I. kompьyuter. Ish tamoyillari va dasturlar haqida


Ko’chmas mikrokompьyuterlar


Download 1.14 Mb.
bet3/13
Sana04.09.2020
Hajmi1.14 Mb.
#128523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi


Ko’chmas mikrokompьyuterlar, aksariyat hollarda, ichiga ichki qurilma va uzellar o’rnatiladigan alohida tizim bloki hamda zamonaviy kompьyuterdan foydalanishni tasavvur qilib bo’lmaydigan alohida tashqi qurilmalardan (monitor, klaviatura va sichqondan) tashkil topadi. Zarurat tug’ilganida, mikrokompьyuterning tizim blokiga qo’shimcha tashqi qurilmalar (misol uchun printer, skaner, akustik tizimlar, djoystik kabilar) ulanishi mumkin.

Ko’chma shaxsiy kompьyuterlar avvalambor bloknot – noutbuk (ingl. notebook – yozuv daftari) ko’rinishida tayyorlanishi bilan ma’lum. Noutbukda jamiki ichki va tashqi qurilmalar yagona korpusga birlashtirilgan bo’lib, odatda, vazni 2-5 kg keladigan kichik chemodan ko’rinishiga ega. Ko’chmas mikrokompьyuterga ulangani kabi, noutbukka ham

5 Foydalanuvchi, informatikada – hisoblash tizimi (misol uchun EHM) yoki dasturiy vositadan (dastur, ish tartibi va shu kabilardan) foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

qo’shimcha tashqi qurilmalar ulanishi mumkin. Elektr ta’minoti bilan akkumulyator batareyalari vositasida ta’minlanadi.

Mikrokompьyuterlar IBM PC-mos keladigan (Ay-Bi-Em Pi-Si deb o’qiladi) va IBM PC-mos kelmaydigan mikrokompьyuterga farq qiladi.

XX asrning 90- yillari xotimasida IBM PC-mos keladigan mikrokompьyuterlar soni jahondagi kompьyuterlar parkining to’qson foizini tashkil etdi. IBM PC Amerikaning Ay-Bi-Em (IBM) kompaniyasi tomonidan 1981 yilning avgust oyida yaratilgan edi. Ushbu kompьyuterning yaratilishida ochiq arxitektura tamoyili qo’llanildi. Mazku tamoyil yig’ilayotgan kompьyuter konstruktsiyasida tayyor yig’ilgan blok va qurilmalar qo’llanilishi hamda kompьyuterning asosiy qurilmalari va ularni bir-biriga ulash usullari standartlashtirilishini anglatadi.

Ochiq arxitektura tamoyili oson yig’iladigan IBM PC-mos keladigan mikrokompьyuter-klonlar keng ko’lamda tarqalib ketishiga sabab bo’ldi. Bunday kompьyuterlarni yig’ishga ko’plab firmalar kirishib ketib, erkin raqobat sharoitida mikrokompьyuterlar narxini bir necha barobar pasaytirib yuborishga, kompьyuter ishlab chiqarish jarayoniga esa texnika sohasida erishilgan so’nggi yutuqlarni joriy etishga muvaffaq bo’lishdi. Foydalanuvchilar esa o’z mikrokompьyuterlarini mustaqil ravishda modernizatsiya qilish, yuzlab ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlash imkoniyatini qo’lga kiritdilar.

IBM PC-mos kelmaydigan mikrokompьyuterlar orasida nisbatan keng tarqalgan yagona mikrokompьyuter – Makintosh (Macintosh) kompьyuteri sanaladi. Amerikaning Epl (Apple) firmasi tomonidan tayyorlangan Makintosh mikrokompьyuterlari 1980 yildan e’tiboran IBM PC-mos keladigan mikrokompьyuterga munosib raqobat qila oldi. Negaki, qimmatligiga qaramay, ushbu kompьyuterlar foydalanuvchini ayoniy grafik interfeys bilan ta’minlagan, ishlatish jihatidan esa sezilarli darajada sodda bo’lib, keng imkoniyatlarga ega bo’lgan edi. 1990 yildan boshlab, Makintoshlar va IBM PClar orasidagi tafovut tobora barham topa boshladi. Negaki, IBM PC kompьyuterlari grafik interfeysga ega operatsion tizimlar (Windows, OS/2) va bunday tizimlar uchun mo’ljallangan ko’p sonli amaliy dasturlar bilan ta’minlandi. Bugungi kunda Makintoshlar faqatgina stol usti nashriyotchiligiga oid tizimlar bozoridagina yetakchilik mavqeini saqlab bormoqda.






XX asr 90- yillarining ikkinchi yarmiga kelib, global kompьyuter tarmoqlari jadal ravnaq topa boshlagani bois, hayot sahnasida shaxsiy kompьyuterning yangi turi, faqat kompьyuter tarmog’ida ishlash uchun mo’ljallangan – tarmoq kompьyuteri paydo bo’ldi. Bunday kompьyuterga disk asosidagi o’z xotira qurilmasi va disk kiritish qurilmalariga ega bo’lish shart bo’lmay qoldi. Negaki, tarmoq kompьyuteri operatsion tizim, zaruriy dasturlar va axborotni endi kompьyuter tarmog’idan olib ishlatadigan bo’lib qoldi. Tarmoq kompьyuterlari stol usti shaxsiy kompьyuterlariga nisbatan sezilarli darajada arzonlashib borishi, ixtisoslashtirilgan (misol uchun, telefon aloqasi, chiptalarni bronlash va shu kabi) ilovalar bilan muntazam ishlaydigan firmalardagi va ta’lim muassasalarida qo’llanilayotgan kompьyuterlar o’rnini asta sekin egallab borishi taxmin qilinmoqda.

Vazni 500 grammga bormaydigan, qo’l kaftidek joy egallaydigan ixcham cho’ntaki kompьyuterlar (misol uchun, elektron organayzer yoki palmtop deb ataladigan qurilmalar) mikrokompьyuterlarning alohida turi sanaladi.



Palmtop (ingl. palmtop) ixcham mikrokompьyuterlarning eng
jajji, kishi cho’ntagi yoki kaftiga bemalol joylashadigan turidir.
SHu bois unga ikkinchi nom – handheld personal computer (HPC)
kaft usti shaxsiy kompьyuteri nomi berilgan. O’z vaqtida
aksariyat palmtoplarni

IBM PC-mos keladigan mikrokompьyuterlar deb e’tirof etib bo’lmas edi. Negaki, palmtoplarda Intel x86 oilasiga mansub protsessorlari bilan mos kelmaydigan, faqat IBM PC-mos keladigan kompьyuterlarda foydalaniladigan mikroprotsessorlar qo’llanilgan. Elektr energiyasining oz miqdorini iste’mol qiladigan kaft usti shaxsiy kompьyuteri batareyalar vositasida noutbukka nisbatan o’nlab barobar uzoq vaqt ishlay oladi. Palmtoplardagi tezkor xotira qurilmasining hajmi 2-16 Mb ni tashkil etadi. CHo’ntaki kompьyuterlar alohida operatsion tizim bilan ta’minlanadi. Palmtoplar, odatda, organayzer vazifasini bajaradi, shuningdek, ulardan kalendarь yoki yozuv daftarchasi sifatida foydalaniladi.

XX asr 90- yillarining oxiridagina kompьyuterlarning boshqa turlari bilan axborot almashinish, global kompьyuter tarmoqlariga ulash imkonini beruvchi operatsion tizimlarga ega palmtoplar paydo bo’ldi. Kaft usti shaxsiy kompьyuteri, odatda,

elektron pochta bilan ishlash uchun soddagina dastur va kompьyuterlarning boshqa turlari bilan ma’lumot almashinish uchun mo’ljallangan dasturlar bilan ta’minlanadi.






Palmtop o’lchami taxminan 20x10 sm, qalinligi 2-3 sm keladi. CHo’ntaki kompьyuterlar tarkibida ko’chmas magnit disk asosidagi to’plagich ham, disk kiritish qurilmasi ham bo’lmaydi. Konstruktiv jihatdan ikkita o’zaro ulangan panelь ko’rinishiga ega bo’lib, yozuv daftarchasi kabi yopiladi. Ushbu panellardan biriga klaviatura, ikkinchisiga esa sezgir ekran joylashgan. Ularning ayrim modellari jajji




klaviaturali bo’lsa, ayrimlari umuman

klaviaturasiz, ya’ni bitta panelь ko’rinishida ishlab chiqariladi. Klaviaturasiz modellar ishi ekranga maxsus peroni bosish yoki ushbu pero vositasida ekranga chizish orqali boshqariladi.

Kompek (Compaq), NEK (NEC), Filips (Philips), Epl (Apple), Xьyulett-Pakkard (Hewlett-Packard), Soni (Sony), Psion (Psion) firmalari tomonidan

tayyorlangan cho’ntaki kompьyuterlar bugungi kunda keng tarqalgan



kompьyuterlardir.

ISH STANTSIYaLARI mikrokompьyuter modellarining kichik avlodidan, xususan mikrokompьyuter bilan minikompьyuter o’rtasidagi kompьyuterlarning oraliq turi ko’rinishida ravnaq topa boshladi. Sirtdan qaraganda ular ko’chmas mikrokompьyuterlardan farq qilmay, vaqt o’tgan sari ular orasidagi mavjud farq ham barham topa boshlagan edi.




XX asrning 80- yillarida ish stantsiyalariga terminallar ya’ni, klaviatura va monitorlar bilan jihozlangan alohida ish joylari ulangan. Bunday terminallar bir necha kishiga ish stantsiyasidan foydalanish imkonini bergan.

Vaqt o’tgach, ish stantsiyalarida faqat bir


kishi ishlaydigan bo’lib, shaxsiy

mikrokompьyuterdan faqat yuqori quvvati bilangina farq qiladigan bo’lib qoldi. Bugungi kunda hisoblash amallari jadal olib boriladigan ishlar uchun foydalaniladigan



idorada ishlatiladigan shaxsiy

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling