I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-rasm. Yer bozorida muvozanat holat.
- 28-rasm. Differentsial renta.
- Tayanch so`z va iboralar
- BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI
Erga talab. Erga bo`lgan talab ikki xil bo`ladi: qishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan erga talab va noqishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan talab.
q/x
+D noq/x
, bu erda D - umumiy talab; S Q *
P Q 0
369
D q/x
- qishloq xo`jaligi uchun talab; D q/x
- noqishloq xo`jaligi talabi. Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (26-rasm).
26-rasm. Yerga talab. Bu erda qishloq xo`jaligi uchun bo`lgan talab chizig`i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o`zgarmaganda foydalaniladigan erning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari yer unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o`ynagan. Noqishloq xo`jalik sohalarining yerga bo`lgan talab chizig`i ham manfiy yotiqlikka ega. Bu erda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi erlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga to`g`ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lmagan sohalar uchun erga bo`lgan talab o`sish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o`z ichiga uy-joy qurish uchun bo`lgan talabni, infratuzilma ob’ektlari uchun va sanoat ob’ektlari qurish uchun bo`lgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo`lganda ko`pchilik ortiqcha pulini er sotib olishga sarflaydi (yerga bo`lgan inflyatsion talab). Shuning uchun ham er boylikni saqlash va uni ortishini ta’minlash ob’ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo`jalik yerlarga talab yerning hosildorligiga bog`liq bo`lmay, ko`proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bog`liqdir. Odatda shahar markazlaridagi yer narxi yuqori bo`ladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa uning narxi kamayib boradi. P
D = D қ/х
+D ноқ/х
D ноқ/х
D қ/х
370
Qishloq xo`jaligi uchun kerak bo`lgan erlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, erning joylashuviga (qishloq xo`jalik mahsulotlari iste’molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bog`liq. Qishloq xo`jalik yerlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo`ladigan talab bilan belgilanadi. Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. Shuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga bo`lgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam o`zgaradi. Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab bo`lishi mumkin va aksincha, taklifning ko`payishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.
foydalanganlik uchun to`lov. Iqtisodiy renta yer rentasiga ko`ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida ko`rgan edik. Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog`liq bo`lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan). Yer rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz qilinadi: *
*
barcha yerlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi; *
barcha yerlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi; *
barcha yerlarning unumdorligi bir xil. Yer taklifi absolyut elastik bo`lmagani uchun, yer taklif chizig`i vertikal ko`rinishda bo`ladi (27-rasm).
371
27-rasm. Yer bozorida muvozanat holat. Yerga bo`lgan talab chizig`i D (yer unumdorligining pasayish qonuniga ko`ra) manfiy yotiqlikka ega. Yer taklifi chizig`i S ni talab chizig`i D 1 bilan kesishgan nuqtasi E 1 yer bozoridagi muvozanat holatini bildiradi. P 1 muvozanat renta bo`lib, u har oyda ijarachi tomonidan er egasiga to`lanadi. P E Q E 1 1
0 to`rtburchak yuzi barcha yerdan foydalanish uchun to`lanadigan umumiy renta. Agar asosiy mahsulot bug`doy bo`ladigan bo`lsa, bug`doyga bo`lgan talabning ortishi, yerga bo`lgan talabning ortishiga olib keladi
D 3 , natijada bir gektar yerga to`lanadigan renta P 1 dan P 3 ga ko`tariladi. Ushbu holat umumiy (absolyut) renta 0 3 3 P E Q E to`rtburchak yuziga teng bo`ladi. Agar bug`doyga bo`lgan talab kamaysa, har oyda to`lanadigan renta ham kamayadi va umumiy renta qiymati 0 2
E to`rtburchak yuzigacha kamayadi. Ko`rinib turibdiki, taklif absolyut elastik bo`lmaganda yer rentasi asosan unga bo`lgan talabga bog`liq. Differentsial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo`yicha hamda joylashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo`yicha 3 xil yer bo`lsin, ya’ni, yaxshi, o`rtacha va yomon yerlar. Bu yerlarning hosildorligi har xil bo`lganligi uchun, ularning teng o`lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat P
3
1
2
E 3
D 3
E 1
E D 1
D 2
0 Q Q E
372
sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo`lgan erdan, boshqa yerlarga nisbatan ko`proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yerning faqat tabiiy hosildorligi bilan bog`liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o`rtacha yer rentasiga ko`ra yuqori, o`rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko`ra ko`p bo`ladi, yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (28-rasm). Eng yaxshi er egasi har bir gektar erdan har oyiga differentsial renta P 1 ni oladi, o`rtacha er egasi - P 1 rentani. Yomon erning rentasi nolga teng. biz bu erda yaxshi, o`rtacha va yomon erlarning o`lchami teng deb faraz qildik. Xuddi shunga o`xshash differentsial rentalarni erlarning joylashuviga ko`ra ham aniqlash mumkin.
28-rasm. Differentsial renta. Biz yuqorida erlarni tabiiy hosildorligi bo`yicha rentalarni ko`rdik. Lekin, yer hosildorligini unga qo`shimcha kapital sarflab ham (masalan, optimal darajada o`g`it berish, yangi agrotexnikani qo`llash) oshirish mumkin. Masalan, yaxshi yerga qo`shimcha kapital sarflasak, u quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: a) qo`shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi mumkin (bu holda yer rentasi
1 dan P 1 * ga oshadi); b) sarflangan qo`shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini kamayishiga olib keladi (bu holda yaxshi yer rentasi pasayib P 1 ' ni tashkil etadi). Bordi-yu, qo`shimcha kapital sarfi samaradorlik darajasini o`zgartirmasa, yer rentasi ham o`zgarmaydi.
P E* E 1
P 1
E' P 1 ' E 2
P 2
Q E 1
P 1 * D 1 * D MRP 1 1
1 '
D MRP 2 2
MRP 3 3
373
Yer narxi. Yer narxi yer rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi. Faraz qilaylik, ma’lum bir yer uchastkasi o`lchami yer egasiga bir yilda P renta
(so`mda) keltirsin. Yer qiymatini aniqlashda yer egasi uchun alternativ qiymatdan foydalaniladi. Yer narxi shunday pul miqdoriga tengki, agar uni bankga qo`ysak, undan olinadigan foyda ushbu yerdan olinadigan foydaga teng bo`lsa. Demak, yer narxi kelajakda olinadigan yer rentasining diskontirlangan (keltirilgan) qiymatiga teng:
P P i k k k åð 1 1 .
Yer narxi - bu kapitalni muddatsiz qo`yish demakdir. Agar k
bo`lsa, 1 1 0
k , u holda 1 Њр , 1
k k i P i P P
bu erda P k -
k - yil rentasi; i - ssudaning bozor foiz stavkasi. Agar renta 1000 so`m bo`lsa, ssudaning bozor foiz stavkasi 5% bo`lsa, yerning narxi
P åð 1000 5% 100000
5 20000
so`m bo`ladi. Haqiqatdan qaraganda renta ijarachining yer egasiga to`laydigan ijara haqining bir qismi hisoblanadi. Ijara haqi tarkibiga rentadan tashqari yer ustidagi inshootlarning amortizatsiyasi hamda yerga qo`yilgan kapital foizi kiradi. Yer egasi yer ustiga qandaydir qurilish qilgan bo`lsa yoki inshootlar qurgan bo`lsa, ularning qiymatini qoplashi kerak, xuddi shunday, agar kapital sarflagan bo`lsa, ushbu kapitalga foiz olishi kerak. Yer egasi ushbu kapitalni bankga qo`yib foiz olishi mumkin edi. Misol 1. Fermer xo`jaligida bug`doy etishtirish funktsiyasi quyidagi ko`rinishga ega:
x x 400 2 2 .
- bug`doy ishlab chiarish hajmi er maydoni
ga bog`liq. Bir tsentner bug`doyning narxi 20 so`m. Agar fermerning er maydoni 30 gektar bo`lsa, u er
374
egasiga qancha miqdorda renta to`laydi? Agar foiz stavkasi bir yilda 10% bo`lsa, bir gektar er narxi necha so`mga teng bo`ladi? Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni dQ dX MP X x 400 4
.
Erning puldagi chekli mahsuloti: MRP X 8000 80
.
Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun MRP X 8000 80
8000 80 30 8000 2400 5600 so`m.
Demak, fermer har bir gektar er uchun 5600 so`m renta to`laydi. Fermerning umumiy daromadi:
204000 20 2 400 2
X R
Er narxi=ijara to`lovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 so`m bir gektari uchun. Qisqacha xulosalar Bu bo’lim ishchi, yer va kapitalning ulushini ishlab chiqarish jarayonida qanday ajratib berilishini tushuntirib beradi. Bu fikr taqsimotning neoklassik
omiliga to’langan miqdor o’sha fikr uchun ta’minlov va talabiga bog’liqdir. Talab esa o’z navbatida o’ziga xos omilning ozgina mahsuldorligiga bog’liqdir. Tenglanishda, mahsulotning har bir omili tovarlar va xizmat ko’rsatish mahsulotiga uning ozgina ulushining qadrini ishlab topadi. Hattoki shu qatlamda, siz bu savolga javob berishda quyidagicha boshlash mumkin. Nima uchun kompyuter dasturlovchilar gaz xodimlaridan ko’ra ko’proq pul ishlab topadi? Buning sababi shuki dasturlovchilar yuqoriroq bozor bahosini ishlab chiqara oladi gaz xodimidan ko’ra. Odamlar yaxshi kompyuter o’yini uchun yaxshi pul to’lashga xohish bildirishadi lekin ular o’zlarining yorilgan gaz trubalariga esa kam pul to’lashga xohish bildirishadi. Bu ishchilarning oylik maoshi ular ishlab chiqaradigan tovarlarning bozor narxlariga ta’sir qiladi. Agar odamlar
375
kompyuterdan foydalanishdan charchashsa va ko’p vaqtlarini moshina haydashga sarflashsa, tovarlarning narxlari o’zgaradi va ikki ishchi guruhlar o’rtasidagi oylik maosh tengligi vujudga kelardi.
Iqtisodiy daromad ishlab chiqarish omillari bozorida taqsimlanadi. Ishlab chiqarishning eng muhim 3 omili ishchi kuchi, yer va kapital.
chiqarish uchun korxonalar tomonidan qilinadigan talab.
Har bir omilga to`lanadigan narx har bir omil uchun talab va taklif muvozanatini o`rnatadi. Chunki omillarga bo`lgan talab o`sha omilning matjinal mahsulot qiymatida aks etadi.
Ishlab chiqarish omillari birgalikda foydalanilganligi sababli, ixtiyoriy omilning chekli maxsuloti mavjud barcha omillarning miqdoriga bog`liq. Natijada, bir omil taklifidagi o`zgarish barcha omilning muvozanat daromadini o`zgartiradi.
funksiyasi ishchi kuchining chekli maxsuloti chekli mahsulotning pasayishi chekli mahsulot qiymati kapital.
1.
Mehnat bozoridagi ikki tomonlama Monopoliya 2.
Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi 3.
Iqtisodiy renta 4.
Nominal va real daromadlar 5.
Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi 6.
Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati 7.
Djin koeffitsienti 8.
Qiymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada? 9.
Loyihalarni baholashda inflyatsiyaning ta’siri qanday hisobga olinadi? 10.
Yer bozorining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 11.
12.
Yer rentasiga izoh bering. 376
XVII BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI
Qog`oz ishlab chiqarish va sotish firmalari ishlab chiqarish jarayonida shuningdek dioksin deb ataluvchi kimyoviy birikmani yaratdilar. Olimlar dioksin atrof-muhitga chiqarilishi, aholi o`rtasida saraton, tug`ilishdagi nuqsonlar va boshqa sog`liq bilan bog`liq muammolar xavfini oshiradi, deb hisoblaydilar. Dioksin ishlab chiqarish va uning atrof-muhitga chiqishi jamiyat uchun muammomi? Biz bozorlar kamyob resurslarni talab va taklif kuchlari yordamida qanday taqsimlashini o`rgandik va biz talab hamda taklifning muvozanatida odatda resurslar samarali taqsimlanishiga ishonch hosil qildik. Adam Smitning mashhur metaforasidan foydalansak, bozorning “ko`rinmas qo`li” o`z manfaatini ko`zlovchi sotuvchi va xaridorlarni jamiyat oladigan umumiy foydasi maksimallashadigan bozorga olib keladi. Bu qarash Iqtisodiyotning o`nta tamoyilidan biriga asoslangan: odatda bozor- iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning yaxshi yo`lidir. Shuning uchun biz “ko`rinmas qo`l” qog`oz bozoridagi firmalarning juda ko`p dioksin chiqarishiga yo`l qo`ymaydi degan xulosaga kelishimiz kerakmi? Bozorlar ko`p ishlarni yaxshi bajaradi, lekin hamma ishlarni emas. Bu bobda biz iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining yana birini o`rganishni boshlaymiz: ba'zan hukumat bozor faoliyati natijalarini yaxshilash imkoniyatlariga ega. Biz bozorlar resurslarni samarali taqsimlashda nega ba’zan muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, hukumat siyosati bozor taqsimotini potensial ravishda qanday yaxshilashi mumkinligi va qaysi siyosat shakllari eng yaxshi ishlashini ko`rib chiqamiz. Bu bobda ko`rib chiqiladigan bozor muvaffaqiyatsizliklari tashqi ta’sirlar deb ataluvchi umumiy turkum ostida bo`ladi. Bir kishi faoliyati boshqa kishi farovonligiga ta'sir qiladigan va bunda bu ta'sir uchun na haq to`laydigan va na uni qoplay oladigan vaziyatda tashqi ta’sir kelib chiqadi. Agar kishiga buning ta’siri yomon bo`lsa, bu salbiy tashqi ta’sir deb ataladi. Bu foydali bo`lsa, u ijobiy tashqi ta’sir deyiladi. Tashqi ta’sirlar mavjud paytda, bozor faoliyatining natijalarida jamiyat manfaati bozor ishtirokchilari bo`lmish sotuvchi va xaridorlar farovonligidan ham oshadi hamda bozorning bilvosita ta’sirida bo`lgan boshqa
377
kishilarning farovonligini ham o`z ichiga oladi. Sotuvchi va xaridorlar talab yoki taklif hajmi haqida qaror qabul qilishda o`z faoliyatlarining tashqi ta'sirlariga beparvo bo`lganligi sababli, tashqi ta’sirlar bo`lganda bozor muvozanati samarali hisoblanmaydi. Ya'ni, muvozanat, butun jamiyat uchun umumiy foydani maksimallashtirishga imkon bermaydi. Masalan, atrof-muhitga chiqarilgan dioksin, salbiy tashqi ta’sir bo`ladi. Qog`oz firmalari o`z manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish jarayonida hosil bo`ladigan ifloslantirish harajatini to`liq ko`rib chiqmaydi va qog`oz iste'molchilari ham ular xarid qilish to`g`risidagi qarorlari natijasida qo`shiladigan ifloslantirish harajatini to`liq ko`rib chiqmaydi. Shuning uchun, hukumat buning oldini olmaguncha, firmalar juda ko`p chiqindilar chiqaraveradi. Bozor muvaffaqiyatsizliklari bilan shug`ullanuvchi siyosiy chora-tadbirlar kabi tashqi ta’sirlar ham ko`p shakllarda keladi. Mana bir necha misol:
Avtomobildan chiqadigan tutun salbiy tashqi ta’sir, chunki bu boshqa odamlar nafas oladigan havoni zaxarlantiradi. Bu tashqi ta’sir natijasida, haydovchilar juda ko`p havoni ifloslantiradilar. Bu muammoni hal qilish uchun federal hukumat avtomobillar uchun ifloslantirish me'yorlarini o`rnatishga harakat qiladi. Bundan tashqari, haydovchilar sonini kamaytirish uchun benzinga ham soliq joriy etadi.
bu yerda aylanib yurganda bu binolar ifodalaydigan tarix hissi va go`zallikdan bahramand bo`lishi mumkin. Bino egalari ta’mirlashdan so`ng to`liq foyda ololmaydi va shuning uchun ham tezda eski binolarni tark etadi. Ko`pchilik mahalliy hukumatlar tarixiy binolar vayronalarini tartibga solish va ularni qayta tiklash bilan shug`ullanuvchilarga soliq imtiyozlari berish yo`li bilan bu muammoni hal qilish uchun javob topadilar.
bezovta bo`ladi. It egalari shovqinning to`liq harajatini ko`tarmaydi va shuning uchun o`z itlari hurishining oldini olish uchun juda oz ehtiyot choralarini ko`radilar. Mahalliy hukumatlar "tinchlikni bezovta qilish" ni noqonuniy deb bu
378
muammoni hal qiladilar.
Yangi texnologiyalarni tadqiq qilish ijobiy tashqi ta’sir bo`ladi, chunki bu boshqa odamlar foydalanishi mumkin bo`lgan bilimni yaratadi. Ixtirochilar o`z ixtirolaridan to`liq foyda olishi mumkin emasligi bois, tadqiqot qilish uchun juda kam resurslarini yo`naltirishga moyil bo`ladilar. Federal hukumat ixtirochilarga cheklangan vaqt uchun ularning ixtirolaridan maxsus foydalanish imkonini beradigan patent tizimi orqali qisman bu muammoni bartaraf etadi. Bu holatlarning har birida, ba’zi qaror qiluvchilar o`z xatti-harakatining tashqi ta'sirini hisobga olmay qoladilar. Hukumat boshqa odamlar manfaatlarini himoya qilish uchun bu xatti-harakatga ta'sir qiladi.
Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling