Inavatsion Iqtisodiyot


Download 165.44 Kb.
bet1/2
Sana01.11.2023
Hajmi165.44 Kb.
#1736476
  1   2
Bog'liq
Inavatsion Iqtisodiyot


O’zbekiston Respublikasi Renessans Universiteti

Inavatsion Iqtisodiyot” fanidan




MUSTAQIL ISHI


Innovatsion faoliyatni bugungi infratuzilmasi
Guruh: 414
Bajardi: Abdurasulov Asliddin
O`qtuvchi: Bozorova O
Qabul qilingan sana __________
Qo’llanilgan jarima (%) _______


Toshkent-2023
Reja:

1. Innovatsion faoliyatning mohiyati.


2. Innovatsion infratuzilma elementlari va ularning xususiyatlari
3. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish omillari.
4. Xulosa

Innovatsion infratuzilma - bu axborot, logistika, maslahat va boshqa yordam ko‘rsatadigan va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shartsharoitlar yaratadigan ob’ektlar majmui. Innovatsion infratuzilmani yaratish mintaqaning potentsialini ochib berish uchun har bir mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning ixtisoslashuvini va iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bunday holda infratuzilmani yaratish mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘ladi. Innovatsion infratuzilma ob’ektlariga quyidagilar kiradi: texnoparklar, maxsus iqtisodiy zonalar, biznes-inkubatorlar, texnologiyalarni uzatish markazlari.


2021 yilda “Yuqori texnologiyalar sohasidagi texnoparklar assotsiatsiyasi” notijorat sheriklikning tashkil etilishi texnoparklarning rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘ldi. Uyushma xususiy biznes, xususan Rossiya Aloqa vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan texnoparklar vakillarining tashabbusi bilan paydo bo‘ldi. Uyushmani tashkil etishdan maqsad - texnoparklar faoliyati va faoliyatini tashkil etishning umumiy yondashuvi va mezonlarini ishlab chiqish. Uyushma rivojlanish institutlari bilan, masalan, Rusnano bilan ham hamkorlik qiladi.
Bozor munosabatlari yaxshi rivojlangan mamlakatlarning tadbirkorlik faoliyatini taxlili shuni ko`rsatadiki, tadbirkorlik ikki formada, ya’ni klassik va innovatsion tadbirkorlik shaklida rivojlanadi.
Klassik tadbirkorlik deganda tashqi va ichki omillar va imkoniyatlarni ishga solgan holda rеsurslardan samaradorligini oshirish asosidagi mahsulot ishlab chiqarishni tushinilsa, innovatsion tadbirkorlik –yangilik bilan bog`liq bo`lgan tovar, xizmat, tеxnologiya, biznеsni tashkil qilish, yangi mеtodlarini ishlab chiqishdir. Boshqacha qilib aytganda, tadbirkor doimo “yaratuvchanlik” bilan shug`ullanib, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida asosiy shaxs bo`lib qoladi.
Tadbirkor yangi tovar ishlab chiqarish jarayonida ilmiy –tеxnika taraqqiyotini hisobga olishi lozim, chunki tеxnika va tеxnologiyani rivojlantirish natijasida mahsulot(tovar va xizmat) tеzda eskirib qoladi. Tadbirkor kеlajakda vujudga kеlishi mumkin bo`lgan ehtiyojni qondirish uchun ishlashi kеrak.
Yangiliklarni tadbiq qilish va tarqatish uchun istе’molchilar bilan yaqindan aloqada bo`lish kеrak. Amaliyot natijalarini ko`rsatishicha, kichik korxonalar bozor talabiga tеz moslasha olishi mumkin. Yirik korxonalar esa o`zining inеrtligi, “bеso`naqay”ligi tufayli bozorning ozgaruvchan talabiga tеzda moslasha olmaydi, ammo kichik korxona taklif qilgan yangilikni katta miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Tadbirkorni novator ya’ni yangilik yaratuvchi odam sifatida mashhur amеrikalik iqtisodchi Yozеf Shumpеtеr(1883-1950) o`zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida ta’riflaganidek, “Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini rеforma qilish(yangilash)dan iborat. Kеng ma’noda ko`rib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xom ashyo bazasi asosida yangi tovar ishlab Tursunaliyeva Gulida Innovatsion iqtisodiyot 7 chiqarish yoki eskirganini modеrnizatsiya qilish uchun yangi tеxnologiyalar ishlatishdan iborat.

1-rasm. Innovatsiyaning ta’riflari





Shunday qilib, innovatsiyada ikki narsa mavjud, birinchidan, bu yangi g`oya, yoki tovar ,xizmat. Ikinchidan, ishlab chiqarish tizimini sifat jiqtdan yangi darajaga o`zgartirishga olib kеluvchi yangilik(kashftyot)ni ishlab chiqarish tizimiga joriy(tadbiq) qilish. Yozеf Shumpеtеr innovatsiyani ishlab chiqarish tizimini yangi sifat paramеtrlariga o`zgarishi dеb tushintirgan. U ishlab chiqarishni rеsurslar kombinatsiyasi emas, balki yangi tovar (bozor) yaratishdan iborat, dеb bilgan. P. Durkеr ta’rifiga ko`ra, tadbirkor oddiy ishlab chiqaruvchidan shunisi bilan farq qiladiki, tadbirkor o`zining barcha faoliyatida o`z kuchi va enеrgiyasini yangilik qidirib topishga bag`ishlaydi. Unda yangilik yaratishga qaratilgan fikr bo`lishi kеrak.


Innovatsion tadbirkorlik - bu barcha faoliyatda yangilik yaratish va undan tijorat maqsadida foydalanishga qaratilgan jarayondir. Innovatsion tadbirkorlik , ya’ni yangilik yaratish va undan tijorat maqsadida foydalanish bir nеcha etapda olib boriladi:
 yangi idеyalar izab topish va uni baholash
biznеs plan tuzish;
 rеsrurlari topib, tajriba sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish;
 tovarni bozarga kiritish va o`tkazish.
Yangi tovar ishlab chiqarish etaplari quyidagi kеtma-kеtlikda olib boriladi:

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida ilmiy- texnologik taraqqiyot sohasida innovatsion va investitsion faoliyat uchun zarur iqtisodiy imkoniyatlar yaratish o‘z tarkibiga soliq, moliyaviy, amortizatsion, kredit va bojxona siyosati kabilarni kamrab oluvchi bilvosita tartibga solishni amalga oshirish davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.


Davlat tomonidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rag‘batlantirish zarurati fan va innovatsion jarayonlarning iqtisodiy o‘sish va milliy
sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omili ekanligi, hamda yangi ishchi o‘rinlari yaratish manbai ekanligi bilan izohlanadi.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bevosita va bilvosita usullarda amalga oshiriladi. Bevosita usullarga NIOKR va innovatsion loyihalarni byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, innovatsion faoliyat ishtirokchilari xuquqlarini himoyalash, davlat patent va litsenziya tizimini tashkil etish, davlat innovatsion infratuzilma va innovatsiyalar bozorini yaratish, malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, innovatsion faoliyatni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va shu kabilardir.
Davlat innovatsion faoliyatning tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, me’yoriy- xukukiy kabi barcha tartibga solish usullaridan foydalanishni nzarda tutadi. Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni tartibga solishning tashkiliy omillari quyidagilardan iborat:

  • Respublika miqyosidagi va hududiy innovatsion dasturlarga kiritilgan innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

    • innovatsion infratuzilma taraqqiyotiga ko‘maklashish;

    • innovatsion faoliyatda kadrlar masalasini qo‘llab-quvvatlash;

    • innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlarni taiyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • innovatsion faoliyatni informatsion qo‘llab-quvvatlash, jumladan, innovatsion sohada davlat siyosatining jihatlari to‘g‘risidagi axborotlar, tugallangan ilmiy-texnik tadqiqot to‘g‘risidagi ma’lumot-larni, bajariladigan va tugallangan innovatsion loyihalar va dasturlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar olish borasida erkinlikni ta’minlash.

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy omillariga quyidagilar kiradi:

    • innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni ta’minlovchi byudjet siyosatini yuritish;

    • davlat mablag‘larini innovatsion sohaga yo‘naltirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish;

    • ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim, ammo xususiy investorlar uchun manfaatli bo‘lmagan innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini ajratish;

    • innovatsion sohada ijobiy investitsion muhitni shakllantirish;

    • innovatsion faoliyatda qatnashuvchi milliy va xorijiy investorlarga dotatsiyalar, imtiyozli kredit va kafolatlar berish.

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning me’yoriy-huquqiy omillari quyidagilardan iboratdir:

    • innovatsion faoliyat subyektlarining o‘zaro aloqalari huquqiy asoslarini yaratish;

    • innovatsion faoliyat subyektlarining manfaatlari va huquqlari himoyasini kafolatlash, jumladan, innovatsion faoliyat taraqqiyoti uchun juda zarur hisoblanuvchi intellektual mulk himoyasini ta’minlash.

Innovatsion faoliyat subyektlari, shuningdek, ular bilan innovatsion jarayonning boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni me’yoriy-huquqiy jihatdan tartibga solish shartnomalar asosida amalga oshiriladi, jumladan:

    • ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarish borasidagi shartnomalar;

    • loyiha va kidiruv ishlarini bajarish shartnomalari;

    • kurilish, pudrat ishlari buyicha shartnomalar;

    • innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun xizmat ko‘rsatish buyicha shartnomalar;

    • innovatsion xatarlarni sugo‘rtalash buyicha shartnomalar;

    • investorlar bilan tuziladigan shartnomalar.

Innovatsion faoliyatni tartibga solish quyidagilarga tayanilgan holda amalga oshiriladi:

    • innovatsion prognozlar;

    • innovatsion strategiyalar;

    • innovatsion dasturlar;

    • innovatsion loyihalar.

O‘zbekiston davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirishning asosiy moliyaviy vositalaridan biri hisoblanadi.Shunday qilib, innovatsion faoliyat taraqqiyoti nafaqat alohida korxona darajasida, shuningdek, integratsiyalashgan tashkilotlar va hatto mamlakat mikyosida samarali moliyalashtirish tizimini talab qiladi. Faqatgina shundagina mablag‘larni jamg‘arish va ularni sarflash uchun zarur sharoitlar yaratilishi va ularni aniq yo‘nalishlarga qaratish imkoniyati tug‘ilishi mumkin.

  1. Download 165.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling