Ilmiy tadqiqot asoslari
Download 250.57 Kb.
|
Ilmiy tadqiqot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar
- Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid
Ilmiy muammo yechimiga voqeylik haqida yo’llangan bilim va tajribalarga (ilm-fan yutuqlariga), voqeylikning o’zgarish va rivojlanish qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar asosida erishiladi.
Ilmiy muammo o’z mohiyatiga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda uchrashi mumkin: - ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalarini hal etish; - jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi dinamik va statistik qonuniyatlarni yaratish; - jamiyat taraqqiyotiga va insoniyat manfaatlariga xizmat qiluvchi iqtisodiy masalalarni hal etish metodologiyasini yaratish; -demografik va siyosiy sohalardagi davlat boshqaruvining demokratik tomoyillarini yaratishga qaratilgan ilmiy izlanishlar; - komil inson tarbiyasi va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli va o’rnini ijtimoiy jihatlarini ilmiy asoslash va h.k. Har qanday turdagi muammo va uning yechimidan davlat, jamiyat, jamoa, odam va shu kabilar albatta samara (foyda) ko’rish, ya’ni ilgarigi mavjud daraja yangi sifat darajasiga o’tish kerak, chunki insonning muammo va uning yechimini topishi ijodkorlikdir. Ma’lumki, ijodkorlik– yangilik uchun kurashish demakdir. Bunda ilm–fan va texnika-texnologiyaning eng so’ngi yutuqlarini tahlil qila bilish va undan o’zining ilmiy faoliyatida oqilona foydalanishga erishish, doimo o’z ustida ishlash orqali erishiladi. Demak, har qanday ilmiy muammoni hal qilishda uning yangiligiga, yaratuvchiligiga, rivojlantiruvchiligiga va shu kabilarga e’tibor berish kerak bo’lib, u muammo dolzarbligini baholash jarayonida kerakli ko’rsatkichlardir. Umuman olganda, muammo dolzarbligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi: - shakllantirilayotgan (rejalashtirilayotgan) muammo tegishli soha (yo’nalish) va uning jamiyat hamda davlat oldidagi istiqbolini bilish; - rejalashtirilayotgan muammoga tegishli soha (yo’nalish) bo’yicha ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlaridan habardorlik; - tanlanayotgan muammoning unga tegishli bo’lgan soha (yo’nalish)dagi o’rnining aniqlanganligi; - tanlanayotgan muammoning yechimini topish natijasida tegishli soha (yo’nalish)dagi rivojlanish, yaratuvchanlik haqidagi ishchi farazning mavjudligi; - tanlangan mavzu yoki unga yaqin boshqa mavzularning ishlanganlik darajasi va ular erishgan yutuqlarning amaliy hayotdagi va ayniqsa rejalashtirilayotgan tadqiqotni olib borish jarayonidagi ahamiyatini hamda unga nisbatan yangiligi haqidagi bilim va tasavvurlarga egalik; -tanlangan muammoning ilm–fan yoki texnika-texnologiyani rivojlantirish uchun xizmat qila olishligi haqidagi fikrning shakllanganligi va uning nechog’lik mustahkam ifodalanganligi va h.k. Demak, ilmiy muammo dolzarbligini to’g’ri ifodalash, ob’ektiv dunyo narsa–hodisalarning muhim qonuniy aloqadorliklarini (munosabatlarini) aks ettirish va shu asosda voqeylikni ijodiy o’zgartirish haqidagi tasavvurni shakllantirish imkonini beradi. Bunda ilmiy fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi muammo dolzarbligini baholashda eng muhim sifatlar bo’lib hisoblanadi. Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: mavzu, deganda nimani tushunasiz? ilmiy muammo ta’rifini ochib bering? ilmiy muammoning mohiyatiga ko’ra ko’rinishlarini aytib bering? muammo dolzarbligini aniqlashda nimalarga e’tibor berish kerak deb o’ylaysiz? Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: mavzu – bu muhokoma, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini o’zida qisqa va ixcham ifoda etgan nomlanish; Download 250.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling