I боб. Молия бозорининг назарий асослари молия бозорининг иқтисодий моҳияти


Ipoteka bozori modellari va qoʻllanish xususiyatlari


Download 1.46 Mb.
bet31/92
Sana23.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1387714
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
Moliya Bozori

6.2. Ipoteka bozori modellari va qoʻllanish xususiyatlari
Ipoteka amaliyotining yuzaga kelishi Qadimgi Gretsiyada yerga egalik qilish va quldorlik bilan oʻzaro bogʻlanadi. Bunda qarzga yer olgan shaxs oʻz vaqtida qarzini qaytara olmagan holatda qullikka olingani manbalarda qayd etiladi. Qadimgi Rim, umuman Yevropada esa ipoteka amaliyoti oʻrta asrlardan boshlab qoʻllanilganligi taʼkid-lanadi.
Ipoteka kreditlari boʻyicha qayta moliyalashtirish tizimi Amerika qoʻshma shtatlarida 1930-yillardan boshlab keng qoʻllanila boshlan-gan. Aynan shu davrdan boshlab mamlakatda ipoteka kreditlash amaliyotini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ixtisoslashgan tashkilotlar, shu jumladan ipoteka agentliklari tashkil etiladi. AQSHda ipoteka kreditlari bozori rivojlangan ipoteka obligatsiyalari bozori asosida faoliyat yuritadi. Chunki ipoteka obligatsiyalari ipoteka kreditlashini amalga oshirishda banklarning qayta moliyalashtirishini taʼminlaydi.
Rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtgan ipoteka bozori amaliyotida bugungi kunda banklar eng faol ishtirokchiga aylangan. Keltirilayot-gan bu jihatlar ipoteka bozori modellari shakllanishiga xizmat qilgan.
Bunda “uchta model ajratib koʻrsatiladi: anʼanaviy model (bitta bosqichli, yevropa modeli), ikki bosqichli model (amerika modeli) hamda ssuda-jamgʻarma modeli”.
Ipoteka bozori boʻyicha anʼanaviy model (bitta bosqichli, yevropa modeli) bankning taʼminlangan obligatsiya tipidagi qimmatli qogʻozlarni mustaqil chiqarishi va shu asosda garovga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkni kreditga berishi bilan tavsiflanadi. Bu model nemis modeli deb ham ataladi.
29 Гусева И.А. Финансовые рынки и институты. М.: Юрайт, 2018. С. 109-111.
Mablagʻlar jalb qilish va kredit berish muddatlari oʻrtasida vaqtinchalik farq mavjudligi, bank uchun kredit 106

va foiz riskining yuqoriligi kabilar mazkur modelning kamchiliklari hisoblanadi. Lekin bu model asosida ipoteka kreditlashni tashkil etish nisbatan jahon amaliyotida keng qoʻllaniladi. Uning keng qoʻllanilishi sabablaridan biri Yevropada umumiy amaliyot sifatida uzoq muddatli kreditlar boʻyicha suzib yuruvchi foiz stavkalari, banklar uchun eng yuqori riskni chegaralash kabilarning qoʻllanilishidir. Yevropada ipotekaga asoslangan eng yirik obligatsiyalar bozori Germaniya bozoridir. Koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni moliyalash-tirish uchun nemis ipoteka banklari chiqaradigan obligatsiyalar keng jamoatchilik oʻrtasida savdoga chiqariladi.


Ikki bosqichli model (amerika modeli) ipoteka bozorining berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish koʻchmas mulk bilan taʼminlangan ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozori hisobiga amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Bu modelning asosida risklarni taqsimlash gʻoyasi yotadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling