Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osh uzvli paremiyalar badiiy matnlarda
3-rasm. Osh uzvli paremalarning semantik tavsifi. Osh uzvli paremalarning variantlashuvi: Ish vaqtida – ayyor, osh vaqtida – tayyor // ish desa – ayyor, osh desa – tayyor; Osh uzvli paremalarning semantik tavsifi mehm ondo`s tlik pand-nasihat mehnatsevarlik halollik tejamkorlik sabr-qanoat yalqov lik do`stlik donolik baxillik 58 Yig`lagan ko`zga yosh, tilagan og`izga osh // yig`lagan ko`zga yosh, yegan og`izga osh; Yomon xotin oshga o`rtoq, boshga – to`qmoq // yomon oshga o`rtoq, boshga –to`qmoq; Insofli odam oshini yer, insofsiz odam – boshini // insofli oshini yer, insofsiz – boshini; Oz oshim – g`avg`osiz boshim // ozgina oshim – g`avg`osiz boshim. Osh uzvli paremiyalar badiiy matnlarda: – Chavandoz bova!-dedi. – Oshingni yesa-da mard yesin, boshingni yesa-da mard yesin! Bunday tantilikdan keyin, haq sizdan aylansin!-dedi. (Tog`ay Murod, Ot kishnagan oqshom, 37-b.) Metafora tildagi universal hodisa. Ko‘chirish, asosan metafora, metonimiya, funksional va sinekdoxa usullari asosida yuzaga keladi. Qorishiq holda (metafora- funksional, metafora-metonimiya, metonimiya-funksional tarzida) ham uchraydi. M.Mirtojiev mazkur hodisani quyidagicha tasniflaydi: Hosila ma’no hosil qiluvchi ma’no referentlarining o‘zaro o‘xshashligiga qarab metafora, aloqa- dorligiga qarab metonimiya, biri butun va ikkinchisi uning bo‘lagi bo‘lishiga qarab sinekdoxa, birining vazifasini ikkinchisi olishiga qarab vazifadoshlik, birining hosilasi ikkinchisi bo‘lishiga qarab tobelilik kabi ko‘rinishlarda belgilanadi. Xulosa qilib aytganda, metafora narsa-predmet, belgi va harakatning o‘zaro tashqi o‘xshashlik asosida ko‘chishiga asoslanadi. Shuningdek, metaforik ko‘chim jonsiz predmet, narsa va hodisalarni jonlantirish natijasida ham sodir bo‘ladi va bir sezgi a’zosi tomonidan his etilgan narsa-predmet, harakat, jarayonning metaforik asosda boshqa bir sezgi a’zosi faoliyatiga sababchi bo‘lishiga ham asoslanadi. 1 Leksikologiyaga doir adabiyotlarda to‘g‘ri ta’kidlanganidek, yangi ma’noning hosil bo‘lishi nom ko‘chishi asosida yuz berishi e’tirof etilgani (ya’ni bunda nom ko‘chishi nazarda tutilgani) holda, ko‘pchilik ishlarda bu hodisa 1 Тошева Д. Зооним компонентли мақолларнинглингвокультурологик хусусиятлари: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори дис. автореф., 2018. – Б.114. 59 «ma’no ko‘chishi», «ma’no ko‘chishi natijasida yangi ma’no hosil bo‘lishi» deb ta’riflanadi. Aslida ma’no ko‘chishi hodisasi yo‘q. 1 Metafora – narsa, belgi yoki harakatga xos atamaning (so‘zning) o‘zaro o‘xshashligi bo‘lgan boshqa narsa, belgi, harakat haqidagi tushuncha uchun ham qo‘llanishi, shu tushunchaning ham nomiga o‘tishi (aylanishi)dir. 2 Aristotel: «Metafora – so‘z ma’nosini o‘zgartirgan holda turdan xilga yoki xildan turga, xildan xilga yoki anologiyalarga asosan ko‘chirish», – deb yozadi. 3 O‘zbek tilshunosligida metafora, xususan, uni yuzaga keltiruvchi omillar, uning yondosh hodisalar bilan munosabati, matndagi o‘rni, lisoniy va badiiy vazifasi masalasi keng tadqiq etilgan. 4 Metafora kognitiv nuqtai nazardan qaralsa, oddiygina ko‘chim emas, balki insongagina xos olamni anglash vositalaridan biridir. Inson tabiat, xususan, o‘simliklar va hayvonot dunyosini hamda jamiyatni o‘zaro qiyoslash, o‘xshatish, ya’ni metaforalar vositasida ko‘radi, anglaydi. Matal maqollar qatori non tuz osh bilan bogliq o`xshatishlar ham shakllangan. Turg`un o`xshatishlar ham xalqning lisoniy va madaniy qarashlari mahsulidir. Suvga tushgan (bo`lka) nonday, nonday; Frazeologik birliklar haqida tushuncha. Frazeologizmlar xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbai. Frazeologizmlarning milliy- madaniy semantikasi. Realiyalar bilan bog‘liq frazeologizmlar. Frazeologizmlarda muayyan xalq miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlarining mujassamlashishi. Frazeologizmlarning mifologema va arxetiplar bilan aloqasi. 1 Қаранг. Жамоа. Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 220. 2 Жамоа. Ўзбек тили лексикологияси, 21-б. 3 Аристотель. Риторика. Поэтика. – М.: Лабиринт, 2000. – С. 170-171. 4 Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент, 1975; Шукуров И. Перенос значение слов в современном узбекском языке: Автореф. дис. канд филолог. наук. – Ташкент, 1978; Қобулжонова Г. Метафоранинг системавий талқини: Филол. фан. ном. ... диссер. автореф. – Тошкент, 2000. – 23 б.; Қобулова У. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар муносабати (ўзбек халқ топишмоқлари мисолида): Филол. фан. ном. ... диссер. автореф. – Тошкент, 2007. – 24 б.; Усмонова С. Метафора // Ўзбек тили ва адабиёти, 1964. – № 4. – Б. 34-35. 60 Mashhur V.I.Dal shunday deydi: “Maqollarning tag ma’noga ega birlik sifatida qabul qilinishi ulardagi xilma-xil mazmunni va keng ko‘lamdagi fikrni yoritishga imkon beradi”. N.Uluqov, H.Solixo‘jaevalar fikricha, hikmatlar hayotdan tug‘iladi, har qanday hikmatu maqol-u matalning mantiqiy asosi hayot. 1 1 Улуқов Н., Солихўжаева Ҳ. Ҳабиб Саъдулла шеърларининг лингвопоэтикаси. – Наманган: “Наманган” нашриёти, 2017. – Б. 68. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling