I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


Download 1.14 Mb.
bet4/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


mikrokompьyuterlar ish stantsiyasi deb ataladi. Bunday ishlar jumlasiga, odatda, fan va muhandislikka oid professional

dasturlar vositasida olib boriladigan yoki dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan bog’liq ishlar kiradi. SHuningdek, uch o’lchovli grafika bilan ishlash uchun mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan grafik ish stantsiyalari ham mavjud.



MINIKOMPЬYuTERLAR yirik hisoblash mashinalari (meynfreymlar) bilan mikrokompьyuterlar o’rtasidagi oraliq mavqega ega. Aksariyat hollarda minikompьyuterlarda RISC va UNIX arxitekturasi qo’llanilib, ular o’nlab va yuzlab terminallar yoki mikrokompьyuterlar ulanadigan serverlar vazifasini bajaradi. Minikompьyuterlar yirik firmalar, davlat idoralari, ilmiy muassasalar, o’quv muassasalari va kompьyuter markazlarida, mikrokompьyuterlar hal eta olmaydigan ishlarni bajarish, axborotning juda katta hajmini saqlash va unga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Minikompьyuterlar asosan Ay-Ti-end-Ti (AT&T), Intel (Intel), Xьyulett-Pakkard (Hewlett-Packard), Digital Equipment firmalari tomonidan ishlab chiqariladi.




MEYNFREYMLAR – umummaqsadli, jadal hisob amallari va axborotning ulkan hajmiga ishlov berish bilan bog’liq vazifalarni hal etish uchun mo’ljallangan yuqori darajali katta universal kompьyuter.

"Meynfreym" tushunchasi "katta elektron-hisoblash mashinasi" atamasi bilan ma’nodosh. Bunday kompьyuterlar XX asrning 80- yillariga qadar kompьyuterlar bozorida ustunlik qilib kelgan bo’lib, asosan Amerikaning Ay-Bi-Em (IBM) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Zamonaviy meynfreymlar o’ta ishonchliligi, juda tez ishlashi, axborot kiritish va chiqarish qurilmalarining ish bajarish qobiliyati yuqoriligi bilan farq qilib turadi. Bunday kompьyuterlarga foydalanuvchilarning minglab terminallari yoki mikrokompьyuterlari ulanishi mumkin. Meynfreymlar yirik korporatsiyalar, hukumat muassasalari va banklar tomonidan qo’llaniladi.

Minikompьyuter tizimlari va mikrokompьyuterlar ravnaq topa boshlagach, meynfreymlarga bo’lgan ehtiyoj qisqara boshladi. Ay-Bi-Em (IBM) kompaniyalaridan biri kontseptual jihatdan yangi ESA/390 arxitekturasiga asoslangan kompьyuterlar ishlab chiqarishga o’tdi. Ushbu arxitektura meynfreymlarni turli

hisoblar kompleksining markazi sifatida qo’llash imkonini berdi.



Meynfreymlarning narxi nisbatan qimmat. Amaliy dasturlar paketi bilan birgalikdagi bitta meynfreym kam deganda million dollar turadi. SHunga qaramay, bunday kompьyuterlar moliya va mudofaa sohalarida faol ishlatilib, ularda mavjud kompьyuterlar parkining 20-30 foizini tashkil etadi. Buning sababi ayon: yetarlicha katta hajmga ega axborotni markazlashgan tarzda saqlash va ishlov berish uchun meynfreymlarning qo’llanilishi, yuzlab va minglab shaxsiy kompьyuterlardan tashkil topgan ma’lumotlarga ishlov berishning taqsimlangan tizimiga xizmat ko’rsatishga nisbatan ancha arzonga tushadi

SUPERKOMPЬYuTERLAR – bir soniyada nuqtasi o’zgaruvchan
operatsiyalarning kam deganda yuz milliardini bajarish
unumdorligi talab etiladigan ilovalar bilan ishlash uchun zarur
bo’ladigan kompьyuterlar. Hisob amallarining bunday ulkan hajmi
aerodinamika, meteorologiya, yuqori
energiyalar fizikasi, geofizika kabi
sohalarga oid vazifalarni hal etish
uchun talab etiladi. Superkompьyuterlar
moliya sohasida, birjalarda

kelishilayotgan bitimlarning katta hajmiga ishlov berish mobaynida qo’llanilmoqda. Bunday kompьyuterlar juda qimmatligi, bittasining narxi kam deganda o’n besh million dollar turishi bilan ajralib turadi. SHu bois, ularni xarid qilib olish masalasi davlat miqyosida hal etiladi. Ishlatilgan superkompьyuterlar savdo-sotig’i ham rivojlanib bormoqda.



5. KOMPЬYuTER TARIXI

Ilk elektron hisoblash mashinalari (analog EHMlar ham, raqamli EHMlar ham) XX asrning 40- yillarida paydo bo’ldi. Hisoblash texnikasi taraqqiyotida elektron hisoblash mashinalari 4 avlodga ajratib ko’rsatiladi, jumladan:



elektron lampalar negizidagi EHM (40- yillar, 50- yillar boshlanishida);




diskret yarimo’tkazgichli asboblar negizidagi EHM (50- yillarning o’rtasi, 60- yillar);

integral mikrosxemalar negizidagi EHM (60- yillar);

yirik integral mikrosxemalar negizidagi EHM (60- yillarning o’rtasi).


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling