I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
- 18.1.Mahsulotlarning turli xil turlari
- Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar
- Mazkur bobda biz iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmagan mahsulotlarni ko`rib chiqamiz
- 18.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar
- “Tekinxo`rlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga haq to`lamaydigan kishilar) muammosi.
- Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar
- Fundamental ilmiy tadqiqotlar.
Qisqacha xulosalar
qilsa, bu ta’sir tashqi ta’sir deb nomlanadi. Agar biron faoliyat salbiy tashqi ta’sir keltirsa, masalan, iflonlanish, bozordagi ijtimoiy maqbul miqdor muvozanat miqdordan kam bo`ladi.
Hukumatlar tashqi ta’sirlardan kelib chiqqan samarasizlikni bartaraf qilish uchun turli siyosat olib boradi. Ba’zida hukumat xatti-harakatni nazorat qilish orqali ijtimoiy samarasizlikni oldini oladi. Boshqa paytlarda, tuzatuvchi soliqlar orqali tashqi ta’sirni o`zlashtiradi. Yana bir ijtimoiy siyosat ruxsatlar joriy qilishdir. Masalan, hukumat cheklangan ifloslantirish ruxsatlarini joriy qilish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishi mumkin. Bu siyosatning natijasi ko`p jihatdan ifloslantiruvchilarga tuzatuvchi soliq solish bilan bir xil.
Tashqi ta’sirga uchraganlar ba’zida muammoni o`zlari hal qilishi mumkin. Misol uchun, bir biznes boshqa biznesga tashqi ta’sir ko`rsatsa, ikkala biznes qo`shilishi orqali ushbu tashqi ta’sirni o`zlashtirilishiga erishishi mumkin. Yoki bo`lmasa, manfaatdor tomonlar shartnoma ustida muzokara qilib muammoni yechishi mumkin. Kouz teoremasiga ko`ra, agar odamlar harajatsiz savdolashishsa, ular kelishuvga kelishi mumkin va unda resurslar samarali taqsimlanadi. Ammo ko`pgina hollarda ko`p manfaatdor tomonlar o`rtasida savdolashish qiyin, shuning uchun Kouz teoremasi bu yerda ishlamaydi. Tayanch so`z va iboralar: tashqi ta’sir tashqi ta’sirni o`zlashtirish tuzatuvchi soliq Kouz teoremasi operatsion harajatlar Nazorat savollari
1. Salbiy tashqi ta’sir va ijobiy tashqi ta’sirga misol keltiring. 2.
tashqi ta’sirni tushuntirish uchun talab-va-taklif rasmini chizing. 399
3.
Qanday qilib patent tizimi jamiyatga tashqi ta’sir muammonsini hal qilishda yordam beradi? 4.
Tuzatuvchi soliqlar nima? Nega iqtisodchilar atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilishda ulardan foydalanishni afzal ko`radi? 5.
aralashuvisiz hal qilish mumkin bo`lgan yo`llar ro`yxatini tuzing. 6.
Tasavvur qiling, siz chekmaysiz, lekin chekadigan kishi bilan bir xonada
7.
turibsiz. Kouz teoremasiga ko`ra, xonadoshingiz xonada chekish yo chekmasligini nima belgilaydi? Bu natija samaralimi? Siz va xonadoshingiz bu muammoga qanday yechim topasiz?
400
XVIII-BOB. IJTIMOIY NE`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR
Mashhur bir lirik qo`shiqda ta’kidlanishicha: "hayotda eng yaxshi narsalar odatda tekin bo`ladi". Qisqa fursatli fikr yuritish natijasida shuni anglash mumkinki mazkur qo`shiq muallifi ko`z oldiga anchagina uzun ro`yxatdagi mahsulotlarni keltirganligi tabiiy. Tabiat ushbu mahsulotlardan ba’zi birlarini bizga taqdim etgan: daryolar, tog`lar, plyajlar (sohillar), ko`l va okeanlar. Davlat esa boshqalarini taqdim etgan: o`yinlar maydonchalari, hiyobonlar va paradlar (namoyishlar). Har ikki holatda ham kishilar o`zlari tanlab olgan dam olish (ehtiyojlarini qondirish) vositalari uchun haq to`lashmayilar. Narxga ega bo`lmagan mahsulotlar iqtisodiy tahlil uchun alohida muammolarni keltirib chiqaradi. Bizning iqtisodiyotda ko`pchilik mahsulotlar xaridorlar o`zlari to`layotgan narsasi uchun, sotuvchilar esa o`zlari sotayotgan narsasi uchun ularni qabul qilib olayotgan bozorda namoyon bo`ladi. Bunday mahsulotlar uchun narxlar sotuvchi va xaridorlar qarorlarini o`zgartiruvchi o`ziga xos signal vazifasini bajaradi hamda bu qarorlar resurslarni samarali taqsimlanishiga olib keladi. Qachonki mahsulotlarni tekin olish imkoniyati bo`lsa, u holda bozorni tartibga soluvchi va resurslarni taqsimlovchi kuchlar mavjud bo`lmaydi. Ushbu bo`limda biz mahsulotlarda bozor bahosi mavjud bo`lmagan holatda resurslarni taqsimlashda yuzaga keluvchi muammolarni ko`rib chiqamiz. Bizning tahlilimiz Iqtisodiyotning 10 ta asosiy tamoyilidan biri bo`lgan – «Davlat ba’zida bozor ko`rsatkichlarini yaxshilashi mumkin» tamoyilini yoritib berishga xizmat qiladi. Qachonki mahsulot unga ilova qilingan narxga ega bo`lmasa, xususiy bozorlar mahsulotni kerakli
hajmda ishlab
chiqarilayotganligini va iste’mol qilinayotganligini kafolatlay olmaydilar. Bunday hollarda davlatni iqtisodiy siyosati bozorni inqirozga yuz tutishini oldini olishi va iqtisodiy barqororlikni ta’minlab berishi mumkin.
Bozorlar insonlar hohlayotgan mahsulotlar etkazib berishda qanchalik 401
yaxshi ishlashadi? Bu savolga javob masalani mohiyatini qay darajada chuqur anglib etilganligiga bog`liq. Biz ta’kidlab o`tganimizdek, bozor konussimon qutili muzqaymoqni samarali sonini ta’minlab berishi mumkin: muzqaymoqning narxi ularga bo`lgan talab va taklifni muvozanatlashtirishi mumkin, va bu muvozanat ishlab chiqaruvchi daromadlarini maksimallashtirishi hamda iste’mol tanqisligini bartaraf etishi mumkin. Bundan tashqari, biz 10 bobda ko`rib o`tganimizdek, bozor alyuminiy ishlab chiqaruvchilarini biz nafas olayotgan havoni ifloslantirishdan qaytarishga umid qila olmaydi. Bozorda xaridor va sotuvchilar odatda o`z qarorlarining tashqi oqibatlariga e’tibor qaratishmaydi. Shunday qilib, bozorlar mahsulot muzqaymoq bo`lganda yaxshiroq va mahsulot toza havo bo`lganda yomonroq ishlashadi. Bozordagi turli xil mahsulotlar haqida fikr yuritib, ularni quyidagi ikki sifatiga ko`ra guruhlash mumkin: - Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish (eksklyuzivlik) xususiyatiga egami? Ya’ni, kishilarni uni iste’molidan mahrum etish mumkinmi? - Mahsulot iste’molda cheklanganmi? Ya’ni, bir kishining mahsulotni iste’mol qilishi boshqa kishilarning uni iste’mol qilish qobiliyatlarini kamaytiradimi? Ushbu ikki sifatni ishlatilishi, 1-rasmda mahsulotlarni 4 guruhga taqsimlaydi: 1. Shaxsiy buyumlar ist’emoldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega. Masalan, konussimon qutili muzqaymoqni ko`rib chiqamiz. Muzqaymoq iste’moldan olinishi mumkin, chunki kimnidir muzqaymoq iste’molidan mahrum qilish uchun o`sha kishiga muzqaymoqni bermaslikni o`zi kifoya. Konussimon qutili muzqaymoq iste’molda cheklangan, chunki agarda biror kishi muzqaymoqni iste’mol qilsa boshqa bir kishi aynan o`sha muzqaymoqni iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Iqtisodiyotda ko`pgina mahsulotlar aynan konussimon qutili muzqaymoq kabidir: siz to`lovni amalga oshirmay turib biror narsani qo`lga kirita olmaysiz va siz to`lovni amalga 402
oshirgandan so`ng shu tovar hisobiga foyda olishi mumkin bo`lgan yagona shaxsga aylanasiz. Biz ilgarigi talab va taklifni, shuningdek bozorlar samaradorligini ta’lil qilganimizda mahsulotlar ist’emoldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega ekanligini taxmin qilgan edik. 2. Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega emasdirlar. Ya’ni kishilarga umumiy foydalanishdagi mahsulotlarning iste’molini cheklash mumkin emas, shuningdek bir kishining iste’moli boshqa kishining uni iste’mol qilish imkoniyatini kamaytirmaydi. Masalan, kichik shaharchada tornado ovozi umumiy foydalanishdagi mahsulot hisoblanadi. Ya’ni, tornado yuzaga kelgandan keyin hech kimni uning ovozidan himoya qilish mumkin emas (demak bu ist’emoldan olinishi mumkin emas). Undan tashqari, biror kishi ushbu shovqindan foyda oladigan bo`lsa, u boshqa biror kishining imkoniyatlarini kamaytirib yubormaydi (demak bu iste’molda cheklangan emas).
mahrum qilinishi mumkin bo`lmagan mahsulotlar. Masalan, okeandagi baliq iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib olsa, u holda boshqa bir shaxs uchun tutib olish mumkin bo`lgan baliqlar soni kamayadi. Shu bilan birga bu baliqlar, iste’moldan mahrum qilinishi mumkin bo`lgan mahsulot emas. Sababi okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak, baliq tutuvchilarni baliq tutishdan to`xtatish o`ta mushkul vazifadir. RASM Tovarlarning to'rt turi. Mahsulotlar ikki xususiyatlariga ko'ra to'rt toifaga guruhlangan bo'lishi mumkin; (1)
odamlar undan
foydalanishdan to’xtatiadigan tovarlar bundan mustasno. (2) Agar bitta odamning tovarlarni iste’mol qilishi, boshqa odamlarning shu tovarlarni iste’mol qilishlarini qisqartirsa, bu tovarlar raqobatdosh bo’ladi. Xususiy mulk • Muzqaymoq ko’nusi • kiyimlar • tirband yo’llardan foydalanish uchun to’lov
Umumiy resurslar • dengizdagi baliq • Atrof muhit • bepul yo’llardan ketyapish Tabiiy monopoliyalar • yong'indan himoya • Kabel TV • tirbanad bo’lmagan yo’llar uchun to’lov davlat maxsulotlari • Milliy mudofaa • Tirband bo’lmagan yo’llar uchun to’lov Ha
Mustasnomi? Yo`q
Ha Yo`q
Iste'moldagi raqobat?
403
4. Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lish bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega bo`lmasa, u holda mazkur mahsulot tabiiy Monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol bo`la oladi. Masalan, kichik shaharchada yong`inga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. Biror kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’mol qilishdan mahrum etish juda oson: yong`inga qarshi kurashish bo`limi shunchaki o`sha kishining uyini yonib bitishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (xizmat) cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shaharning yong`inga qarshi kurashish bo`limi harajatlari to`langanda, kichik bir uyni yong`indan himoya qilish harajatlari hech narsa emas. Yuqorida ko`rib chiqilgan 1-rasm mahsulotlarni aniq 4 guruhga bo`lishni ko`zda tutganiga qaramasdan, odatda ular o`rtasidagi chegara ko`p hollarda aniq bo`lmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki iste’molda cheklanganmi ko`p holatlarda aniq bir darajaga bog`liq bo`lib qoladi. Okeandagi baliq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmaydi, sababi okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga qo`riqlanadigan qirg`oqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot bo`lgani bilan baliq ovlovchilar soniga ko`ra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida ko`rib o`tish mumkin (shimoliy-amerikalik balik tutvchilarni u erlarga evropalik ko`chmanchilarni ko`chib kelgungacha bo`lgan holatini eslang). Bu fikr bizning tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa to`rt guruh mahsulotlari uchun ham foydali bo`ladi. Mazkur bobda biz iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmagan mahsulotlarni ko`rib chiqamiz: ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar va umumiy resurslar. Sababi kishilar bu mahsulotlarni iste’molidan mahrum etilishlari yoki voz kechishlari mumkin emas, ular hamma uchun mavjud. Ommaviy mahsulotlar va umumiy resurslarni o`rganish tashqi faktorlarni o`rganish bilan chambarchas bog`liq. 404
Ushbu har ikkala mahsulot uchun ham tashqi faktorlar yuzaga keladi, chunki ba’zi bir tabiiy ne’matlar (boyliklar) narxga ega bo`lmaydi. Agar biror bir kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotdan iste’mol qilishi (foydalanishi) kerak bo`lsa, aytaylik tornado ovozidan, boshqa bir kishi esa undan ko`ra yaxshiroq ko`rinishda (vaziyatda) ham foydalanishi mumkin. Ularning har ikkisi mahsulot uchun haq to`lamasdan foyda olishadi – bu ijobiy tashqi ta’sir. Xuddi shunday, biror kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotni iste’mol qilayotganda, aytaylik okeandagi baliqni, boshqa kishilarda undan foydalanish imkoniyati pasayib ketadi, chunki tutilishi mumkin bo`lgan baliqlar soni kamayadi. Ular yuzaga kelgan yo`qotishdan ma’lum ma’noda zarar ko`rishadi, biroq hech kim buni qoplab berish majburiyatini olmaydi – bu esa salbiy tashqi ta’sir. Ushbu kabi tashqi ta’sirlar tufayli, iste’mol qilish va ishlab chiqarish to`g`risidagi ko`pchilik qarorlar resurslarni samarasiz taqsimlanishiga olib keladi. Ushbu holatlarda davlatning aralashuvigina iqtisodiy farovonlikka va resurslar barqarorligiga olib kelishi mumkin.
Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlarni boshqa mahsulotlardan farqini yaxshiroq tushunish va ular tufayli jamiyatga kelib chiqishi mumkin bo`lgan muammolarni ko`rib chiqish uchun keling bir misolni ko`ramiz: mushakbozlik. Bu mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, sababi mushakbozlik bo`lgan holatda biror kishini uni tomosha qilishdan qaytarish mumkin emas. Shuningdek, bu cheklanganlik xususiyatiga ham ega mahsulot emas, sababi biror kishini mushakbozlikdan zavq olishi boshqa bir kishini undan olishi mumkin bo`lgan zavq darajasini kamaytirmaydi.
Bayramlarda ko`pchilik odamlar
mushakbozlikni yoqtirishadi. Mushakbozlik shaharchaning har 500 aholisiga 10 so`mdan to`g`ri keladi va shahar byudjetiga yakunda jami 5000 so`m daromad keltiradi. Mushakbozlikni tashkil etish harajatlari jami 1000 so`mga to`g`ri keladi. Ushbu faoliyatdan olinayotgan daromad (5000 so`m) unga ketgan harajatdan (1000 405
so`m) ko`proq ekanligi inobatga olinsa, Bayramda mushakbozlikni o`tkazish shaharcha uchun daromadli faoliyatdir. Xo`sh, xususiy sektor mazkur faoliyatni samarali yo`lga qo`ya oladimi? Yo`q. Aytaylik, shaharchada yashovchi tadbirkor Farhod shaharcha uchun mushakbozlik o`tkazishni tashkil etishga bel bog`ladi. Farhodda, shubhasiz, chiptalarni sotish bilan bog`liq muammolar yuzaga keladi, sababi uning salohiyatli mijozlari bilishadiki, mushakbozlikni chipta sotib olmasdan ham ko`rish mumkin. Sababi, mushakbozlik iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmagan mahsulotdir, chunki kishilarda chiptasiz ham mushakbozlikni tomosha qilishga rag`bat bor. “Tekinxo`rlar” bu shunday kishiki – yaxshi narsadan foyda oladi, ammo unga haq to`lamaydi. Kishilar bunda rag`batga ega bo`lishadi, turgan gapki, agar chipta sotib oluvchilar mavjud bo`lmasa bozor samarali natijaga ega bo`lmaydi. Bozorda mazkur muvaffiqqiyatsizlikni ko`rib chiqish yo`llaridan biri bu mazkur holatga sabab bo`layotgan tashqi ta’sirlarni ko`rib chiqish. Agarda, Farhod mushakbozlik marosimini shahar markazidagi displeyda namoyish etsa, bu narsa “tekinxo`r” tomoshabinlar uchun samara keltiradi, ammo Farhodga emas. Marosimni ekranda namoyish qilish to`g`risida qaror qabul qilish bilan Farhod tashqi ta’sirlarni e’tibordan chetda qoldiradi. Mushakbozlik aholi tomonidan katta qiziqishga sabab bo`lgani bilan, yakunda u daromadli faoliyat bo`lmay qoladi. Natijada, marosimni displeyda namoyish etmasdan Farhod o`zi uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini mushakbozlik zavqidan mahrum etadi. Xususiy bozor shaharcha aholisi hohishiga ko`ra mushakbozlik tashkil etishga tayyor emasligiga qaramay ushbu holatni echimi juda oddiy: to`rtinchi iyul tadbirlarini mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati aholidan olinadigan soliqni 2 so`mga oshirib, kelib tushgan mablag`lar hisobiga Farhodni mushakbozlik o`tkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada 8 so`m barcha uchun yaxshi echim, 10 so`mdan esa, 2 so`m soliq to`lovini ayirib tashlagan holda, daromad hosil bo`lmoqda. Shunday qilib, Farhod shaharchaga 406
tadbirkor sifatida yordam bera olmagan bo`lsada, unga jamiyat a’zosi sifatida yordam berishi mumkin. Shaharcha hikoyasi sodda bo`lsada real hayotni aks ettiruvchi o`ziga xos voqe’likdir. Aslida ko`pgina mahalliy hukumatlar bayramlardagi mushakbozliklar uchun pul to`lashadi. Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy mahsulotlarning umumiy xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxo`rlar” muammosi esa ommaviy mahsulotlarni xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan daromad ularga sarflanayotgan harajatlarni qoplashi mumkin bo`lgan darajada hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy harajatlarni qoplashi, barcha masalalarni ijobiy hal etishi mumkin.
Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar uchun misollar talaygina. Quyida biz ulardan eng muhim uchtasini ko`rib chiqamiz.
mudofaa tizimi bunga klassik misol bo`la oladi. Butun mamlakat himoyalangandan keyin biror bir kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’molidan, ya’ni tinchlikdan bahra olishdan mahrum qilib bo`lmaydi. Undan tashqari biror kishi mudofaa tizimidan foydalanayotganda, u boshqa bir kishini bu mahsulotdan (xizmatdan) foydalanishiga to`sqinlik qila olmaydi. Shunday qilib, mudofaa tizimi iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ham cheklanganlik xususiyatiga ham ega emas. Shu bilan birga mudofaa tizimi eng serharajat ommaviy mahsulot hisoblanadi. Bu mablag`ni ko`p yoki kamligi yuzasidan aholi o`rtasida turli xil fikrlar mavjud bo`lganiga qaramay, hech kim mudofaa tizimi uchun davlat harajatlari zarur ekanligini inkor etmaydi. Davlatni o`ziga hos himoyachilari bo`lgan iqtisodchilar ham mudofaa tizimini ommaviy mahsulot ekanligini inobatga olib, uni davlat tomonidan ta’minlanishini yoqlashadi. Fundamental ilmiy tadqiqotlar. Bilim ilmiy tadqiqotlar asosida yuzaga 407
keladi. U yoki bu davlatning bilimlarni shakllantirishga yo`naltirilgan siyosatini baholashda umumiy bilimlarni aniq texnologik bilimlardan farqlash zarur. Uzoqroq muddat xizmat qiluvchi batareykalarni ixtiro qilish, kichikroq hajmdagi mikrochiplarni yaratish yoki yaxshiroq musiqa eshitish asbobini ishlab chiqishga o`xshagan aniq texnologik bilimlar odatda patentlangan bo`lishi mumkin. Patent ixtirochiga ma’lum bir muddatda u yaratgan yoki ixtiro qilgan sohada faoliyat yuritish uchun alohida huquqni beradi. Boshqa shaxslar patentlangan ma’lumotlardan foydalanganlik huquqi uchun ixtirochiga haq to`lashadi. Boshqacha so`z bilan aytganda patent ixtirochini bilimini iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega qiladi. Bunga qarama-qarshi ravishda, umumiy bilimlar ommaviy mahsulot hisoblanadi. Masalan, matematik olim teoremani patentlay olmaydi. Teorema isbotlanganidan so`ng bilim iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ega bo`lmaydi. Teorema umumiy foydalanishdagi bilimlar sirasiga kiradi, har kim biror-bir ayblovsiz undan foydalanish huquqiga ega. Teorema shuningdek, iste’molda ta’qiqlangan ham emas, biror kishini teoremadan foylanishi boshqa bir kishini undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytirmaydi. Daromad olishga intilgan firmalar keyinchalik ularni patentlash yoki qayta sotish hisobiga ko`proq daromad olishni ko`zlab, tayyor ilmiy tadqiqotlar hisobiga yangi loyihalarni ishlab chiqishga juda ko`p mablag` ishlatishadi, biroq ular fundamental ilmiy izlanishlarga ko`p mablag` sarf etishmaydi.Bunda ularni rag`batlantiruvchi omil - ilgari boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy bilimlarga mablag`ni iqtisod qilish. Buning natijasi o`laroq, u yoki bu davlat siyosatining mavjud emasligi tufayli jamiyat yangi fundamental ilmiy izlanishlarga juda kam resurs sarflaydi. Davlat ommaviy mahsulot hisoblangan umumiy bilimlarni turli xil usullar bilan ta’minlashga harakat qiladi. Sog`liqni-saqlash milliy instituti va Milliy ilmiy jamg`arma kabi davlat idoralari tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, biologiya va hatto iqtisodiyot kabi yo`nalishlarda fundamental tadqiqotlar uchun turli xil subsidiyalar ajratadi. Ba’zi kishilar davlatning kosmik dasturlarni 408
moliyalashtirish siyosatini ularni jamiyatda umumiy bilimlarni kuchaytirilishiga qo`shishi mumkin bo`lgan hissasi tufayli yoqlashadi (biroq ba’zi olimlar komik sayoxatlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarga skeptik yondoshishgan). Olinayotgan foydani aniqlash qiyinligi hisobiga davlat tomonidan mazkur urinishlarga mustahkam qo`llab quvvatlashni aniqlash qiyin. Bundan tashqari mazkur tadbirlarga yo`naltirilgan moliyaviy mablag`larni tasdiqlab bergan Kongress a’zolari ushbu yo`nalishlarda etarlicha bilim va tajribaga ega emas, bu tadbirlarni samarali ekanligini aniqlab berishga qodir emaslar. Shunday qilib, fundamental izlanishlar ommaviy mahsulot bo`lgan bir paytda davlatni ularni kerakli hajm va yo`nalishlarda moliyalashtirishga qodir emasligiga hayron bo`lishimiz kerak emas.
Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling