Iii bob. Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli


Download 439.43 Kb.
bet8/15
Sana27.06.2023
Hajmi439.43 Kb.
#1657036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2-мавзулар

3.4-jadval.
Bilimlar kategoriyasi

Know-what

Amaliy bilimlar

Know –whu

Jamiyat, tafakur, tabiat qonunlari va tamoyillari haqidagi bilimlar

Know- how

Ko‘nikmalar, yaratuvchanlik qobiliyati (ijodiy faoliyat)

Know- who

Hamkorlikka, turli insonlar
kirishuvchanlikka bo‘lgan layoqat

va

ekspertlar

bilan

muloqotga

Manba:OECD,2001.P.18-19.

  • transformatsiyalarning strategik, keng qamrovli xususiyati (iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi jarayonlarni hisobga olish zarurati; hayotning barcha jabhalarida yangilik va ixtirolardan foydalanishni turli yo‘llar bilan qo‘llab- quvatlash) - V.E. Roxchin, G.V. Klimenkov, E.A. Gorin, S. V. Kuznetsov, M. E. Oseevskiy;

  • o‘zgarishlarning yo‘naltirilganligi, boshqaruv ierarxiyasining turli darajalarida taqsimlanishi, innovatsion faoliyat subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik (L.G. Simkina, V.V. Svechnikova, A.I.Shishkina, P.V. Drujinina, E.G. Nemkovich, A.E. Kurilo);

  • transformatsiyalarda shaxsning faolligi (texnologik o‘zgarishlarning uzoq muddatli sur’atlarini shakllantiruvchi va o‘z hatti- harakatlarida atrof-muhit omillarini, shuningdek, innovatsion faoliyatni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlarni hisobga oluvchi strategik innovatorlar) - S. Litovchenok, M. Shexovtsov, A. Do‘nin, S. Kostrov, V. Evseev, A. Grishunin, O.A. Stroeva;

  • homashyoga bog‘liqlikni kamaytirish va nomoddiy aktivlar ta’sirini oshirish orqali raqobat kurashida afzalliklarning mavjudligi (L.G.Simkina, P.V.Drujinina, A.I.Shishkin va boshqalar);

  • demografik jarayonlarning qulay dinamikasi, aholining turmush darajasining o‘sishi, atrof-muhit holatining yaxshilanishidan iborat bo‘lgan o‘zgarishlarning ijobiy natijalari (E.A.Mixurinskaya).

Xulosa qilib aytganda, innovatsion rivojlanishning ijtimoiy yo‘naltirilganligi bir tomondan inson hayotining sifat jihatdan o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatsa, boshqa bir tomondan esa, jamiyat a’zolarining qobiliyat, kasbiy ko‘nikma va malakalarini o‘zgartirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion rivojlanishni yuqoridagi xususiyatlar va yondashuvlarni hisobga olgan holda, uni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar va islohotlarda insonlarning faol ishtiroki, faoliyat uslubi va vosita-larini takomillashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish bilan tavsiflanuvchi strategik jarayon sifatida talqin qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Inson kapitalining innovatsion rivojlanishga ta’sirini baholash hamda aks ta’sirni tahlil qilish bo‘yicha qo‘llanilgan turli xil nazariy yondashuvlar, usullar va ma’lumotlardan foydalanilgan tadqiqotlar xilma-xil natijalar beradi, bu esa ushbu holatni keltirib chiqaruvchi sabablarni atroflicha o‘rganishni taqozo qiladi.
Tadqiqot natijalaridagi farqlanishlarning asosiy sabablaridan biri- bu inson kapitali va ilmiy-texnik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini turlicha izohlab berishga xizmat qiluvchi nazariy qoidalardan foydalanilganligida namoyon bo‘ladi. Jamg‘arish nazariyasi nuqtai nazaridan yondashilganda, inson kapitali mehnat unumdorligi va iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rishimiz
mumkin bo‘ladi. Assimilyatsiya nazariyasiga ko‘ra, inson kapitali texnologik taraqqiyotni jadallashtiradi, o‘z navbatida texnologik taraqqiyot esa iqtisodiy o‘sishga turtki beradi.
Dastlabki nazariy shart-sharoitlarning turli tumanligi tufayli tadqiqotlarda qo‘llaniladigan modellar ham bir-biridan farq qiladi. Modellarning bir guruhida texnik taraqqiyot iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va tashqi ta’sirlar bo‘lmagan taqdirda ishlab chiqarish omillari (shu jumladan, inson kapitali) rentabelligi pasayishi tufayli iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi.
Ikkinchi guruhda esa, inson kapitaliga investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining rentabelligini pasaytirmaydi, aksincha yangi bilim va texnologiyalarni yaratishni ta’min qiladi, o‘z navbatida ishlab chiqarish omillari va ko‘rsatkichlaridan birining doimiy o‘zgarishi iqtisodiy o‘zgarishlarning tezligiga ta’sir qilishi mumkinligini kuzatishimiz mumkin. Ushbu modellar guruhida inson kapitali mamlakat yalpi ishlab chiqarishi hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida ko‘riladi. Iqtisodiy rivojlanishga bilim va ilmiy salohiyat ta’sirini o‘rganish borasidagi tadqiqotlar rossiyalik iqtisodchi olimlar V.V. Kiseleva, T.E. Kuznetsova, V.L. Makarova va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.
XX asrning dastlabki yillaridan boshlab, inson kapitalining hududlarning innovatsion rivojlanishiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshira boshlangan. Akademik S.G. Strumilin 1920-yillarda ta’limning mamlakatlar iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini tahlil qilgan.
1960-1970 yillarda rossiyalik olimlar (A.I. Anchishkin, T.S. Xachaturov, Yu.V. Yaremenko) iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasini ishlab chiqadilar va bunda ular intensiv o‘sish va uning miqdoriy jihatlariga alohida urg‘u beradilar. 1980-yillarning boshlariga kelib, iqtisodiy o‘sish nazariyasi shakllandi, mazkur nazariyada ishlab chiqarish kuchlaridan samarali foydalanish va rivojlantirish borasidagi qarashlar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadalllashtirishga xizmat qiluvchi tarmoq va sohalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.
Ushbu masala makro va mikro darajalarda o‘rganilgan. Xususan, O.G.Golichenko makroiqtisodiy vositalarning iqtisodiy o‘sishga, innovatsiyalarga asoslangan ta’sirini hisobga oladigan yondashuvni taklif qilgan bo‘lsa; T.V. Teplova intellektual kapitalning mikro darajadagi iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini tahlil qilgan. Inson kapitalining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri borasida keng ko‘lamli tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, bunday tadqiqotlar sirasiga: bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish davrida ta’lim xizmatlari bozorlarini shakllantirish (Makarov V.L., 2005); ilmiy-texnik va innovatsion sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish (Bartolomyu D., 1985; Varshavskiy L.E., 1999); ilmiy xodimlarning mahsuldorligi (Terexov A.I., Mirabyan L.M., 1998); bilimlarni uzatish mexanizmlari (Varshavskiy AE, 2005; Golichenko O.G, 2006) kabilarni qo‘shishimiz mumkin.
G‘arblik iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan ham inson kapitalining innovatsion taraqqiyotga ijobiy va salbiy ta’siri borasida keng ko‘lamli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Inson kapitali borasidagi fundamental nazariy g‘oyalar ta’limning tashqi samarasidan foydalangan holda o‘sish manbalarini izohlashga xizmat qiluvchi iqtisodiy o‘sish modellarida tushuntirib berilgan. Bu boradagi tadqiqotlar sirasiga “birinchi to‘lqin” endogen iqtisodiy tadqiqotlarni kiritishmiz mumkin, bunda ishlab chiqarish omillarining cheklangan mahsuldorligi kamaymasligi yoqlanadi. Keyinchalik texnik taraqqiyot ko‘lamlari, innovatsiyalarni yaratish va ulardan amalda samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlar ilmiy tadqiqotlarda o‘z aksini topa boshladi, bu esa navbatida iqtisodiy o‘sishda innovatsiyalarning o‘rni to‘g‘risida nazariy qoidalarni shakllantirish uchun asos bo‘lib hizmat qildi endogen iqtisodiy o‘sish borasidagi tadqiqotlarning “ikkinchi to‘lqini” sifatida Romer, 1990; Agion, Xovit 1990, 1992; Grossman, Xelpman, 1991 kabi tadqiqotchilarning asarlarida o‘z aksini topdi.
Yuqorida tilga olib o‘tilgan tadqiqotlar quyidagi jihatlar bilan bir-biridan ajralib turadi:

  • tahlil jarayonida foydalanilgan modelning o‘ziga xos jihatlari;

  • ta’limni o‘lchashdagi xatolarning o‘zgaruvchanligi (ta’limning o‘rtacha davomiyligini hisoblashda boshlang‘ich maktab ta’limi va doktorlik darajasini olish hisobga olinadi, bu esa inson kapitali tuzilishi bo‘yicha noaniq xulosalarga olib kelishi mumkin);

  • tahlil ko‘rsatkichlari doirasini shakllantirishda o‘rganishning sifat xususiyatlarini e’tibordan chetda qoldirish;

  • baholash natijalarining bir xilligi va multikollinarligi (olingan natijalarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki teskari aloqaning ham mavjudligi) va shu kabilar.






Download 439.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling