m taklif qilishi mumkinva Dilshod buni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq va samarali natijaga erishildi. Albatta Dilshod qabul qiladigan har qanday narxni Lola taklif qilishga tayyor bo`lmasligi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 1000 so`mlik foyda oladi va Lola it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola 800 so`mdan yuqori miqdorda hech qanday taklif qilmaydi, Dilshod esa 1000 so`mdan kam har qanday taklifni rad etadi. Shuning uchun, Dilshod itni olib qoladi. Shunday bo`lsada, harajat va foydani hisobga olsak, bu natija samarali 396
hisoblanadi. Hozircha, biz Dilshod huradigan it saqlash uchun qonuniy huquqia ega deb tasavvur qildik. Boshqa so`zlar bilan aytganda, biz Lola Dilshodni ixtiyoriy ravishda itdan voz kechishga undash uchun yetarlicha to`lamasa, Dilshod Spotni olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Lola tinchlik uchun haqli bo`lsa, natija qanday qilib har xil bo`ladi? Kouz teoremasiga ko`ra, huquqlarning boshlang`ich taqsimoti bozorning samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun, Lola qonuniy Dilshodni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin deylik. Bu huquqga ega bo`lish Lola foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o`zgartirmaydi. Bu holda, Dilshod itni saqlashga ruxsat berish uchun Lolaga to`lov taklif qilishi mumkin. Dilshod uchun itning foydasi Lola uchun it hurishi harajatidan ortiq bo`lsa, u holda Dilshod va Lola Dilshod itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi. Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, Dilshod va Lola samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o`rinsiz emas: Bu iqtisodiy farovonlik taqsimlanishini aniqlaydi. Dilshodning huradigan itga yoki Lolaning tinchlik huquqiga ega yoki ega emasligi oxirida savdolashishdan kim kimga to`lashi kerakligi aniqlanadi. Lekin har ikki holda ham, ikki tomon bir-biri bilan savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan yuqori bo`lsagina Dilshod it saqlay oladi. Xulosa uchun: Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o`zaro tashqi ta’sir
Kouz teoremasining mantiqiga qaramay, xususiy shaxslar ko`pincha tashqi ta’sir muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Kouz teoremasi faqat manfaatdor tomonlar bitim tuzishi va amalga oshirishida hech qanday muammo bo`lmaganda amal qiladi. Biroq real dunyoda, o`zaro manfaatli shartnoma tuzish mumkin bo`lsa ham, savdolashish har doim ham ishlayvermaydi. 397
Ba'zan manfaatdor tomonlar operatsion harajatlar, ya’ni savdolashish jarayonida tomonlar rozi bo`ladigan harajatlar, tufayli tashqi ta’sir muammosini hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bizning misolda, tasavvur qiling, Dilshod va Lola turli tillarda gapirishadi, shuning uchun, shartnomaga erishish uchun ular tarjimon yollashi kerak. Agar huruvchi it muammosini hal qilish foydasi tarjimon harajatidan kam bo`lsa, Dilshod va Lola masalasini yechilmagan holatda tashlab qo`yishi mumkin. Yanada real misollarda, operatsion harajatlari tarjimon harajati emas, balki shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun zarur bo`lgan huquqshunos harajatlari bo`ladi. Boshqa vaqtlarda, savdolashish shunchaki buziladi. Urushlar va mehnat to`qnashuvlari sodir bo`lishi kelishuvning qanchalik qiyin bo`lishi mumkinligini ko`rsatadi va kelishuvga erishish juda qimmatga tushishi mumkin. Muammo shundaki, har bir tomon odatda o`zi uchun yaxshiroq shartnoma uchun harakat qiladi. Misol uchun, Dilshod itdan 500 so`mlik foyda oladi va Lola it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Lolaning itdan qutilish uchun Dilshodga to`lashi samarali bo`lsa-da, bu natijaga olib kelishi mumkin bo`lgan ko`plab narxlar bor. Dilshod 750 so`m talab qilishi mumkin, va Lola faqat 550 so`m taklif qilishi mumkin. Ular narxi ustida savdolashaversa, huradigan it bilan samarasiz natija davom etaveradi. Manfaatdor tomonlar soni ko`p bo`lganda samarali savdolashishga erishish, ayniqsa, qiyin, chunki hammani muvofiqlashtirish qimmatga tushadi. Misol uchun, yaqin ko`l suvini ifloslantiradigan bir zavodni olaylik. Ifloslanish mahalliy baliqchilarga salbiy tashqi ta'sir ko`rsatmoqda. Kouz teoremasiga ko`ra, ifloslanish samarasiz bo`lsa, unda baliqchilar ifloslantirmaslik uhchun zavodga haq to`lashi orqali zavod va baliqchilar savdolashishga erishishi mumkin. Biroq, agarda baliqchilar ko`p bo`lsa, zavod bilan savdolashishga ularning barchasini muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin. Xususiy savdolashish ishlamaganda, ba'zan hukumat rol o`ynashi mumkin. Hukumat ommaviy harakatlar uchun mo`ljallangan muassasa hisoblanadi. Bu misolda, baliqchilar o`zlari uchun harakat qilishi ilojsiz bo`lsa ham, davlat |
ma'muriyatiga murojaat qiling