Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet18/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

MUHOKAMA


Agar medisina terminologiyaga murojaat qiladigan bo‘lsak, unda yangi, paydo bo‘layotgan ilmiy bilim sohasining terminologiyasi deb gapirish mutlaqo noto‘g‘ri. Tibbiyot va tibbiy terminologiya qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, uning konseptual va shunga mos ravishda terminologik tarkibi uzoq tarixga ega.
Ko‘pincha o‘ziga xos so‘z yasalish vositalari bilan tuzilgan yangi so‘zlar - terminlar eski o‘zlashtirilgan so‘z - terminlar o‘rnini bosmaydi, balki mavjud bo‘lib, ular bilan bir vaqtda ishlatiladi va shu bilan ma'lum bir atamaning sinonimik qatorini hosil qiladi. Sinonimik atamalar, bir tomondan, tilning lug‘at tarkibini boyitib tursa, ikkinchi tomondan, terminologik tizimni tartibga solish jarayonida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
O‘zbek tilida ginekologiyaga oid terminlar sinonimlik hodisasi ko‘p uchraydi, jumladan:

    • homilador bo‘lish, bo‘yida bo‘lish, gumona;

    • hayz, oy ko‘rish;

    • tug‘ish, farzandli bg‘lish, dunyoga keltirish, ko‘zi yorimoq, bo‘shalish;

    • to‘lg‘oq, dard, oy-kuni yaqinlashmoq;

    • abort, bola tashlash, homila oldirish.

NATIJALAR


Shuni ham ta`kidlab o`tish joizki, ayrim xalqaro atamalarni o`zbek tilidagi muqobili bilan sinonim sifatida qo`llash, ya`ni biri milly xalq tabobatida keng tarqalgan va ikkinchisining ilmiyligini hisobga olib ikkalasini ham atama sifatida
41
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
qo`llash mumkin. Misol uchun doya akusher, xunasa germafrodit, siydik tugilishi – ishuriya, jinsiy a`zolar – genitaliya va hokazo.
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki, ginekologiyaga oid terminlarni o‘qitish o‘ziga xos ilg‘or, interaktiv yondashuvni talab qiladi. Bu esa soha vakillari va filolog olimlarimiz zimmasiga hamkorlikda mas'uliyat bilan bajarish lozim bo‘lgan vazifalarni yuklashi tabiiydir.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling