ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqg’a va hodisalarni, jaryon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.) ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: mavzuni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak, deb o’ylaysiz?
ilmiy qadriyatlar ilmiy muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan ijodiy faoliyatini sanab o’ting va siz ularning qaysilarida o’z izlanishlaringiz bilan qatnashish salohiyatiga egaman, deb o’ylaysiz. Bular to’g’risida yozma axborot tayyorlang.
ilmiy faoliyat jamiyat taraqqiyotiga sezilarli ta’sir qilishi ma’lum. Siz shug’ullanmoqchi bo’lgan ilmiy muammongiz bu borada qanday ahamiyatga ega. Yozma axborot tayyorlang.
Tadqiqotchilarga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar:
pedagogika nazariyasidan innovatsion ta’lim texnologiyalarini yaratish borasidagi ijodiy ishlaringshizda barkamol avlodni shakllantirishning metodologik asoslariga ko’proq e’tibor bering;
tanlagan mavzungiz tegishli yo’nalish bo’yicha ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlarini hisobga olinishiga imkoniyat yarata oladigan bo’lsin;
tanlangan mavzu ilm-fan va texnika-texnologiyalarni rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan bo’lsin.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar ro’yxati: O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. – 5 j. – T.: O’ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – 707 b. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |