I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


PDP-8 rusumli minikompьyuter


Download 1.14 Mb.
bet6/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


PDP-8 rusumli minikompьyuter




tayyorlash, o’z navbatida, o’rta va kichik tijorat kompaniyalari uchun kompьyuterga ega bo’lish imkonini berdi.

1970 yili Intel kompaniyasining xodimi Edvard Xoff bir nechta integrall mikrosxemalarni bitta kremniyli kristallga joylagan tarzda birinchi mikroprotsessorni yaratishga muvaffaq bo’ldi. Sun’iy intellekt

tizimlarini, xususan shaxsiy kompьyuter yaratilishi uchun yo’l ochib bergan ushbu inqilobiy ixtiro juda yirik, vazni og’ir maxluq sifatida ko’ringan kompьyuterlar haqidagi tasavvurlarni tubdan o’zgartirib tashladi. Mikroprotsessor bilan birga kompьyuterlarning to’rtinchi avlodi – foydalanuvchining stoli ustiga bemalol joylashadigan mikrokompьyuter paydo bo’ldi.



XX asrning 70- yillari o’rtasida xususiy foydalanuvchi uchun
mo’ljallangan hisoblash mashinasi – shaxsiy kompьyuterni
yaratishga urinishlar boshlandi. Ushbu yillarning ikkinchi yarmiga
kelib, Amerikaning Epl (Apple) firmasi bu borada ilk
muvaffaqiyatni qo’lga kirita oldi. Biroq, shaxsiy kompьyuterlar
1981 yilning avgust oyida Ay-Bi-Em (IBM) firmasi tomonidan IBM
PC mikrokompьyuterining modeli yaratilganidan so’nggina keng
ko’lamda ommalasha boshladi. Ushbu modelda ochiq arxitektura
tamoyili
qo’llanilganligi, kompьyuterning asosiy qurilmalari va
ularni bir-biriga ulash usullari standartlashtirilganligi IBM
PC klonlarining ommaviy ravishda ishlab chiqarilishiga, oxir-
pirovard mikrokompьyuterlarning jahon bo’ylab tarqalib
ketishiga olib keldi.

XXI asrning boshiga qadar mikrokompьyuterlar sezilarli


evolyutsion yo’l bosib o’tdi, ular ishlov berayotgan axborot hajmi
bir necha chandon ortib ketib, tez ishlash qobiliyati jadal
sur’atda oshib keldi. Biroq, ular minikompьyuterlarni hamda
yirik hisoblash tizimlari sanaladigan – meynfreymlarni hayot
sahnasidan batamom siqib chiqara olmadi. Aksincha, yirik
hisoblash tizimlarining ravnaq topishi yadro qurolining portlashi
yoki yirik zilzila modelini hisoblab chiqarish qobiliyatiga ega,
hisoblash ishlarini superunumli bajaradigan, narxi ham
superqimmat – superkompьyuter yaratilishiga olib keldi.

Bugungi kunda esa ahli jahonning ilm-fan arboblari, dunyoning olim-u-ulamolari, soha mutaxassislari turli-tuman kompьyuter tizimlarining imkoniyatlarini birlashtirishga qodir bo’lgan global axborot tarmog’ini yanada puxta shakllantirib, takomillashtirishga kirishib ketdilar (o’zbek xalqining umidi bo’lmish yoshlarimiz ham bunday global miqyosli ishlarga o’z munosib hissalarini qo’shishlariga va vaqti kelib, ularning mo’’tabar nomlari jahon entsiklopediyalariga kiritilishiga qattiq ishonaman, shunday kunlar yaqin ekanligiga umid qilaman).



II. KOMPЬYuTER ARXITEKTURASI VA FUNKTSIONAL TAVSIFI. ASOSIY UZELLAR VA TASHQI QURILMALAR

1. KOMPЬYuTER ARXITEKTURASI




Bugungi kunda kompьyuterlarning ikkita asosiy turi, ya’ni:

- ikkilik sonli kodlar ko’rinishidagi


ma’lumotlarga ishlov beruvchi raqamli
kompьyuterlar
;

- hisoblab chiqarilayotgan kattaliklar analogi


sanaladigan, uzluksiz o’zgarib turuvchi fizik (elektr
kuchlanish, vaqt va shu kabi) kattaliklarga ishlov beruvchi
analog kompьyuterlar mavjud.

Aksariyat kompьyuterlar 1945 yil Djon fon Neyman tomonidan ta’riflangan tamoyillar asosida tuzilgan bo’lib, ular quyidagicha ataladi va izohlanadi.

dasturiy boshqaruv tamoyili – dastur komandalar to’plamidan tashkil topgan bo’lib, ular protsessor tomonidan avtomatik ravishda muayyan izchillikda ketma-ket bajariladi.

xotiraning bir jinsli (o’xshash) bo’lish tamoyili – dastur va ma’lumotlar ayni bitta xotira qurilmasida saqlanadi; ma’lumotlar bilan qanday harakatlar bajarilsa, komandalarga nisbatan ham xuddi shunday harakatlar bajarish mumkin.

manzillilik tamoyili – asosiy xotira qurilmasi tuzilish jihatidan raqamlangan xotira uyalaridan tashkil topadi.

Ushbu tamoyillar asosida yaratilgan kompьyuterlar EHMlarning mukammal (klassik) arxitekturasiga (ya’ni, fon Neyman arxitekturasiga) ega kompьyuterlar deb ataladi.



KOMPЬYuTER ARXITEKTURASI tushunchasi ostida kompьyuterning mantiqan tashkil topgan qismi, tuzilishi va resurslari, ya’ni ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni uchun muayyan vaqtga ajratib beriladigan hisoblash tizimiga mansub vositalar majmui tushuniladi. Kompьyuter arxitekturasi shaxsiy

kompьyuterning asosiy mantiqiy uzellari tomonidan bajariladigan harakatlar tamoyillarini, ushbu uzellar o’rtasidagi axborot almashinishga oid aloqalar va o’zaro jismonan bog’lanishlarni belgilab beradi. Asosiy mantiqiy uzellar jumlasiga:



markaziy protsessor (MzP);

asosiy xotira qurilmasi (AXQ);

tashqi xotira qurilmasi (TXQ);

tashqi qurilmalar kiradi.

2. SHAXSIY KOMPЬYuTERNING ASOSIY FUNKTSIONAL TAVSIFI




SHaxsiy kompьyuterning asosiy funktsional tavsifi quyidagilardan tashkil topadi:

ish unumdorligi.

Zamonaviy EHMlarning ish unumdorligi, odatda, soniyada million operatsiya o’lchov birligi bilan o’lchanadi;



ish tezligi;

taktli chastota;

mikroprotsessor tizimining

hamda interfeysning kodli shinasiga daxldor razryadlik darajasi.

ya’ni bitta komanda yordamida markaziy protsessor ishlov bera oladigan axborot bitlarining miqdori.



Razryadlik darajasi – bu, mashina operatsiyasi, shu jumladan axborot uzatish operatsiyasi bir vaqtda bajarilib, ishlov berilishi mumkin bo’lgan ikkilik son razryadlarining maksimal miqdori. Razryadlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, shaxsiy kompьyuter bajaradigan ish unumdorligi ham shu qadar yuqori bo’ladi.

Mikroprotsessorning razryadlik darajasi undagi arifmetik mantiqiy qurilma, ichki ma’lumotlar registrlari va tashqi ma’lumotlar shinasining

24 razryadlik darajasi bilan belgilanadi;

tizim interfeysi va mahalliy interfeyslar turlari.

Qo’llaniladigan interfeyslarning har-xil turlari mashina uzellari o’rtasida axborot uzatish tezligining turlicha bo’lishini ta’minlab, tashqi qurilmalarning turli-tuman miqdori va rusumlarini ulash imkonini yaratadi;



tezkor xotira qurilmasining hajmi.




Odatda, tezkor xotira qurilmasining hajmi Mbaytlarda o’lchanadi. Hajmi 16 Mbayt bo’lgan tezkor xotira qurilmalari bilan aksariyat zamonaviy amaliy dasturlar ishlamaydi, ishlagan taqdirda ham ularning ishi nihoyatda sust kechadi;

ko’chmas magnit disk asosidagi to’plagich (vinchester) hajmi.

Vinchester hajmi, odatda, Gbayt o’lchov birligida o’lchanadi;



ko’chma magnit disk asosidagi to’plagich turlari va hajmi.

Bugungi kunga qadar standart hajmi 1,44 Mbaytga teng, diametri 3,5 dyuym keladigan disketaga ega ko’chma magnit disk asosidagi to’plagichlar qo’llanilib kelinmoqda;



kesh-xotira qurilmasi mavjudligi, uning qo’llanilgan turi va hajmi.

Kesh-xotira qurilmasi – sekin ishlovchi xotira
qurilmalari ichida saqlanayotgan axborot ustida
bajarilayotgan operatsiyalarni jadallashtirish uchun
kompьyuter tomonidan avtomatik ravishda

ishlatiladigan, foydalanuvchi daxl qila olmaydigan, tez ishlovchi, kichik hajmli (virtual) buferli xotira qurilmasidir.






Agar mashinada hajmi 256 Kbaytga teng kesh-xotira qurilmasi qo’llanilayotgan bo’lsa, ushbu qurilma shaxsiy kompьyuter ishining unumdorligini 20 foizga oshiradi;

videomonitor va videoadapter rusumi;

printer mavjudligi va uning qo’llanilgan turi;




CD-ROM kompakt disklar

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling