I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/43
Sana26.01.2018
Hajmi3.43 Mb.
#25333
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43

Erga  talab.  Erga  bo`lgan  talab  ikki  xil  bo`ladi:  qishloq  xo`jaligida 

foydalanish  uchun  bo`lgan  erga  talab  va  noqishloq  xo`jaligida  foydalanish  uchun 

bo`lgan talab. 

D = D

q/x


 +D

noq/x 


bu erda D - umumiy talab; 



S 

Q

*

 

 



 

P 

Q 



 

369 


D

q/x


 - qishloq xo`jaligi uchun talab; 

D

q/x


 - noqishloq xo`jaligi talabi. 

Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (26-rasm). 

 

 

 



 

 

 



26-rasm. Yerga talab. 

Bu erda qishloq xo`jaligi uchun bo`lgan talab chizig`i manfiy yotiqlikka ega. 

Nega deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va 

texnologiya  o`zgarmaganda  foydalaniladigan  erning  ortib  borishi,  uning 

hosildorligini  kamayib  borishiga  olib  keladi.  D.Rikardoning  (1772-1823)  ilmiy 

asarlari  yer  unumdorligining  kamayish  qonunini  keng  tarqalishida  muhim  rol 

o`ynagan. 

Noqishloq  xo`jalik  sohalarining  yerga  bo`lgan  talab  chizig`i  ham  manfiy 

yotiqlikka  ega.  Bu  erda  ham  qurilish  uchun  nafaqat  shahar  ichidagi  erlardan 

foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga 

to`g`ri  keladi.  Hozirgi  vaqtda  qishloq  xo`jaligi  bilan  bog`liq  bo`lmagan  sohalar 

uchun erga bo`lgan talab o`sish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o`z ichiga uy-joy 

qurish  uchun  bo`lgan  talabni,  infratuzilma  ob’ektlari  uchun  va  sanoat  ob’ektlari 

qurish  uchun  bo`lgan  talablarni  oladi.  Inflyatsiya  darajasi  yuqori  bo`lganda 

ko`pchilik  ortiqcha  pulini  er  sotib  olishga  sarflaydi  (yerga  bo`lgan  inflyatsion 

talab). Shuning uchun ham er boylikni saqlash va uni ortishini ta’minlash ob’ekti 

sifatida  qaraladi.  Noqishloq  xo`jalik  yerlarga  talab  yerning  hosildorligiga  bog`liq 

bo`lmay,  ko`proq  uning  qulay  joylashuviga  (shaharga  yaqin)  bog`liqdir.  Odatda 

shahar  markazlaridagi  yer  narxi  yuqori  bo`ladi,  shahar  markazidan  yiroqlashgan 

sari esa uning narxi kamayib boradi. 



P 

 

Q 



D = D

қ/х


+D

ноқ/х


 

D

ноқ/х


 

D

қ/х


 

 

370 


Qishloq xo`jaligi uchun kerak bo`lgan erlarga talab uning hosildorligiga va bu 

hosildorlikni  oshirish  imkoniyatlariga,  erning  joylashuviga  (qishloq  xo`jalik 

mahsulotlari iste’molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bog`liq. 

Qishloq  xo`jalik  yerlariga  talab  oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo`ladigan  talab 

bilan belgilanadi. Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar 

oziq-ovqatsiz  yashay  olmaydilar.  Shuning  uchun  am  oziq-ovqat  mahsulotlarining 

asosiy turlariga bo`lgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam o`zgaradi. 

Oziq-ovqat  mahsulotlariga  talabning  noelastikligi  shuni  bildiradiki,  ularning 

taklifini  kam  miqdorda  qisqartirish,  mahsulotlar  narxini  keskin  oshib  ketishiga 

sabab bo`lishi  mumkin va  aksincha, taklifning  ko`payishi  (hosildor  yil kelganda), 

oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. 

Yer  rentasi  -  cheklangan  yer  resurslaridan  (boshqa  tabiiy  resurslardan) 

foydalanganlik uchun to`lov. 

Iqtisodiy  renta  yer  rentasiga  ko`ra  kengroq  ma’noga  ega,  buni  yuqorida 

ko`rgan edik. 



Absolyut  renta  -  bu  barcha  yer  egalari  tomonidan  yerning  sifatiga  bog`liq 

bo`lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan). 

Yer  rentasini  tahlil  qilish  uchun  quyidagi  shartlar  bajarilgan  deb  faraz 

qilinadi: 

*

 

 ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi; 



*

 

 barcha yerlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi



*

 

 barcha  yerlardan  asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  uchun 



foydalaniladi; 

*

 



 barcha yerlarning unumdorligi bir xil. 

Yer  taklifi  absolyut  elastik  bo`lmagani  uchun,  yer  taklif  chizig`i  vertikal 

ko`rinishda bo`ladi (27-rasm). 


 

371 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

27-rasm. Yer bozorida muvozanat holat. 

Yerga  bo`lgan  talab  chizig`i 



D

  (yer  unumdorligining  pasayish  qonuniga 

ko`ra) manfiy yotiqlikka ega. 

Yer  taklifi  chizig`i 



S

  ni  talab  chizig`i 



D

1

  bilan  kesishgan  nuqtasi 



E

1

  yer 



bozoridagi  muvozanat  holatini  bildiradi. 

P

1

  muvozanat  renta  bo`lib,  u  har  oyda 



ijarachi  tomonidan  er  egasiga  to`lanadi. 

P E Q

E

1 1


0

  to`rtburchak  yuzi  barcha  yerdan 

foydalanish  uchun  to`lanadigan  umumiy  renta.  Agar  asosiy  mahsulot  bug`doy 

bo`ladigan  bo`lsa,  bug`doyga  bo`lgan  talabning  ortishi,  yerga  bo`lgan  talabning 

ortishiga olib keladi 

 


D

3

, natijada bir gektar yerga to`lanadigan renta 



P

1

 dan 



P

3

 ga 



ko`tariladi. Ushbu holat umumiy (absolyut) renta 

0

3



3

P E Q

E

 to`rtburchak yuziga teng 

bo`ladi. Agar bug`doyga bo`lgan talab kamaysa, har oyda to`lanadigan renta ham 

kamayadi va umumiy renta qiymati 

0

2

P EQ



E

 to`rtburchak yuzigacha kamayadi. 

Ko`rinib turibdiki, taklif absolyut elastik bo`lmaganda yer rentasi asosan unga 

bo`lgan talabga bog`liq. 



Differentsial  renta.  Absolyut  rentani  qaraganimizda,  yerning  sifati, 

joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo`yicha 

hamda joylashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi. 

Faraz  qilaylik,  tabiiy  hosildorligi  bo`yicha  3  xil  yer  bo`lsin,  ya’ni,  yaxshi, 

o`rtacha  va  yomon  yerlar.  Bu  yerlarning  hosildorligi  har  xil  bo`lganligi  uchun, 

ularning  teng  o`lchamdagi  uchastkalariga  teng  miqdorda  kapital  va  mehnat 



 

P

3

 

P



1

 

P

2

 

S 



E

3

 



D

3

 



E

1

 



E 

D

1

 



D

2

 





Q 

Q

E

 



 

372 


sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo`lgan erdan, boshqa yerlarga 

nisbatan  ko`proq  hosil  olamiz  va  bu  ortiqcha  olingan  hosil  yerning  faqat  tabiiy 

hosildorligi  bilan  bog`liqdir.  Yaxshi  hosildor  yerga  renta  o`rtacha  yer  rentasiga 

ko`ra  yuqori,  o`rtacha  yer  rentasi  esa  yomon  yer  rentasiga  ko`ra  ko`p  bo`ladi, 

yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (28-rasm). 

Eng  yaxshi  er  egasi  har  bir  gektar  erdan  har  oyiga  differentsial  renta 



P

1

  ni 



oladi, o`rtacha er egasi  - 

P

1

 rentani. Yomon erning rentasi nolga teng. biz bu erda 



yaxshi, o`rtacha va yomon erlarning o`lchami teng deb faraz qildik. Xuddi shunga 

o`xshash  differentsial  rentalarni  erlarning  joylashuviga  ko`ra  ham  aniqlash 

mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

28-rasm. Differentsial renta. 

Biz yuqorida erlarni tabiiy hosildorligi bo`yicha rentalarni ko`rdik. Lekin, yer 

hosildorligini  unga  qo`shimcha  kapital  sarflab  ham  (masalan,  optimal  darajada 

o`g`it  berish,  yangi  agrotexnikani  qo`llash)  oshirish  mumkin.  Masalan,  yaxshi 

yerga qo`shimcha kapital sarflasak, u quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: a) 

qo`shimcha  kapital  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishi  mumkin  (bu  holda 

yer rentasi 

P

1

 dan 



P

1

*



 ga oshadi); b) sarflangan qo`shimcha kapital ishlab chiqarish 

samaradorligini kamayishiga olib keladi (bu holda yaxshi yer rentasi pasayib 



P

1

'



 ni 

tashkil  etadi).  Bordi-yu,  qo`shimcha  kapital  sarfi  samaradorlik  darajasini 

o`zgartirmasa, yer rentasi ham o`zgarmaydi. 

 

S 



P 

E* 

E

1

 



P

1

 



E' 

P

1

'



 

E

2

 



P

2

 



 

E

1

 



P

1

*



 

D

1

*



 

D

MRP

1

1



 

D

1

'

 



D

MRP

2

2



 

D



MRP

3

3



 


 

373 


Yer narxi. Yer narxi yer rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi. 

Faraz  qilaylik,  ma’lum  bir  yer  uchastkasi  o`lchami  yer  egasiga  bir  yilda 



P

  renta 


(so`mda) keltirsin. Yer qiymatini aniqlashda yer egasi uchun alternativ qiymatdan 

foydalaniladi.  Yer  narxi  shunday  pul  miqdoriga  tengki,  agar  uni  bankga  qo`ysak, 

undan olinadigan foyda ushbu yerdan olinadigan foydaga teng bo`lsa. Demak, yer 

narxi  kelajakda  olinadigan  yer  rentasining  diskontirlangan  (keltirilgan)  qiymatiga 

teng: 





P

P

i

k

k

k

åð





1

1



.

 

Yer narxi - bu kapitalni muddatsiz qo`yish demakdir. 



Agar 

k

 


 bo`lsa, 



1

1

0





i



k

,

 u holda 



 





1

Њр



,

1

k



k

k

i

P

i

P

P

 

bu erda 



P

k

 - 


k

- yil rentasi; 



i

 - ssudaning bozor foiz stavkasi. 

Agar  renta  1000  so`m  bo`lsa,  ssudaning  bozor  foiz  stavkasi  5%  bo`lsa, 

yerning narxi  

 

 

 



P

åð



1000



5%

100000


5

20000


 so`m bo`ladi. 

Haqiqatdan  qaraganda  renta  ijarachining  yer  egasiga  to`laydigan  ijara 

haqining  bir  qismi  hisoblanadi.  Ijara  haqi  tarkibiga  rentadan  tashqari  yer  ustidagi 

inshootlarning  amortizatsiyasi  hamda  yerga  qo`yilgan  kapital  foizi  kiradi.  Yer 

egasi  yer  ustiga  qandaydir  qurilish  qilgan  bo`lsa  yoki  inshootlar  qurgan  bo`lsa, 

ularning  qiymatini  qoplashi  kerak,  xuddi  shunday,  agar  kapital  sarflagan  bo`lsa, 

ushbu  kapitalga  foiz  olishi  kerak.  Yer  egasi  ushbu  kapitalni  bankga  qo`yib  foiz 

olishi mumkin edi. 



Misol  1.  Fermer  xo`jaligida  bug`doy  etishtirish  funktsiyasi  quyidagi 

ko`rinishga ega:    

 

 

Q



x

x

  



400

2

2



.

 

Q

  -  bug`doy  ishlab  chiarish  hajmi  er  maydoni 

x

  ga  bog`liq.  Bir  tsentner 

bug`doyning  narxi  20  so`m.  Agar  fermerning  er  maydoni  30  gektar  bo`lsa,  u  er 


 

374 


egasiga qancha  miqdorda  renta to`laydi? Agar  foiz stavkasi bir  yilda  10%  bo`lsa, 

bir gektar er narxi necha so`mga teng bo`ladi? 



Echish.  Ma’lumki,  raqobatlashgan  bozorda  resurs  (ya’ni,  er)  narxi  uning 

pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni  



dQ

dX

MP

X

x



 

400 4


.

 

Erning puldagi chekli mahsuloti:  



MRP

X



8000 80


.

 

Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun   



MRP

X







8000 80


8000 80 30 8000 2400 5600

 so`m. 


Demak, fermer har bir gektar er uchun  5600 so`m renta to`laydi. 

Fermerning umumiy daromadi:  



.



204000

20

2



400

2







X



X

R

 

Er  narxi=ijara  to`lovlari/Foiz  stavkasi=5600/0,1=56000  so`m  bir  gektari 



uchun.  

Qisqacha xulosalar 

Bu  bo’lim  ishchi,  yer  va  kapitalning  ulushini  ishlab  chiqarish  jarayonida 

qanday  ajratib  berilishini  tushuntirib  beradi.  Bu  fikr  taqsimotning  neoklassik 

nazariyasi sifatida rivojlantirildi. Yangi klassik fikrga ko’ra, mahsulotning har bir 

omiliga to’langan miqdor o’sha fikr uchun ta’minlov va talabiga bog’liqdir. 

Talab  esa  o’z  navbatida  o’ziga  xos  omilning  ozgina  mahsuldorligiga 

bog’liqdir. Tenglanishda, mahsulotning har bir omili tovarlar va xizmat ko’rsatish 

mahsulotiga uning ozgina ulushining qadrini ishlab topadi. 

Hattoki  shu  qatlamda,  siz  bu  savolga  javob  berishda  quyidagicha  boshlash 

mumkin. Nima uchun kompyuter dasturlovchilar gaz xodimlaridan ko’ra ko’proq 

pul  ishlab topadi? 

Buning sababi shuki dasturlovchilar yuqoriroq bozor bahosini ishlab chiqara 

oladi  gaz  xodimidan  ko’ra.  Odamlar  yaxshi  kompyuter  o’yini  uchun  yaxshi  pul 

to’lashga xohish bildirishadi lekin ular o’zlarining yorilgan gaz trubalariga esa kam 

pul  to’lashga  xohish  bildirishadi.  Bu  ishchilarning  oylik  maoshi  ular  ishlab 

chiqaradigan  tovarlarning  bozor  narxlariga  ta’sir  qiladi.  Agar  odamlar 


 

375 


kompyuterdan  foydalanishdan  charchashsa  va  ko’p  vaqtlarini  moshina  haydashga 

sarflashsa, tovarlarning narxlari o’zgaradi va ikki ishchi guruhlar o’rtasidagi oylik 

maosh tengligi vujudga kelardi. 

 



Iqtisodiy  daromad  ishlab  chiqarish  omillari  bozorida  taqsimlanadi. 

Ishlab chiqarishning eng muhim 3 omili ishchi kuchi, yer va kapital. 

 

Ishchi  kuchi  kabi  omillarga  bo`lgan  talab  tovar  va  xizmatlar    ishlab 



chiqarish uchun korxonalar tomonidan qilinadigan talab. 

 



Har  bir  omilga  to`lanadigan  narx  har  bir  omil  uchun  talab  va  taklif 

muvozanatini  o`rnatadi.  Chunki  omillarga  bo`lgan  talab  o`sha  omilning  matjinal 

mahsulot qiymatida aks etadi. 

 



Ishlab chiqarish omillari birgalikda foydalanilganligi sababli, ixtiyoriy 

omilning chekli maxsuloti mavjud barcha omillarning miqdoriga bog`liq. Natijada, 

bir omil taklifidagi o`zgarish barcha omilning muvozanat daromadini o`zgartiradi. 

Tayanch  so`z  va  iboralar:  ishlab  chiqarish  omillari  ishlab  chiqarish 

funksiyasi ishchi kuchining chekli maxsuloti chekli mahsulotning pasayishi chekli 

mahsulot qiymati kapital.  

 

Nazorat savollari 

1.

 



Mehnat bozoridagi ikki tomonlama Monopoliya 

2.

 



Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi 

3.

 



Iqtisodiy renta 

4.

 



Nominal va real daromadlar 

5.

 



Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi 

6.

 



Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati 

7.

 



Djin koeffitsienti 

8.

 



Qiymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada? 

9.

 



Loyihalarni baholashda inflyatsiyaning ta’siri qanday hisobga olinadi? 

10.


 

Yer bozorining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 

11.

 

Yerning narxi qanday hisoblanadi? 



12.

 

Yer rentasiga izoh bering.  



 

376 


XVII BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI 

 

Qog`oz  ishlab  chiqarish  va  sotish  firmalari  ishlab  chiqarish  jarayonida 



shuningdek  dioksin  deb  ataluvchi  kimyoviy  birikmani  yaratdilar.  Olimlar  dioksin 

atrof-muhitga  chiqarilishi,  aholi  o`rtasida  saraton,  tug`ilishdagi  nuqsonlar  va 

boshqa sog`liq bilan bog`liq muammolar xavfini oshiradi, deb hisoblaydilar.  

Dioksin  ishlab  chiqarish  va  uning  atrof-muhitga  chiqishi  jamiyat  uchun 

muammomi?  Biz  bozorlar  kamyob  resurslarni  talab  va  taklif  kuchlari  yordamida 

qanday taqsimlashini o`rgandik va biz talab hamda taklifning muvozanatida odatda 

resurslar  samarali  taqsimlanishiga  ishonch  hosil  qildik.  Adam  Smitning  mashhur 

metaforasidan foydalansak, bozorning “ko`rinmas qo`li” o`z manfaatini ko`zlovchi 

sotuvchi  va  xaridorlarni  jamiyat  oladigan  umumiy  foydasi  maksimallashadigan 

bozorga  olib  keladi.  Bu  qarash  Iqtisodiyotning  o`nta  tamoyilidan  biriga 

asoslangan:  odatda  bozor-  iqtisodiy  faoliyatni  tashkil  etishning  yaxshi  yo`lidir. 

Shuning  uchun  biz  “ko`rinmas  qo`l”  qog`oz  bozoridagi  firmalarning  juda  ko`p 

dioksin chiqarishiga yo`l qo`ymaydi degan xulosaga kelishimiz kerakmi? 

Bozorlar ko`p ishlarni yaxshi bajaradi, lekin hamma ishlarni emas. Bu bobda 

biz  iqtisodiyotning  o`nta  tamoyillarining  yana  birini  o`rganishni  boshlaymiz: 

ba'zan  hukumat  bozor  faoliyati  natijalarini  yaxshilash  imkoniyatlariga  ega.  Biz 

bozorlar  resurslarni  samarali  taqsimlashda  nega  ba’zan  muvaffaqiyatsizlikka 

uchrashi, hukumat siyosati bozor taqsimotini potensial ravishda qanday yaxshilashi 

mumkinligi va qaysi siyosat shakllari eng yaxshi ishlashini ko`rib chiqamiz. 

Bu bobda ko`rib chiqiladigan bozor muvaffaqiyatsizliklari tashqi ta’sirlar deb 

ataluvchi  umumiy  turkum  ostida  bo`ladi.  Bir  kishi  faoliyati  boshqa  kishi 

farovonligiga ta'sir qiladigan va bunda bu ta'sir uchun na haq to`laydigan va na uni 

qoplay  oladigan  vaziyatda  tashqi  ta’sir  kelib  chiqadi.  Agar  kishiga  buning  ta’siri 

yomon bo`lsa, bu salbiy tashqi ta’sir deb ataladi. Bu foydali bo`lsa, u ijobiy tashqi 

ta’sir  deyiladi.  Tashqi  ta’sirlar  mavjud  paytda,  bozor  faoliyatining  natijalarida 

jamiyat  manfaati  bozor  ishtirokchilari  bo`lmish  sotuvchi  va  xaridorlar 

farovonligidan  ham  oshadi  hamda  bozorning  bilvosita  ta’sirida  bo`lgan  boshqa 


 

377 


kishilarning  farovonligini  ham  o`z  ichiga  oladi.  Sotuvchi  va  xaridorlar  talab  yoki 

taklif  hajmi  haqida  qaror  qabul  qilishda  o`z  faoliyatlarining  tashqi  ta'sirlariga 

beparvo bo`lganligi sababli, tashqi ta’sirlar bo`lganda bozor muvozanati samarali 

hisoblanmaydi.  Ya'ni,  muvozanat,  butun  jamiyat  uchun  umumiy  foydani 

maksimallashtirishga  imkon  bermaydi.    Masalan,  atrof-muhitga  chiqarilgan 

dioksin,    salbiy  tashqi  ta’sir  bo`ladi.  Qog`oz  firmalari  o`z  manfaatlaridan  kelib 

chiqib  ishlab  chiqarish  jarayonida  hosil  bo`ladigan  ifloslantirish  harajatini  to`liq 

ko`rib  chiqmaydi  va  qog`oz  iste'molchilari  ham  ular  xarid  qilish  to`g`risidagi 

qarorlari  natijasida  qo`shiladigan  ifloslantirish  harajatini  to`liq  ko`rib  chiqmaydi. 

Shuning uchun, hukumat buning oldini olmaguncha, firmalar juda ko`p chiqindilar 

chiqaraveradi. 

Bozor  muvaffaqiyatsizliklari  bilan  shug`ullanuvchi  siyosiy  chora-tadbirlar 

kabi tashqi ta’sirlar ham ko`p shakllarda keladi. Mana bir necha misol: 

 



Avtomobildan  chiqadigan  tutun  salbiy  tashqi  ta’sir,  chunki  bu  boshqa 

odamlar  nafas  oladigan  havoni  zaxarlantiradi.  Bu  tashqi  ta’sir  natijasida, 

haydovchilar  juda  ko`p  havoni  ifloslantiradilar.  Bu  muammoni  hal  qilish  uchun 

federal  hukumat  avtomobillar  uchun  ifloslantirish      me'yorlarini      o`rnatishga   

harakat      qiladi.        Bundan  tashqari,  haydovchilar  sonini  kamaytirish  uchun 

benzinga ham soliq joriy etadi. 

 

Tarixiy binolarni qayta ta’mirlash ijobiy tashqi ta’sir bo`ladi, chunki odamlar 



bu  yerda  aylanib  yurganda  bu  binolar  ifodalaydigan  tarix  hissi  va  go`zallikdan 

bahramand  bo`lishi  mumkin.  Bino  egalari  ta’mirlashdan  so`ng  to`liq  foyda 

ololmaydi  va  shuning  uchun  ham  tezda  eski  binolarni  tark  etadi.  Ko`pchilik 

mahalliy  hukumatlar  tarixiy  binolar  vayronalarini  tartibga  solish  va  ularni  qayta 

tiklash  bilan  shug`ullanuvchilarga  soliq  imtiyozlari  berish  yo`li  bilan  bu 

muammoni hal qilish uchun javob topadilar. 

 

Huruvchi itlar salbiy tashqi ta’sir paydo qiladi, chunki shovqindan qo`shnilar 



bezovta  bo`ladi.  It  egalari  shovqinning  to`liq  harajatini  ko`tarmaydi  va  shuning 

uchun  o`z  itlari  hurishining  oldini  olish  uchun  juda  oz  ehtiyot  choralarini 

ko`radilar.  Mahalliy  hukumatlar  "tinchlikni  bezovta  qilish"  ni  noqonuniy  deb  bu 


 

378 


muammoni hal qiladilar. 

 



Yangi  texnologiyalarni  tadqiq  qilish  ijobiy  tashqi  ta’sir  bo`ladi,  chunki  bu 

boshqa  odamlar  foydalanishi  mumkin  bo`lgan  bilimni  yaratadi.  Ixtirochilar  o`z 

ixtirolaridan  to`liq  foyda  olishi  mumkin  emasligi  bois, tadqiqot  qilish  uchun  juda 

kam  resurslarini  yo`naltirishga  moyil  bo`ladilar.  Federal  hukumat  ixtirochilarga 

cheklangan  vaqt  uchun  ularning  ixtirolaridan  maxsus  foydalanish  imkonini 

beradigan patent tizimi orqali qisman bu muammoni bartaraf etadi. 

Bu holatlarning har birida, ba’zi qaror qiluvchilar o`z xatti-harakatining tashqi 

ta'sirini  hisobga  olmay  qoladilar.  Hukumat  boshqa  odamlar  manfaatlarini  himoya 

qilish uchun bu xatti-harakatga ta'sir qiladi. 


Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling