I bob adabyotlar tahlili


Download 121.98 Kb.
bet4/8
Sana13.05.2023
Hajmi121.98 Kb.
#1457506
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nitrat kislotaning olinishi

Fizik xossalari. Nitrat kislota — o'tkir hidli, rangsiz suyuqlik. Juda gigroskopik, havoda «tutaydi», chunki uning bug'lari havodagi namlik bilan tuman tomchilarini hosil qiladi. Suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, 8 6 °C da qaynaydi.
Kimyoviy xossalari. Nitrat kislotaning tuzilish formulalari va ularning izohi berilgan.
H N 03 da azotning valentligi to'rtga, oksidlanish darajasi +5 ga, azotning koordinatsion soni 3 ga teng.
Suyultirilgan nitrat kislota kislotalarning barcha xossalarini namoyon qiladi. U kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Suvdagi eritmalarda dissotsilanadi:
HN03=H++N0~3
Issiqlik ta’sirida va yorug‘da qisman parchalanadi:
4HN03=4N02+2H20 + 0 2
Shuning uchun u sovuq joyda va qorongida saqlanadi.
Nitrat kislotaning juda muhim xossasi shundan iboratki, u kuchli oksidlovchi hisoblanadi va deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi.Ishlatilishi. Nitrat kislota — asosiy kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan biridir. Uning ko‘p miqdori azotli o ‘g‘itlar, portlovchi moddalar, dori-darmonlar, bo‘yoqlar, plastmassalar, sun’iy tola va boshqa materiallar tayyorlashga sarflanadi. Tutovchi nitrat kislota raketa texnikasida raketa yoqilg'isini oksidlovchi sifatida ishlatiladi. Bir asosli nitrat kislota faqat o'rta tuzlar hosil qiladi, ular nitratlar deyiladi. Bu tuzlar kislotani metallarga, ularning oksidlariga va gidroksidlariga ta’sir ettirilganda hosil bo'ladi. Natriy, kaliy, ammoniy va kalsiy nitratlari selitralar deyiladi: N aN 03 — natriyli selitra, K N 03 — kaliyli selitra, NH4N 0 3 — ammoniyli selitra, Ca(N03), — kalsiyli selitra. Selitralardan asosan azotli mineral o'g'itlar sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari, K N 03 qora porox (75% K N 03, 15%C va 10% S aralashmasi) tayyorlash uchun ishlatiladi. NH4N 0 3, aluminiy kukuni va ko'mirdan portlovchi modda — ammonal tayyorlanadi.. Nitrat kislotaning tuzlari qizdirilganda parchalanadi, bunda qanday mahsulotlar hosil bo'lishi tuz hosil qiluvchi metallning standart elektrod potensiallar qatorida joylashgan o'rniga bog'liq:
Mg dan chapda MeNO, -►MeN02 + 0 2 Mg — Cu Cu dan o'ngda -►MeO + N 0 2 + 0 2 ►Me+NO,+On
ya’ni standart elektrod potensiallar qatorida Mg dan chaproqda joylashgan metallarning tuzlari parchalanganda nitridlar bilan kislorod hosil qiladi; Mg dan Cu gacha bo'lgan metallarning tuzlari parchalanganda metall oksidi, N 0 2 va kislorod hosil qiladi; Cu (Inn keyinda joylashgan metallarning tuzlari parchalanganda erkin metall, N 0 2 va kislorod hosil qiladi. Qizdirilganda parchalanishi (termoliz) — nitrat kislota tuzlarining muhim xossasidir. Nitrat kislota tuzlarining ko'pchiligi suvda eriydi. Azot oksidi olishning birinchi plazma (elektr yoy) usuli iqtisodiy samaradorligi darajasi pastligi uchun xalq xo‘jaligi sohasida keng tarqalmadi. Ammo bu usulda tabiatda havodagi elektr razryadi paytida azot va kislaroddan azot oksidlari hosil bo‘lib turadi. Masalan chaqmoq chaqqanda 1500kg gacha azot birikma holga o‘tadi va u qor va yomg‘ir suvlarida erib azot birikmalari shaklida erga tushadi va erni azotga boyitadi.Ammiakni oksidlash usuli. Bu usul 1839 yilda Kyul'man NH3 platina ishtirokida azot oksidiga aylantirish mumkin ekanligini aniqlagan paytdan boshlab ma’lum. Ammo bu jarayonni sanoatda ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida XX asirning boshlaridagina V.Ostvol'd chuqur o‘rgandi. Natijada 1909 yilda Germaniyada Ostvol’d usuli bo‘yicha birinchi tajriba zavodi qurildi. Keyinchalik Evropaning ko‘pgina mamlakatlarida (Bel’giya,Angiliya)ham yuqoridagidek zavodlar ko‘rila boshlandi. Ammo bu zavodlarning mahsuldorligi past edi (masalan, Germaniyadagi zavod yiliga 1800t kuchsiz nitrat kislata ishlab chiqarardi xolos). 1914-16 yillarda injener I.I.Andreev ammiakning oksidlanishga turli faktorlarining ta’sirini o‘rganib bu jarayonni ancha takkomillashtirdi.


    1. Download 121.98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling