I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


Download 1.14 Mb.
bet2/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


Dastur (hisoblash mashinasida) - masalani yechish qoidalari yoki amallari majmuining (algoritmining) dasturlash tilida berilgan tavsifi (muayyan EHMning mashina tiliga translyator vositasida avtomatik tarzda o’giriladi). Dastur tuzish jarayoni – dasturlash deb ataladi.

Translyator (informatikada kapilyator deb ataladi), masalani yechish qoidalari yoki amallari majmuini (algoritmini) dasturlash jarayonining bir tilidan boshqa tiliga, xususan mashina tiliga tarjima qilish uchun mo’ljallangan EHM dasturi.

Dasturlash, EHMda hal etiladigan vazifalarni tayyorlash bo’lib, o’z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

operatsiyalar to’plami ko’rinishidagi "vazifa yechimining rejasi"ni tuzish (ya’ni, vazifani algoritmik jihatdan tavsiflash);



dasturni dasturlash tilidan mashina tiliga o’girish (ya’ni, komandalar izchilligi ko’rinishiga o’girish. Ushbu komandalarning EHMda mavjud texnik vositalar bilan bajarilishi – vazifaning hal etilish jarayoni sanaladi).




Amaliy matematikaning EHM uchun dasturlar tuzish, tuzilgan dasturlarni tekshirish va yaxshilash usullari va vositalarini o’rganish va ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan bo’limi ham dasturlash deb nomlanadi.

Dasturiy ta’minot (yoki EHMning matematik ta’minoti), EHMning avtomatik ravishda ishlashini ta’minlovchi dasturlar, tavsiflar va yo’riqnomalar kompleksi. Umumiy (muayyan EHMda hisoblash jarayonini tashkillashtirish uchun) va maxsus (ma’lum vazifalarni hal etish uchun) matematik ta’minotlarga farq qiladi.

Mashina tili, dasturlarni muayyan EHMda bajarish imkonini beradigan shaklda havola etish uchun mo’ljallangan dasturlash tili. Mashina tilining taxminlari komandalar, misol uchun, protsessor komandalari sanaladi. Ba’zan EHM komandalarining

tizimi ham mashina tili deb ataladi.



Dasturlash tillari, ma’lumotlarni (axborotni) va ularga EHMda ishlov berish algoritmini (dasturni) tavsiflash uchun mo’ljallangan rasmiy tillar.




Dasturlash tillarining negizini algoritmik tillar tashkil etadi. Ilk dasturlash tillari muayyan EHMlar uchun mo’ljallangan komandalar tizimi ko’rinishiga ega bo’lmish mashina tillari bo’lgan. Hisoblash texnikasi ravnaq topgach, turli vazifalarni hal etishga qaratilgan murakkab dasturlash tillari paydo bo’ldi. Bunday tillar jumlasiga iqtisodiyotga oid axborotga ishlov berish (kobol) tili, muhandislik va ilmiy hisoblar chiqarish (fortran) tili, dasturlashga o’rgatish tillari (algol-60, paskalь), modelь tuzish (sleng, simula) tillari va shu kabilar kiradi. EHM qo’llaniladigan sohalar ko’lami kengayib borishi deyarli har qanday sohaga doir vazifalarni hal etish algoritmini yozish uchun mo’ljallangan ko’p maqsadli (universal) dasturlash tillari (algol-68, SI, PL/1 kabi tillar), shuningdek, shaxsiy EHMlar uchun dasturlash tillari (beysik, paskalь kabi tillar) paydo bo’lishiga olib keldi. Algoritmlar tavsifini bir dasturlash tilidan boshqa dasturlash tiliga, asosan mashina tiliga o’girish uchun esa maxsus dasturlar – translyatorlar qo’llanila boshlandi.

Kompьyuter dasturlari asosan uchta toifaga bo’linadi, jumladan:

amaliy dasturlarga, ya’ni kompьyuterdan

foydalanayotgan insonga zarur bo’lgan ishlarni (misol uchun, matnlarni tahrirlash, axborot massivlarini qayta ishlash, videotasvirni ko’rish, xabar yuborish kabi ishlarni) bevosita amalga oshiradigan dasturlarga;



tizimga oid dasturlarga. Bunday dasturlar orasida kompьyuter ishini boshqaradigan, boshqa dasturlarni ishga tushirib, kompьyuter ishlayotgan vaqtda xizmat ko’rsatib boradigan – operatsion tizim alohida o’rin tutadi. Xizmat ko’rsatishga oid vazifalar bajaradigan boshqa dasturlar ishi asosan ko’makchi xususiyatlarga ega. Bunday dasturlar misol uchun, foydalanilayotgan axborotning zaxira nusxalarini barpo etadi, kompьyuter qurilmalarining ish qobiliyatini tekshirib boradi va h. k.;

asbobbop dasturlarga (dasturlash tizimlariga), ya’ni, kompьyuter uchun yangi dasturlarni yaratishga yordam beradigan dasturlarga bo’linadi.

4. KOMPЬYuTER TURLARI

Zamonaviy hisoblash tizimlarining jamiki spektrini uchta yirik sinfga bo’lib chiqish mumkin, jumladan:



minikompьyuterlar va mikrokompьyuterlar;

meynfreymlar;

superkompьyuterlar.

Bugungi kunda hisoblash tizimlari avvalambor funktsional imkoniyatlariga ko’ra farq qilinadi.



Minikompьyuterlar va mikrokompьyuterlarning asosiy alomatlari jumlasiga:

tizimining shinali tuzilganligi;

qo’llaniladigan apparat vositalari va dasturiy vositalarning yuksak darajada standartlashtirilganligi;

iste’molchilarning keng doirasiga mo’ljallab ishlab chiqarilishi kiradi.

MIKROKOMPЬYuTER (yoki shaxsiy




kompьyuter) stol usti yoki ixcham ko’rinishda ishlab chiqarilib, undagi mikroprotsessor jamiki mantiqiy va arifmetik operatsiyalarni bajaradigan yagona markaziy protsessor sifatida qo’llaniladi. Mikrokompьyuterlar hisoblash mashinalarining to’rtinchi va beshinchi avlodiga mansubdir. Noutbuklardan tashqari, olib yuriladigan (ko’chma) kompьyuterlar jumlasiga cho’ntaki kompьyuterlar – palmtoplar ham kiradi.

Mikrokompьyuterlar XX asrning 70- yillari o’rtasida paydo bo’lib, idoralarda ish yuritish, kichik korxonalarning buxgalteriya hisoblarini bajarish, uyda ko’ngil ocharlik qilish uchun mo’ljallangan. Uning narxi, o’sha yillarda keng tarqalgan katta hisoblash mashinalariga nisbatan ancha arzon, o’lchamlari ham juda kichik bo’lgan. Katta kompьyuterlar, odatda, bir nechta

foydalanuvchining5 bir vaqtda bajaradigan ishini ta’minlasa,

ushbu kompьyuter faqat bitta foydalanuvchining ishini ta’minlash






uchun mo’ljallangan va shu bois ham uni shaxsiy

kompьyuter deb atash qabul qilingan. U katta



hisoblash tizimlariga (meynfreym va

minikompьyuterlarga) nisbatan ish unumi sezilarli

darajada pastligi bilan ajralib turadi. Ilk

mikrokompьyuterlar bir soniyada atigi 4 bit

axborotga ishlov berishgan xolos. Vaqt o’tib 8 bitli, 16 bitli va

32 bitli mikrokompьyuterlar paydo bo’ldi.

SHaxsiy kompьyuterlar rivoji, ularning bugungi kunga kelib, axborotning har-xil turiga ishlov beradigan, hisoblash mashinalari qo’llaniladigan sohalar ko’lamini kengaytirib yuborgan serunum qudratli qurilmalarga aylanib ketishiga olib keldi. Zamonaviy mikrokompьyuterlar 80- yillarda yaratilgan minikopьyuterlarga xos bo’lgan xususiyatlarning deyarli barchasiga ega. Bugungi mikrokompьyuter quvvati, ko’plab shaxsiy kompьyuterlarni tarmoqqa ulagan tarzda server sifatida foydalanishga imkon beradi.

SHaxsiy kompьyuterlar ko’chmas (stol ustiga o’rnatiladigan) va ko’chma ko’rinishlarda ishlab chiqariladi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling