Ilmiy tadqiqot asoslari


Al-Xorazmiy o’zining «Al-jabr val–muqobola»


Download 250.57 Kb.
bet11/25
Sana18.06.2023
Hajmi250.57 Kb.
#1564004
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot asoslari

Al-Xorazmiy o’zining «Al-jabr val–muqobola» risolasida olimlarni, ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lgan:
1. Ulardan birlari o’zlarigacha qilingan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib. o’zgalardan o’zib ketadilar.
2. O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni osonlashtiradi.
3. Bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi.
SHu sinflash bo’yicha Xorazmiy o’zini «Algebra»ning muallifi sifatida birinchi guruhga, «Arifmetika»si bilan ikkinchi guruhga kiritilishi mumkin.
Demak, yer yuzida yashayotgan odamlar tashqi qiyofasi jihatidan ham, yashash tarzi bo’yicha ham, tafakkuri ham, mafkurasi, urf - odati, irqi, dini, tili, millati, kasb-kori, milliy qadriyatlari va boshqa xislatlari bilan bir-biridan sezilarli fprqlanib turadi va ongli omma (olimlar) tomonidan yaratilib bizga qoldirilgan ilmiy merosdan, ya’ni intelektual mulkdan ular bab-baravar o’z hayotiy ehtiyojlarini qondirishda foydalanaveradilar. Ana shu sababli ham ilm-fan xalqlarni biror maqsad atrofida birlashtiradi va jipslashtiradi. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi ham ana shundadir.

Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ijtimoiy maqsad deganda nimani tushunasiz?
insonlarning o’zaro yaqinlashtiruvchi ilmiy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? olimlar deganda nimani tushunasiz va ularning vazifalari nimalardan iborat? Intellektual salohiyatning asoschilari haqidagi fikringizni yozib chiqing.
Al-Xorazmiyning olimlarni guruhga ajratishini aytib bering.

Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-intilishlarini ifoda etadi;
dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni ninsonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar olimlardir;

Download 250.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling