fikr – bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki xayoli;
ilm – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmuasi;
bilim – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan axborotlar majmuasi;
xotira – atrof-muhitdagi voqg’likni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon, alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnematik xotira, faoliyat;
tasavvur – idrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi ongidapaydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi;
diqqat – falsafa, ruhshunoslik tushunchasi: inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri;
idrok – insonning bilish, tushunish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati;
iroda – bu insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish qobiliyati - bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir;
iste’dod – insonning ma’naviy-ma’rifiy, ma’daniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol topishidagi darajsidir;
Do'stlaringiz bilan baham: |