Dastlabki faraz, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yig’ilgan dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi. U bir necha variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo qo’yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni ifodalashning turli usullari bor. Ular, asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu dolzarbligini asoslashda nazariy ma’lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so’rovlari, suhbatlari, mutaxassis-olimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov ishlari ham o’tkaziladi.
IV. Nazariy tadqiqot (o’rganilayotgan jarayon va hodisaning, ya’ni muammoning nazariy jihatdan yechimini topishga bag’ishlangan ilmiy faoliyat jarayoni).
Nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilm-fanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi. Nazariy tadqiqotning
maqsadi o’rganilayotgan manbani, ularning turli aloqalarini to’liqroq, chuqurroq umumlashtirish ishchi farazga iloji boricha ko’proq bog’lanishdan iboratdir. Bunda ishchi faraz yanada takomillashtiriladi va tekshirilayotgan ma’lumot nazariyasini ishlab chiqishga imkon yaratiladi, ya’ni o’rganilayotgan muammoni yechimlarini topish tizimini yaratish imkoni topiladi. Bularning ichidan eng samarali yechimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga bog’liq bo’ladi.
V. Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish).
Do'stlaringiz bilan baham: |