Iii bob. Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli


Download 439.43 Kb.
bet10/15
Sana27.06.2023
Hajmi439.43 Kb.
#1657036
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-мавзулар

Uchinchi guruhga inson kapitali va innovatsion rivojlanish o‘rtasidagi statistik bog‘liqliklar aniqlashtirilgan Knovl, Ouen, Nonneman, Vanxaud, Xoeffler, Pritchett kabi olimlarning asarlari kiritilgan. Boulxolning ta’kidlashicha, uzoq muddatli istiqbolda inson kapitalining hududlarning innovatsion taraqqiyotiga ta’siri masalalari hali etarlicha tadqiq qilinmagan.
Inson kapitaliga investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlili natijalari ham bir-biriga zid xulosalar beradi. 2000 yillarning boshlarida Yevropa mamlakatlarida AQSh bilan taqqoslaganda oliy ta’limga investitsiyalarning past darajasi kuzatilgan, xususan Yevropa Ittifoqida YaIMning 1,4%i, AQShda esa YaIMning 3,0%i oliy ta’limga investitsiya sifatida yo‘naltirilganligi, bugungi kunda Yevropa Ittifoqining orqada qolishining sabablaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ammo, Ikkinchi Jahon urushidan keyingi dastlabki yigirma yil ichida Yevropa davlatlari boshlang‘ich va o‘rta ta’limga investitsiyalarning nisbatan past bo‘lishiga qaramasdan AQShga nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga
erishganligi Agiyon tadqiqotlarida tilga olib o‘tilgan. Osiyo yo‘lbarslari sanaluvchi Gonkong, Tayvan, Janubiy Koreya va Singapur mamlakatlari boshlang‘ich va o‘rta ta’limga investitsiyalarni yo‘naltirish evaziga o‘ziga xos mo‘’jiza yaratganlari holda, yuksak iqtisodiy natijalargan erishdilar.
Inson kapitalining texnologiya va innovatsiyalarning ommalashishiga ta’sirini nazariy jihatdan asoslashga xizmat qiluvchi ilmiy izlanishlar etarlicha ko‘p emas, bunday izlanishlar sirasiga Findlay, 1978; Vang va Blomstraom 1992; Das, 1987; Meyer-Folkis va Nunnenkamp, 2009 kabilarning asarlarini kritish mumkin.
Texnologiyalar borasida yetakchi mamlakatlar bilan farqni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan inson kapitalining minimal darajasini hisoblab chiqish borasida sanoqli tadqiqotlar mavjud (Borenszteyn va boshq. 1998; Crespo va boshq. 2004; Benhabib va Shpigel 2005; Kiruelos va Vang 2005), texnologiyalar almashish yo‘llarini tadqiq etuvchilar (Findlay, 1978). Tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan asosiy ilmiy masala - bu texnologiyada mujassamlashgan “kapitalning to‘lib toshishi” rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarni taqqoslaganda iqtisodiy o‘sish sur’atlaridagi farqni bartaraf etish uchun zarur vaqt oralig‘ini kamaytira olishi mumkinmi yoki yo‘qmi degan savolga jovab topishdan iboratdir.
Texnologik jihatdan qoloqlikni bartaraf qilish va shu asnoda innovatsion taraqqiyotni ta’minlash milliy xo‘jalikda texnologiyalarni yaratish yoki ularni texnologik jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlardan qarzga olish evaziga ta’minlanishi mumkin.
Texnologiyalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yoki texnologik jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga taqlid qilish mamlakatlararo va mamlakat darajasida, shuningdek mikro darajada ham o‘rganiladi. Bu borada so‘nggi yillarda e’lon qilingan ilmiy izlanishlar salmog‘i ozchilikni tashkil qiladi.
Jon Veyli va Xiliang Jao tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni makro ko‘lamdagi tadqiqotlar sirasiga kiritishimiz mumkin, mazkur olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida 1978-2008 yillar oralig‘ida Xitoyning iqtisodiy o‘sishiga
inson kapitalining qo‘shgan ulushi baholangan va inson kapitalidan samarali foydalanish hisobiga mamlakatdagi iqtisodiy o‘zgarishlarning 38%i amalga oshirilganligi ilmiy jihatdan isbotlab berilgan. Nikola Gennayoli, Rafayl la Porta, Florensio Lopez de Silanes, Andrey Shleyfer 110 ta mamlakat doirasida iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlarini R. Lukas ishlanmalariga asoslangan model yordamida iqtisodiy tahlil qilish asnosida mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutlar bevosita inson kapitali sifati va samarasiga bog‘liq, degan xulosaga kelishgan. Inson kapitalining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini mikro darajada tadqiq qilish borasidagi adqiqot natijalari ham tarqoq tavsifga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Inson kapitalining korxonalarning innovatsion rivojlanishiga ta’siri atroflicha o‘rganilgan bir qator ilmiy izlanishlar mahsuli bo‘lgan tadqiqot natijalari mavjudligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Bunday tadqiqotlar qatorida 1980-1990 yillar davomida 42 ta mamlakatda 37 ta sanoat tarmoqlari ma’lumotlarini tahlil qilish asosida inson kapitalining innovatsion rivojlanishga ijobiy ta’sirini asoslab bergan Karina Xitch va Jovanni Sulis va inson kapitalining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini statistik jihatdan o‘rgangan Di Libertoning ilmiy izlanishlarini sanab o‘tishimiz mumkin.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda, quyidagilarni ta’kidlab o‘tamiz:

  1. Hududlarning innovatsion rivojlanishiga inson kapitalining ta’sirining tabiati har xil bo‘lishi tabiiydir, chunki bu “ta’lim” ni o‘lchashdagi xatolar, uning sifati, endogen xususiyati va ko‘p qirraliligini hisobga olmaslik bilan bog‘liq.

  2. “Innovatsion rivojlanish” kontseptsiyasini aniqlash borasidagi yondashuvlar - omil, jarayon - innovatsion rivojlanish subyektlari faoliyati, tashqi va ichki muhitni o‘zgartirish imkoniyati nuqtai nazaridan ochib beriladi. Innovatsion rivojlanishni o‘rganish mazkur jarayonning xususiyatlarini, shu jumladan jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar sharoitida shaxsning faol o‘rni va

o‘zgarishlarning ijtimoiy yo‘nalishini hisobga olishni nazarda tutadigan tizimli yondashuvni qo‘llashga asoslanishi lozimligini ko‘rsatadi.

  1. Aholining savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan siyosat inson kapitalining jamg‘arilish darajasi, mamlakatdagi fan va texnika taraqqiyoti darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish mamlakatning innovatsion taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

  2. Ta’limga mablag‘ sarflash va aholining kasbiy saviyasini oshirish aholi farovonligi va innovatsion faolligini oshirishga xizmat qilish bir qatorda, inson kakpitali sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi. Inson kapitali innovatsion o‘zgarishlarni tezlashtiruvchi va yoki aksincha sekinlashtiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Shu bois, inson kapitalining hududlarning innovatsion rivojlanishiga ta’sirining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish muhim sanaladi.

Download 439.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling