Iii bob. Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli
Bob bo‘yicha qisqacha xulosalar
Download 439.43 Kb.
|
2-мавзулар
Bob bo‘yicha qisqacha xulosalarBarcha davrlarda ham olimlar insonlarning kundalik hayotida sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganishiga intilib kelganlar . Qadimgi davrlarda ham faylasuflar va ilohiyotchilar o‘zlarining asarlarida o‘sha davrlarda mavjud bilimlarga tayangan holda, muayyan bir qonuniyatlarni kuzatadilar va ular borasidagi o‘zlarining turli qarashlari va farazlarini ilgari suradilar. Iqtisodiy nazariya va ekonometrikaning rivojlanishi olimlarga turli xil iqtisodiy quyi tizimlarning modellarini yaratishga, shuningdek ularni statistik usullar va matematik modellashtirish yordamida tushuntirishga imkon berdi. P.Daymond tahlil sohasiga ishlab chiqarish sektorini kiritadi, buning natijasida mazkur model bir muncha keng qamrovli makroiqtisodiy modelga aylanadi. U iqtisodiyotdagi quyidagi bog‘liqliklarni bayon qilishga imkon beradi: Turli avlod vakillari o‘rtasida pul mablag‘larining harakatlanishi; Davlat qarzining individlar xulq-atvoriga ta’siri; Pensiya tizimining samaradorligi. Tutash avlodlar modeli iqtisodiy o‘sishni mukammal raqobat sharoitida joriy iqtisodiy jarayonlarni o‘tgan davrdagi iqtisodiy jarayonlar bilan aloqadorliginikuzatish asnosida iqtisodiy o‘sishni ko‘rib chiqadi ushbu model ikkita alohida qismlarni birlashtirish asosida quriladi. Ularning birinchisi P. Samuelson tomonidan 20 asrning 60-yillarida takomiliga etkazilgan kapital hisobiga foiz daromadlari nazariyasini o‘z ichiga oladi. U mazkur jarayonlarni ikki avlod – yoshlar va qariyalar nuqtai nazaridan qarab chiqishni taklif qiladi. Yoshlar mehnat qiladilar va daromad oladilar, qariyalar esa o‘z jamg‘armalarini safr qiladilar. Ushbu nazariya iqtisodiyotda jamg‘armalarning shakllanishi va ularning keyinchalik investitsiyalarga aylanishini kuzatish imkonini beradi. Modelning ikkinchi qismi Samuelson, Solou va Ramsay modellarini birlashtirish asosiga quriladi va bunda bir qator umumiy xulosalar ilgari suriladi: Vaqt sakrab o‘zgaradi; Iqtisodiyot yopiq tizim sifatida ko‘riladi; Bozorda iste’mol qilish va investitsiyalash mumkin bo‘lgan birgina ne’mat ishlab chiqariladi; Ishlab chiqarishning asosiy omillari kapital va mehnat hisoblanadi. Piter Daymond yuqorida sanab o‘tilgan modellarni birlashtirgan holda, Daymond-Samuelson modeli deb nom olgan etarlicha samarali modelni yaratdi. Tutash avlodlar tushunchasi-ning o‘zi bir paytning turli vaqt oraliqlarida tug‘ilgan bir necha avlodlar mavjud bo‘lishini anglatadi. Uy xo‘jaliklari guruhlarini umumlashtirish uchun ularni yosh va qariga ajratish qabul qilingan. Ushbu holatda t va t+1 vaqt oraliqlarida istiqomat qiluvchi avlodlar soni Lt ko‘rsatkichiga tenglashtiriladi. Dastlabki davrlarda uy xo‘jaliklari mehnat qiladi va wt miqdorda daromad oladi, bunda noelastik mehnat taklifi- Lt ni yaratadilar. Keyingi davr oralig‘ida xuddi shu uy xo‘jaliklari mehnat bilan shug‘ullanmaydilar va daromad olmaydilar. Eng oddiy holatda uy xo‘jaligi mehnat qilib, so‘ngra hech bir qo‘shimcha kapital va me’rosga ega bo‘lmagan holda pensiyaga chiqishi qarab chiqiladi. Birinchi davr mobaynida olingan daromadlar joriy iste’mol va jamg‘armalarga ajratiladi. Keyingi davrda uy xo‘jaligi o‘tgan davrdagi jamg‘armalaridan olinuvchi yalpi daromadlardan foydalanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, jamg‘armalar bo‘yicha foiz stavkalarining o‘sishi uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arishga yo‘nal-tirilayotgan pul mablag‘larining o‘sishiga olb keladi. Ishlab chiqarish sektori doirasida mehnat (Lt) va kapital (Kt) ko‘rsatkichlar, shuningdek yalpi ishlab chiqarish hajmi Yt qarab chiqiladi. Birinchi davr oralig‘idagi investitsiyalar ikkinchi davrda kapital hajmini oshirish imkonini beradi. Kapital daromadliligi ikkinchi davrga nisbatan qarab chiqiladi. Bunda yosh va qari avlod mavjud kapitalgagina egalik qiladi yoki uni sotib oladi, ular o‘zlaridan so‘ng, hech qanday aktiv va me’rosga ega bo‘lmaydilar, deb faraz qilinadi. Agar kapital ishlab chiqarishda foydalaniluvchi yagona aktiv deb, faraz qilsak, u holda yosh avlod o‘z jamg‘armalarini ko‘paytira borib, joriy ishlab chiqarish kapitaliga qo‘yilma kiritadilar, deb so‘z yuritsak o‘rinli bo‘ladi. Ushbu holatda har bir davrdagi kapital qiymati o‘tgan davrlar mobaynida uy xo‘jaliklari tomonidan amalga oshirilgan jamg‘armalarga nisbatan hisoblanadi. Shunday qilib, aholining farovonligi kapital nisbatiga bog‘liq hisoblanadi, agar yuqoridagi shartlar bajarilsa aholi farovonligi va o‘z navbatida yollanma ishchilarning mehnat daromadlari ham ortadi. Ya’ni, har bir keyingi avlodning turmush darajasi avvalgisining turmush darajasidan yuqori bo‘ladi. Download 439.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling