I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


Nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari


Download 1.14 Mb.
bet13/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


Nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari. Bunday qurilmalar jumlasiga raqamli kodlarni kompьyuterga ulangan dinamiklar yoki tovush kolonkalari orqali eshitiladigan harflar va so’zlarga aylantiruvchi mikrofonli akustik tizimlar, shuningdek, turli tovush sintezatorlari kiradi.

Aloqa va telekommunikatsiya vositalari

Avvalambor elektr aloqa kanali haqida umumiy tushuncha hosil qilib olamiz.



ELEKTR ALOQA KANALI (yoki uzatish kanali), atamasi quyidagi ikkita ma’noni anglatadi:

1. Har qanday turdagi xabarning yuboruvchidan qabul qilib
oluvchiga uzatilishini simlar orqali taraladigan elektr
signallar yoki radio signallar vositasida ta’minlaydigan texnik
qurilma va uskunalar majmui. SHunga muvofiq, aloqa
tizimlarining elektr aloqa kanallari vazifasiga ko’ra quyidagi
turlarga farq qiladi:

telefon aloqasi kanallari; telegraf aloqasi kanallari; faksimilь aloqa kanallari; televizion aloqa kanallari; simli aloqa kanallari; radioaloqa (radioeshittirish) kanallari; telemexanika aloqasi kanallari; ma’lumotlar uzatish kanallari va h. k.

Odatda, elektr aloqa kanallari guruhlarga mujassam ettirilgan tarzda ko’p kanalli aloqa tizimlari barpo etiladi.



2. Muayyan xabarni uzatish uchun ma’lum aloqa tizimida
ajratiladigan chastotalar yo’lagi, uzatish vaqti yoki boshqa
jismoniy manba.

Kompьyuterni elektr aloqa kanallari, boshqa kompьyuterlar va kompьyuter tarmog’iga ulash uchun aloqa va telekommunikatsiya vositalaridan foydalaniladi. SHu maqsadda qo’llaniladigan

qurilmalar guruhiga avvalambor tarmoq adapterlari kiradi. Tarmoq adapteri sifatida aksariyat hollarda modemlardan (modulyator-demodulyatordan) foydalaniladi.

Zikr etilgan qurilmalarning aksariyati shartli ravishda ajratilgan guruhga – mulьtimedia vositalari guruhiga mansubdir.



MULЬTIMEDIA VOSITALARI – apparat vositalari va dasturiy vositalar kompleksi bo’lib, insonga, o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlar, ya’ni: tovush, video, grafika, matn, animatsiya kabilardan foydalangan tarzda kompьyuter bilan muloqot qilish imkonini beradigan vositalardir. Mulьtimedia vositalari jumlasiga:

nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari; mikrofon10 va videokameralar11;

kuchaytirgichlar12, tovush kolonkalari13 va katta videoekranlarga ega akustik tizimlar, videotasvir tizimlari;

tovush va video platalari hamda tasvirni videomagnitofondan yoki videokameradan olib, kompьyuterga kirituvchi videotutish (rus. videozaxvat) platalari;

skanerlar;

tovushli va video axborotni yozish uchun tez-tez qo’llanilib turiladigan katta hajmga ega, optik disk

10 Mikrofonlar (mikro... so’zi va grek. phone – tovush, ovoz so’zidan tashkil topgan) – telefon apparatlari, tovush yozish qurilmalari, radioeshittirish tizimlarida tovushli tebranishlarni elektr tebranishlarga aylantiruvchi qurilma. Asosiy turlari: ko’mirli, elektrodinamik, elektrostatik, pьezoelektrik mikrofon.

11Videokamera, konstruktiv jihatdan kassetali videomagnitofon bilan birlashtirilgan kichik televizion uzatish kamerasi. Tasvir va tovush signallarini yozib olish uchun, odatda, eni 12,7 va 8 mm li magnit tasmasi qo’llaniladi. Videokamera, endigina yozilgan tasvirni ko’rib chiqish uchun ham foydalanishi mumkin bo’lgan elektron ob’ekt izlagichga ega.

12Kuchaytirgich, ko’makchi manba energiyasi qo’llanilishi evaziga signalning (ta’sirning) energetik parametrlarini oshiradigan qurilma. Kuchaytiriladigan signallar tabiatiga ko’ra mexanik, pnevmatik, gidravlik va elektrik kuchaytirgichlar mavjud. Kuchaytirgich – avtomatika, telemexanika, radiotexnika kabilarning eng asosiy elementlaridan biri sanaladi.

13Tovush kolonkasi, yagona korpus ichiga joylangan bir rusumga mansub (8 donagacha) tovushni baland eshittiradigan elektr akustik qurilmalarning chiziqli zanjiri ko’rinishidagi akustik nurlagich. Katta auditoriyalarga tovush eshittirish uchun qo’llaniladi.

asosidagi tashqi xotira qurilmalari kiradi.




Modem (ingl. mo(dulator) va

dem(odulator)), kompьyuterlar orasida axborot almashinish uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib, aloqa yo’li orqali uzatish maqsadida diskret (uzlukli) signallarni modulyatsiya qilingan uzluksiz signallarga va bunday signallarni qabul qilish mobaynida (demodulyatsiya qilgan tarzda) diskret signalga aylantirish uchun xizmat qiladi.

Mahalliy hisoblash tarmoqlarida, modem, axborot oqimining server bilan terminallar orasidagi taqsimotini boshqaradi.

SHaxsiy kompьyuterlarning modemlari aksariyat hollarda axborotni telefon aloqasi orqali yuboradi. Modemlarning ish rejimi, agar ma’lumotlarning foydalanuvchilar o’rtasida uzatilishi faqat bir yo’nalish tomon kechsa – yarimdupleks (half duplex) rejim, ikkala tomon amalga oshirilsa – dupleksli (full duplex) rejim deb nomlanadi.

Modemlar ichki va tashqi modemlarga farq qiladi. Ichki modemlar elektron plata ko’rinishiga ega bo’lib, kompьyuterning ISA yoki PCI shinasiga ulanadi. Tashqi modemlar esa alohida qurilma ko’rinishiga ega bo’ladi.



Aloqaning muayyan protokoli qo’llab-quvvatlanishi va modulyatsiya tezligi (modulation speed) – modemlar o’rtasidagi tafovutlardan biri sanaladi. Ushbu tezlik ma’lumotlar uzatilishining jismoniy tezligini belgilab berib, soniyada bit (bit/s) o’lchov birligi bilan o’lchanadi. Modem imkoniyatlari va faksimilь tasvirlar bilan almashinish uchun mo’ljallangan vosita imkoniyatlarini o’ziga mujassam etgan qurilma – faks­modem deb ataladi.




Optik disk, tovush (kompakt-disk), tasvir (video disk), harf-raqamli axborot va shu kabilarni lazer nuri vositasida yozish yoki (va) tasvirini (tovushini) chiqarish uchun mo’ljallangan, plastik modda yoki alyuminiydan tayyorlangan disk ko’rinishidagi ma’lumot tashigich. Axborot yozish zichligi bir santimetr kvadratga 108 bitdan yuqori.
Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling